Cobalt shartnomalari nima uchun arzonlashdi?
UzAuto Motors 21-iyun kuni 25 ming dona Chevrolet Cobalt uchun onlayn kontraktatsiyani ochib, barcha sharnomalarni 9-10 soat ichida sotib bo’ldi.
Cobalt avtomobillariga talab kattaligicha qolmoqda. Lekin Avtostradaning ta’kidlashicha, O'zbekiston avtomobil bozori me'yorlashmoqda. Yangi avtomobillarning olib-sotarlar marjasi kamaymoqda, bu esa olib-sotarlar tomonidan qiziqishni pasaytirmoqda.
An'anaga ko'ra, UzAuto Motors'ning byudjet modellariga shartnomalar ochilgach, bu shartnomani sotmoqchi bo'lgan tadbirkorlar paydo bo'ladi. Amalda, Cobalt uchun spekulyativ talab tushib ketdi va agar olti oy oldin olx savdo maydonchasida shartnomalar 500 - 600 dollar atrofida sotilgan bo'lsa, hozir Cobalt uchun shartnoma uchun 100 dollardan 300 dollar gacha so'ralmoqda.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi