Sayohat
7 sentabr
views611

Arzon va qulay samolyotda uchish haqida 7 ta maslahat

Aviasales.uz sayohatga ilk bor chiqayotganlar uchun tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maslahatlarni taqdim etadi.
article-image

Foto: tikets.ru

Sayohatga tayyorgarlik bo'yicha maslahatlar

Sayohatingizni ortiqcha xavotirlarsiz o'tishi uchun barcha bosqichlarni batafsil ko'rib chiqamiz. Birinchi marta yolg'iz parvoz qilish ba'zi qo'rquv va noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, Aviasales.uz hali biror marta parvoz qilmaganlar uchun o'z tavsiyalarini taqdim etishga qaror qildi.

1. Har bir mavsumda chipta xaridi uchun optimal vaqt mavjud

Odatda aviachiptalar narxi mavsum, talab va yo'nalishlarga bog'liq - keling, qachon chiptalarni band qilish yaxshiroq ekanligini batafsil ko'rib chiqamiz.

Foto: aviasales.uzFoto: aviasales.uz

Agar xorijga sayohat qilmoqchi bo'lsangiz:

  • Yozda - parvozdan 3-6 hafta avval. MDH mamlakatlariga chiptalar xaridini parvozdan 10-20 kun oldin amalga oshiring. Turkiya, BAA yoki Gruziyaga borish uchun esa qancha erta xarid qilsangiz, shuncha yaxshi. Misrga eng yaxshi narxda olish uchun parvozdan bir hafta oldin chipta oling.
  • Kuzda - parvozdan 3-4 hafta avval. Turkiyaga borish uchun chipta bronini imkon qadar erta, kamida 60-100 kun oldin amalga oshirish tavsiya etiladi.
  • Qishda - parvozdan 30-50 kun oldin.Turkiya va BAAga chipta xaridini kamida 2 oy oldin amalga oshiring.
  • Bahorda - parvoz uchun chipta bronini kamida 50 kun oldin amalga oshirish yaxshiroqdir yoki undan ham oldin.

Agar O'zbekiston bo'ylab sayohat qilmoqchi bo'lsangiz:

  • Yozda - parvozdan bir oy oldin
  • Kuzda - sayohatdan kamida bir oy oldin
  • Qishda - qancha erta bo'lsa, shuncha yaxshi (1-2 oy)
  • Bahorda - qancha erta bo'lsa, shuncha yaxshi (1-2 oy)

2. Kunning vaqti aviachipta narxiga ta'sir qilmaydi

Ko'pchilik o'ylaydiki, haftaning kuni, kunning vaqti yoki qaysi telefondan chipta izlashingiz chiptaning narxiga ta'sir qiladi, deb. Aslida, bularning hech qanday aloqasi yo'q. Statistikaga ko'ra, bu omillar bilet narxini o'zgartirmaydi.

Shuningdek, qidiruvlar soni yoki ko'p marta bir xil reysni tekshirish ham narxni o'zgartirmaydi. Masalan, agar siz Toshkent — Istanbul reysining narxini bir necha marta tekshirsangiz ham, narx o'sha-o'sha bo'lib qolaveradi, albatta, arzon reyslar sotilib ketmaguncha.

Ba'zan chipta narxi reys sanasiga yaqinlashgan sari tushishi mumkin. Bu mavsum, valyuta kursi yoki yangi reyslar qo'shilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shuning uchun arzon chipta topish imkonini qo'ldan boy bermaslik uchun Aviasales saytida "Narxga obuna bo'lish" funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Saytda kerakli yo'nalishni va sanani tanlang, bildirishnomani yoqing, va narx tushganda sizga xabar keladi.

3. Xorijga Toshkentdan uchish shart emas

Chet elga sayohatni arzonlashtirish uchun birgina aeroport bilan cheklanmaslik kerak.

Misol uchun, Istanbulga Nukus, Farg'ona, Samarqand, Buxoro va Urganchdan to'g'ridan-to'g'ri reyslar mavjud, va ko'pincha viloyatlardan uchish Toshkent orqali tranzit qilgandan ko'ra arzonroq tushadi. Masalan, Farg'onadan Istanbulga to'g'ridan-to'g'ri parvoz qilish 2,99 million so'mga tushadi, va bu parvoz 5 soat 40 daqiqa davom etadi.

Farg‘onadan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz. Foto: aviasales.uzFarg‘onadan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz. Foto: aviasales.uz

Toshkent orqali tranzit qilganda esa chipta narxi 3,54 million so'mni tashkil qiladii va parvoz vaqti ham keyingi reysni kutish tufayli uzayadi.

Farg‘onadan Toshkent orqali tranzit qilganda. Foto: aviasales.uzFarg‘onadan Toshkent orqali tranzit qilganda. Foto: aviasales.uz

Shuningdek, Samarqanddan Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va BAAga uchish mumkin, Qarshi, Buxoro va Farg'onadan esa Rossiyaning turli shaharlariga parvozlar mavjud.

Bundan tashqari, bu shaharlardan tranzit qilish ba'zan O'zbekistonning boshqa shaharlaridan to'g'ridan-to'g'ri uchishdan arzonroq bo'ladi. Masalan, Toshkentdan Abu-Dabiga to'g'ridan-to'g'ri chipta 3 million so'm turadi va parvoz 4 soatdan kam vaqtni oladi.

Toshkentdan Abu-Dabiga to'g'ridan-to'g'ri parvoz. Foto: aviasales.uzToshkentdan Abu-Dabiga to'g'ridan-to'g'ri parvoz. Foto: aviasales.uz

Ammo xuddi shu sanalarda Samarqanddan Abu-Dabiga parvoz qilish chipta narxi 1,94 million so'mni tashkil etadi, bunda ham bagaj hisobga olingan.

Samarqanddan Abu-Dabiga parvoz. Foto: aviasales.uzSamarqanddan Abu-Dabiga parvoz. Foto: aviasales.uz

4. Tranzit parvozlar va aeroport-xablar

To'g'ri aeroport-hub tanlovi tranzit parvozlarni ancha arzon va qulay bo'lishiga katta xis qo'shadi. O'zbekistonliklar uchun Yevropaga qulay hub — Turkiya, ayniqsa, Istanbul hisoblanadi. Agar Osiyoga uchmoqchi bo'lsangiz, BAA, masalan, Dubay, Abu-Dabi orqali tranzit yaxshi tanlov bo'lishi mumkin.

Tranzit parvozlarga tayyorgarlik ko'rish:

Charchoq: Tranzit parvozlar insonni charchatishi mumkin. Shuning uchun reyslar orasida dam olish uchun yetarli vaqt bo'lishiga e'tibor bering. Ba'zi aeroportlarda dam olish zonalari hatto kapsulali mehmonxonalar mavjud.

Qo'shimcha xarajatlar: Aeroportlardagi ovqat va ichimliklar odatda qimmatroq bo'ladi. Mablag'ni tejash uchun o'zingiz bilan yengil tamaddi olvoling. Shuningdek, tranzit zonasida bepul ovqatlanish imkoniyati bor-yo'qligini oldindan bilib oling.

Tranzit vaqtini tanlash:

Optimal vaqt: Eng yaxshi variant, agar reyslar orasidagi vaqt 2-4 soat bo'lsa. Bu sizga barcha rasmiyatchiliklarni bemalol bajarish imkonini beradi.

Hublar orqali tranzit: Ba'zi mamlakatlar uzoq tranzit paytida shaharga chiqish imkonini beradigan tranzit vizalarini taqdim etadi. Masalan, Turkiyada, agar Istanbulda tranzit vaqtingiz uzoq bo'lsa, tranzit turini tashkil qilish va shaharda vaqt o'tkazish imkoniyati mavjud. Bu sayohatingizni yanada qiziqarli qilish va ko'proq narsalarni ko'rishning ajoyib usuli. Turkiyadagi tranzit va tranzit turini qanday tashkil qilish haqida ko'proq ma'lumotni havola orqali bilib olishingiz mumkin.

5. Tibbiy sug'urta va aptechka

Uyda kasal bo'lib qolish - ko'ngilsiz ish, begona yurtda esa - undanda yomon. Shuning uchun tibbiy sug'urta - bu sizda birinchi navbatda bo'lishi zarur bo'lgan narsadir. Yaxshiyamki, hozir sug'urta olish uchun hech qayerga bormaslik va soatlar davomida navbat kutish shart emas. Ko'plab sug'urta kompaniyalari saytlarida tibbiy sug'urtani atigi 5 daqiqada rasmiylashtirish mumkin.

Dorilar to'plami haqida gapiradigan bo'lsak, albatta, o'zingiz bilan zarur bo'lgan dorilarni olib boring, shunda favqulodda holatlarda mahalliy dorixonalarda dori analoglarini izlashga to'g'ri kelmaydi. Lekin esda tuting: ko'pgina mamlakatlarda dorilarni olib kirish bo'yicha qat'iy qoidalar mavjud. Ayniqsa, bu retsept bo'yicha beriladigan dorilarga tegishli.Shuningdek, qo'l yukida suyuqlik uchun cheklovlar borligini va ba'zi dorilar ma'lum mamlakatlarda taqiqlangan bo'lishi mumkinligini unutmang. Masalan, o'zbek issirig'i Rossiya, Belarus va boshqa ba'zi davlatlarda narkotik vosita hisoblanadi va bu dorilarni bu mamlakatlarga olib kirish jinoyat javobgarligiga olib kelishi mumkin.

6. Sayohatdagi moliyaviy masalalar

Sayohatga moliyaviy tayyorgarlik ko'rish ham narsalarni yig'ish kabi muhimdir. Chet elda noqulay holatlarga tushib qolmaslik uchun qanday to'lov vositalaridan foydalanishingizni oldindan o'ylab ko'rishingiz kerak.

Naqd pul yoki karta?

Naqd pul kartalar qabul qilinmaydigan yoki texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan joylarda foydali bo'ladi. Ammo shuni yodda tutingki, kartadan naqd pul yechib olish odatda yuqori komissiyalar bilan bog'liq bo'ladi, chunki bu operatsiya uchun ham bankomat banki, ham sizning bankingiz pul ushlab qoladi.

Kartadan to'lash qulay va xavfsiz. Kartangiz yordamida o'z xarajatlaringizni osongina kuzatib borishingiz va yoningizda katta miqdorda naqd pul olib yurishingiz shart emas. Ko'pgina mamlakatlarda kartalar deyarli hamma joyda qabul qilinadi.

Qaysi kartani olib ketmoq qulayroq?

  • Yevropa: Eng yaxshi variant — hisobida yevro bo'lgan MasterCard kartasi.
  • AQSh, Kanada, Osiyo: Bu yerda hisobida dollar bo'lgan Visa kartasi qo'l keladi.
  • Rossiya: MasterCard va Visa kartalari, agar ular boshqa mamlakatlarda chiqarilgan bo'lsa, Rossiyada ishlamaydi. Ammo oldindan T-bankning mahalliy kartasini internet orqali buyurtma qilish mumkin, bu kartani mehmonxonaga yetkazib berishadi va joyida rasmiylashtirishadi.

*O'zbekistonda Visa va MasterCard kartalarini aksariyat banklarda ochish mumkin va bu bankka qarab bir necha soatdan bir necha kungacha vaqt oladi.

Valyuta ayirboshlash va saqlash:

Pullarni tekshirilgan joylarda ayirboshlang, ko'chada ayirboshlashdan saqlaning. Har doim kutilmagan holatlar uchun kichik miqdordagi mablag'ni zaxirada saqlang va uni asosiy mablag'dan alohida joyda saqlang.

7. Chet elda aloqa va internet: qanday aloqada bo'lish sirlari

Mahalliy SIM-kartalar yoki rouming?

  • Yevropa: Eng yaxshi variant — mahalliy SIM-kartani sotib olish, chunki O'zbekiston operatorlarining rouming xizmatlari qimmat bo'lishi mumkin. Mahalliy operatorlar ko'pincha foydali internet paketlarini taklif qilishadi.
  • Osiyo: Ko'pgina mamlakatlarda, masalan, Tailand va Vetnamda mahalliy SIM-kartalar arzonroq va ayniqsa internet uchun qulayroq bo'ladi.
  • Rossiya: Agar sizning operatoringiz yaxshi rouming sharoitlarini taklif qilsa, roumingdan foydalanishingiz mumkin. Ammo uzoq muddatli sayohatlar uchun mahalliy SIM-kartalar arzonroq bo'lishi mumkin.

Wi-Fi va mobil internet:

  • Yevropa va Osiyoning yirik shaharlarida Wi-Fi deyarli hamma joyda — kafelar, mehmonxonalar, aeroportlarda mavjud. Bu mobil internet xarajatlarini tejashning yaxshi usuli.
  • Internet uchun ortiqcha pul sarflamaslik uchun, ilovalarning avtomatik yangilanishini va fon rejimidagi sinxronizatsiyani o'chirib qo'ying.
  • Qo'shimcha xarajatlardan qochish uchun Wi-Fi orqali qo'ng'iroqlar qilishda Telegram yoki WhatsApp kabi messenjerlardan foydalaning.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi