Avto
6 dekabr
views31K

UzAuto va BYD avtomobillar uchun yil oxirigacha chegirmalar e’lon qildi

article-image

Foto: autostrada.uz

Yil oxirida avtomobil xarid qilishni rejalashtirayotganlar uchun yaxshi xabar: UzAuto Motors va BYD kompaniyalari o‘zining eng ommabop modellari uchun katta chegirmalar e’lon qildi. Chegirmalar 31-dekabrgacha amal qiladi.

UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi o‘zining eng mashhur modellari — Chevrolet Tracker va Onix uchun chegirmalarni yanada oshirdi. Endilikda, Tracker uchun maksimal chegirma 29 million so‘mga (+7 million), Onix uchun esa 19 million so‘mga (+4 million) yetdi. Ushbu modellarning navbatsiz sotilishi va narxlarining barqarorligi xaridorlar uchun qulay imkoniyat.

Tracker va Onix uchun chegirmali narxlar:


Model va komplektatsiya

Chegirmali narx (so‘mda)

Onix 1LT MT
       
157 900 000

Onix 3LT MT

165 750 000

Onix 4LT LTZ Turbo AT

180 899 840

Onix Premier 2

200 580 480

Onix Premier 2 Plus

202 640 160

Onix Redline

202 640 160

Tracker Turbo 1.2 LS AT

206 422 880

Tracker Turbo 1.2 LS PLUS

208 951 360

Tracker Turbo 1.2 LTZ PLUS

222 108 480


Tracker Premier Plus

245 656 160

Tracker Redline

253 474 080

BYD

BYD kompaniyasi esa o‘zining 30 yillik yubileyi munosabati bilan noyabr oyida boshlagan maxsus aksiyasini 31-dekabrgacha uzaytirdi. Bu aksiya doirasida BYD avtomobillarining qator modellari chegirmali narxlarda taklif qilinmoqda.

BYD avtomobillariga chegirmali narxlar:


Model va komplektatsiya

Oldingi narx (so‘mda)

Chegirmali narx (so‘mda)

Chazor 55KM Active

273 900 000

251 459 100

Chazor 55KM Luxe

288 100 000

279 400 500

Song Pro DM-i 71KM Comfort

321 800 000

319 240 000

Song Pro DM-i 71KM Flagship

334 400 000

328 000 000

SONG PLUS DM-i Champion 110KM Flagship

387 200 000

380 850 000

SONG PLUS EV Champion 605KM Flagship

429 800 000

423 400 000


Har ikkala avtomobil modellarining o‘ziga yarasha afzalliklari mavjud, qaysi biri sizga mosligini tanlash esa sizning ehtiyojlaringizga bog‘liq.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi