Sayohat
14 iyun
ico8K

2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro'yxati

O'zbekistondan to'g'ridan-to'g'ri reyslar orqali uchib ketish mumkin bo'lgan turli qit'alardagi eng ommabop yo'nalishlarni to'pladik.
article-image

Foto: mintrans.uz

Parvozni rejalashtirishda yo'nalishlarning ba'zi yo'nalishlar mavsumiy boshqalari esa rejali ekanligini e'tiborga oling. Masalan, Turkiyaning kurort shaharlariga va Maldiv orollariga reyslar charterli, ya'ni mavsumiydir. Keltirilgan deyarli barcha reyslar Toshkentdan uchadi.  Ushbu ro'yxat chop etilgan paytga dolzarb hisoblanadi.

Osiyo

Osiyoda madaniy, gastronomik va ekoturizm sayohatlari juda mashhur. Masalan, madaniy turizmda Osiyodagi qadimiy yodgorliklar, ibodatxonalar va tarixiy shaharlarga tashrif buyurish keng tarqalgan. Bunga Xitoydagi Buyuk devor, Hindistondagi Toj Mahal, va Kambodjadagi Angkor Wat kabi joylar misol bo‘ladi. Gastronomik turizmda esa Tailand, Vyetnam, Yaponiya va Xitoyning mashhur oshxonalarini tatib ko‘rish mumkin. Ekoturizm uchun Indoneziyadagi Bali oroli va Filippindagi Palawan oroli kabi tropik joylar mavjud.

Osiyo sayohat uchun turli byudjetlarga mos keladigan imkoniyatlarni taklif etadi. Vyetnamdagi Hanoi va Ho Chi Min, Kambodjadagi Siem Reap va Nepaldagi Katmandu hamyonbop yo‘nalishlar hisoblanadi. Tailanddagi Bangkok va Pattaya, Malayziyadagi Kuala-Lumpur va Penang o‘rtacha narxdagi yo‘nalishlar bo‘lsa, Yaponiya, Singapur va Maldiv orollari qimmat va juda mashhur yo‘nalishlar qatoriga kiradi.

Foto: uzairways.comFoto: uzairways.com

Osiyoning qaysi davlatlariga to'g'ridan-to'g'ri uchsa bo'ladi?

  • Afg'oniston: Qobul.
  • Birlashgan Arab Amirliklari: Abu-Dabi, Sharja, Dubay.
  • Hindiston: Dehli, Goa.
  • Indoneziya: Jakarta.
  • Janubiy Koreya: Seul.
  • Malayziya: Kuala-Lumpur.
  • Maldiv orollari: Male.
  • Qatar: Doha.
  • Qirg'iziston: Bishkek.
  • Qozog'iston: Astana, Olmaota.
  • Quvayt: El-Quvayt
  • Saudiya Arabistoni: Jidda.
  • Tailand: Bangkok, Phuket.
  • Tojikiston: Dushanbe.
  • Vyetnam: Nyanchang.
  • Xitoy: Urumchi, Pekin.
  • Yaponiya: Tokio.
Toshkent Abu Dabi
30 iyul
~1 621 408 so'm
23 avgust
~2 102 569 so'm

Birlashgan Arab Amirliklari

Foto: aviasales.uzFoto: aviasales.uz

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) — Ginnesning rekordlar kitobiga kiradigan diqqatga sazovor joylarga boy mamlakatdir. BAAda dunyodagi eng baland osmono‘par bino — Burj Xalifa, eng katta gilam, eng qimmat qandil va eng katta park joylashgan.

Mamlakat yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan ham mashhur. BAAda nafaqat oilaviy dam olish uchun mos keladigan plyajlar, balki chang'i kurortlari, parklar va akvariumlar kabi tashrifga arziydigan ko'ngilochar joylar ham bor. BAAda shuningdek, cho‘l safari, parashyutdan sakrash va havo shari bo‘ylab uchish kabi ko‘ngilochar tadbirlar mavjud.

Dubayga sayohat qilganda, Dubay Mall savdo markaziga borib ignadan tortib, noyob avtomobillargacha bo‘lgan turli buyumlarni topish mumkin. Palma Jumeirah va Palma Jebel Ali kabi mashhur sun'iy orollarni monorels orqali ziyorat qilish mumkin. Shuningdek, bu yerda, Shayx Zayedning oq marmar masjidiga tashrif buyurish, Abu-Dabidagi Ferrari Parki kabi joylarga borish mumkin.

Dubayga arzon sayohat qilish mumkinmi?

Birlashgan Arab Amirliklari

  • Viza: Talab qilinmaydi (30 kungacha).
  • Parvoz davomiyligi: 3,5-4 soat.
  • Bilet narxi bir tomonga: 710 239 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways, Wizz Air, Flydubai.
  • Eng arzon chiptalar: Wizz Air.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Dubay, Abu-Dabi, Sharja.

Malayziya 

Malayziya — malay, xitoy va hind an'analari hamda me'morchiligi bilan tanishish mumkin bo'lgan mamlakat. Bu yerda haqiqiy Osiyo muhitini his qilish, tropik orollarda plyajda dam olish va faol sayohat qilish uchun ajoyib yo'nalishlar mavjud. Malayziya yil davomida sayohat qilish uchun qulay bo'lib, o'rtacha harorat 28-33 daraja atrofida.

Malayziya musulmon mamlakati bo'lgani uchun halol taomlar muammosi yo'q. Shuningdek, bu dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu yerda sifatli va arzon tibbiy xizmatlar mavjud bo'lib, sayyohlar Malayziyaga nafaqat dam olish, balki davolanish uchun ham borishadi. 

Langkavi oroli. Foto: old.paks.ruLangkavi oroli. Foto: old.paks.ru

Malayziya, ayniqsa Kuala-Lumpur, Osiyodagi eng yaxshi savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Poytaxtdagi savdo markazlarida chegirmalar davrida mashhur brendlarning kiyim, poyabzal, elektronika va aksessuarlarini boshqa mamlakatlarga nisbatan 10-20% arzonroq topish mumkin.

Malayziya

  • Viza: Talab qilinmaydi (30 kungacha).
  • Parvoz davomiyligi: 9 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 3 730 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways, Batik Air.
  • Eng arzon chiptalar: Batik Air.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Kuala-Lumpur, Langkavi.

Qatar

Qatarning Dubayning barcha zavqlarini kichikroq va arzonroq narxda taklif etadigan joy deb atash mumkin. Iliq qishda dengiz bo‘yida dam olish, osmono‘par binolar, tuyalar poygasi, savdo markazlari, qadimiy qal’alar va hashamatli plyajlar — bularning barchasi oilaviy dam olish uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif etadi. Mashhur ko'ngilochar tadbirlar orasida cho'lda jipda sayohat, qumtepalarda sayr qilish, tuyada yurish va badaviylar lagerida dam olish bor. Barcha ekskursiyalar shahar markazidan 1,5 soatdan ko'proq vaqt olmaydi.

Bundan tashqari, turistlar Dall-al-Mesfer g‘ori, Al-Takira mangrove o‘rmonlari va Al-Shehaniyadagi tuya poygasi maydonini ziyorat qilishlari mumkin. Arab otlarini ko‘rish uchun Al Shaqab markaziga tashrif buyurish tavsiya etiladi. 

Hashamatli dam olish uchun "Qatar Marvaridi" — butiklar, restoranlar va plyajlar bilan to‘la sun’iy orolga borish mumkin. Qatarda BAAdagi kabi ko‘plab osmono‘par binolar va sport markazlari, jumladan XV Osiyo o‘yinlarining ramzi bo‘lgan Aspire minorasi mavjud. 

Qatar

  • Viza: Talab qilinmaydi (30 kungacha).
  • Parvoz davomiyligi: 4 soat.
  • Bilet narxi bir tomonga: 2 457 056 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Qatar airways.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Doha.

Tailand

Tailand, yoki oddiygina “Tay”, tropik qirollik bo‘lib, katta turistik markazdir. Bu yerga plyajlar, noodatiy buddaviy arxitektura, yashil bog‘lar, tungi bozorlar, ekzotik raqslar va rang-barang shoular uchun boriladi.

Tay ko‘cha taomlari tez, yangi va mazali bo‘lib, xaridorlar ko‘z o‘ngida tayyorlanadi. Toza bir martalik idishlarda berilganligi va mahsulotlar tanlovi boyligi tufayli ko‘chada ovqatlanish xavfsiz va qulay.

Phuket haqli ravishda "Tailandning plyaj poytaxti" deb ataladi. Bu yerda oq-qumli sohillar, kokos palmalari, iliq dengiz va tog‘ manzaralari mavjud. Phuketning infratuzilmasi yaxshi rivojlangan — har qanday did va budjet uchun mehmonxonalar, restoranlar, barlar, savdo markazlari va ko‘ngilochar muassasalar ko‘p. Shuningdek, bu yerlarda fillar fermasida maxsus o‘rgatilgan fillar yordamida massajni sinab ko‘rish mumkin.

Tailandga borishdan oldin nimalarni bilishingiz kerak?

Tailand

  • Viza: Tailandga yetib kelgandan so'ng rasmiylashtiriladi.
  • Viza to‘lovi: 75 dollar.
  • Parvoz davomiyligi: 6 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 4 418 316 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways, Qanot Sharq, Air Samarqand.
  • Eng arzon chiptalar: Qanot Sharq.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Bangkok, Phuket, Pattaya va Koh Samui orollari.

Vyetnam

Foto: aviasales.uzFoto: aviasales.uz

Vyetnamni sayyohlar "arzon Tay" deb ham atashlari mumkin. Bu yer hamyonbop va chiroyli plyaj kurortlari hamda dayving ko‘rfazlari bilan mashhur. Mamlakatda fransuz mustamlaka merosi buddaviy qadimiyliklar bilan yonma-yon turadi. Vyetnamda jinoyatchilik darajasi juda past: terroristik hujumlar, zilzilalar va sunamilar deyarli qayd etilmaydi. Mamlakat har yili millionlab sayyohlarni qabul qilishga odatlangan. Bu yerda oilaviy xavfsiz sayohat qilish mumkin. Mo‘tadil iqlim esa yilning istalgan vaqtida sayohat qilishga imkon beradi.

Fukuok oroli. Foto: razumnotravel.ruFukuok oroli. Foto: razumnotravel.ru

Dunyoning boshqa hech bir mamlakatida dengiz mahsulotlari, tropik mevalar va kokos sharbatini bu yerda bo‘lgani kabi arzon narxlarda topib bo‘lmaydi. Vyetnamda jahon oshxonasi taomlari hamda mazali milliy taomlari ham mavjud.

Vyetnamda xizmat ko‘rsatish darajasi ham juda yuqori. Vyetnam sohilidagi suv osti dunyosining xilma-xilligi hayratga soladi. Bu yerda dunyodagi eng arzon dayvingdan bahramand bo‘lish mumkin.

Vyetnam

  • Viza: Talab qilinadi.
  • Viza to‘lovi: 25 dollar.
  • Parvoz davomiyligi: 7,5 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 5 000 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways, Qanot Sharq.
  • Eng arzon chiptalar: Uzairways.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Nyanchang, Fukuok, Hanoi.

Afrika

Afrika qit'asida ko'plab millatlar, tillar va madaniyatlar mavjud. Mojarolar va qashshoqlik bilan yuzma-yuz kelayotgan davlatlar orasida tinch, xavfsiz va sayyohlar uchun qiziqarli bo'lgan mamlakatlar ham bor. Masalan, ko'plab sayohatchilar Marokash, Tunis va Misr kabi mamlakatlar bilan tanish.

Afrikaning qaysi davlatlariga to'g'ridan-to'g'ri uchsa bo'ladi?

  • Misr: Sharm al-Shayx.

Misr

Misr kimlar uchun hamyonbop "all inclusive" (hammasi kiritilgan) turidagi dam olish bo'lsa, boshqalar uchun tarixiy piramidalar va Tutanxamon xazinalaridir.

Misrda sohilda dam olish uchun dunyodagi eng toza dengizlardan biri — Qizil dengiz mavjud. Uning suvlari tiniq bo'lib, 80-100 metr chuqurlikdagi har bir toshni ham ko'rish mumkin. Suv harorati +27 darajagacha isiydi va hech qachon +18 darajadan pastga tushmaydi.

Misrda arzon mehmonxonalardan birida yashab, quyosh, dengiz va ovqatlanish tizimidan bahramand bo'lish boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha arzonroqqa tushadi. Bu yerda ob-havo yil bo'yi yozdagi kabi iliq va quruq. Shuning uchun yil bo'yi turli xil faol dam olish turlarini tanlasa bo'ladi. Masalan, dayvingdan tashqari, sahro bo'ylab jip safarlari, tuyalarda yurish, beduin qishlog'idagi raqslar. Misr bozorlarida topilmaydigan buyumning o'zi yo'q. U yerda xarid qilish va sharqona o'zgachalikdan bahramand bo'lish mumkin.

Misr

  • Viza: Talab qilinmaydi (14 kungacha).
  • Parvoz davomiyligi: 5,5 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 3 800 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar:
    Uzairways, Air Cairo, Qanot Sharq, Air Samarqand, Nile Air.
  • Eng arzon chiptalar: Uzairways.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Sharm al-Shayx, Hurgada va Qohira.

Yevropa 

Yevropada madaniy turizm uchun Parijdagi Eyfel minorasi, Rimdagi Kolizey, Londondagi Big Ben va Pragadagi Karlov ko'prigi kabi joylarga borsa bo'ladi. Tarixiy turizmda Berlindagi devor, Polshadagi Auschwitz muzeyi va Gollandiyadagi Anna Frank uyi ko'plab sayyohlarni jalb qiladi. Gastronomik turizmda Italiyadagi pitsa va pasta, Fransiyadagi baget va shirinliklar, Ispaniyadagi paelya kabi taomlar mashhur.

Yevropa sayohat uchun har xil byudjetga mos yo'nalishlarni taklif etadi. Arzon yo'nalishlar orasida Polshada Varshava va Krakov, Chexiyada Praga, Vengriyada Budapesht bor. O'rtacha narxdagi yo'nalishlar Ispaniyada Barselona va Madrid, Italiyada Rim va Florensiya, Portugaliyada Lissabon va Porto hisoblanadi. Qimmat va mashhur yo'nalishlar esa Fransiyada Parij, Buyuk Britaniyada London, Shveysariyada Jeneva va Syurix hisoblanadi.

Yevropaning qaysi davlatlariga to'g'ridan-to'g'ri uchsa bo'ladi?

  • Belarus: Minsk.
  • Buyuk Britaniya: London.
  • Fransiya: Parij.
  • Germaniya: Frankfurt.
  • Gruziya: Tbilisi, Batumi.
  • Ispaniya: Madrid.
  • Isroil: Tel-Aviv.
  • Italiya: Milan.
  • Latviya: Riga.
  • Ozarbayjon: Baku.
  • Polsha: Varshava.
  • Rossiya: Krasnoyarsk, Moskva, Nizhniy Novgorod, Maxachkala, Novosibirsk, Ufa, Yekaterinburg, Tyumen, Grozniy, Surgut, Sochi, Qozon, Irkutsk, Mineral suvlar, Sankt-Peterburg.
  • Turkiya: Anqara, Istanbul, Antaliya.
  • Vengriya: Budapesht.
  • Chernogoriya: Podgoritsa.
  • Chexiya: Praga, Karlovi Vari.
Turkiyada arzon dam olish sirlari

Gruziya

Gruziyada barcha plyajlar davlatga qarashli bo‘lib, ularga kirish bepul. Borjomi shahri Gruziyaning birinchi kurortlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda toza havo, manzarali ko‘rinishlar va mineral manbalar mavjud bo‘lib, ular oshqozon-ichak tizimi, nerv va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Qora dengiz qirg‘og‘ida Kvaryati, Kobuleti, Batumi va Sarpi kurortlari joylashgan. 

Toshkent Batumi
6 avgust
~3 787 111 so'm

Mamlakatni ko‘zdan kechirishni Tbilisidan boshlash tavsiya etiladi, bu shahar o‘zining o‘ziga xos muhiti bilan O‘rta yer dengizini eslatadi. SPA havaskorlari uchun bu yerda oltingugurtli vannalar, massaj va kosmetik proseduralar mavjud.

Gruziyada milliy taomlar va vino madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Do‘konlarda degustatsiyalar tez-tez o‘tkaziladi.

Gruziya

  • Viza: Talab qilinmaydi (1 yilgacha).
  • Parvoz davomiyligi: 3,5 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 2 300 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways, Qanot Sharq.
  • Eng arzon chiptalar: Uzairways.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Batumi, Tbilisi.
Gruziyaning qaysi joylari borishga arziydi?

Latviya

Latviyani Boltiq marvaridi deb atashadi. Bu yerda turli davrlarning binolari uyg‘unlashgan bo‘lib, Boltiq dengizining yaqinligi qiziqarli ekskursiyalarni plyajda dam olish bilan birlashtirish imkonini beradi. Latviyaning ikki tomonlama jozibasi bor: bir tomondan yevropacha uslubdagi yirik shaharlar, ikkinchi tomondan yoqimli va autentik qishloqlar. 

Plyajda dam olish uchun Yurmala eng yaxshi joy bo‘lib, bu yerda quyoshda toblanish, madaniy tadbirlarga qatnashish va sog‘liqni mustahkamlash mumkin. Shuningdek, bu yerda har yili ko'p sayyohlarni o'ziga jalb qiluvchi festivallar o'tkaziladi. Mahalliy aholi juda mehmondo‘st va samimiy bo‘lib, ular rus tilida ham muloqot qilishadi, shuning uchun rus tilini bilsangiz, hech qanday til to‘sig‘i bo‘lmaydi. 

Rigada Rojdestvo va Yangi yil bayramlarini nishonlash qiziqarli bo‘lib, bu vaqtda shaharda kontsertlar, yarmarkalar va xalq festivallari o‘tkaziladi. Riga o‘zining rang-barang madaniy hayoti va ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlari bilan jalb etadi. 

Latviya

  • Viza: Shengen vizasi talab qilinadi.
  • Viza to‘lovi: 90 Yevro.
  • Parvoz davomiyligi: 5.5 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 3 600 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: airBaltic, Uzairways.
  • Eng arzon chiptalar: Uzairways.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Riga, Yurmala.

Valyutalar konverteri

EUR

Polsha

Yoz mavsumida Polshada dam olish uchun Boltiq dengizi bo‘yidagi kurortlar va Sopota sanatoriylarida mineral suv bilan davolanish mumkin. Kolobjegda ko‘plab sanatoriyalar joylashgan bo‘lib, ular nafas olish organlari va moddalar almashinuvini davolashga ixtisoslashgan. Bu yerda yod va natriyga boy termal buloqlar mavjud.

Krakov shaxri. Foto: emigrantrus.ruKrakov shaxri. Foto: emigrantrus.ru

Polshaning asosiy tog‘ chang‘i kurorti Zakopane Tatralar vodiysida joylashgan bo‘lib, yil davomida turistlarni qabul qiladi va yaxshi parvarishlangan trassalarda har xil darajadagi tayyorgarlikka ega odamlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Shopping ixlosmandlari Polshaga yozgi va qishki chegirmalar davrida kelishadi, bu vaqtda mashhur brendlarning narxlari keskin pasayadi. Polsha shaharlarida shuningdek yil davomida sayyohlarga qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan bayramlar va festivallar o‘tkaziladi.

Polsha

  • Viza: Shengen vizasi talab qilinadi.
  • Viza to‘lovi: 90 Yevro.
  • Parvoz davomiyligi: 6,5 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 3 800 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: LOT Polish Airlines.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Varshava, Krakov va Gdansk.

Chexiya

Chexiya sayyohlarni ko‘plab o‘rta asr yodgorliklari va ajoyib qasrlari, mukammal davolash imkoniyatlari va yuzdan ortiq turdagi pivoni taklif etuvchi xilma-xil oshxonasi bilan jalb qiladi.

Mamlakat shartli ravishda ikki qismga bo‘linadi: eski yevropa uslubidagi shaharlar hamda balneologik va tog‘ chang‘i kurortlari, masalan, go‘zal Praga va hashamatli Karlovi Vari.

Praga shaxri. Foto: osnovam.ruPraga shaxri. Foto: osnovam.ru

Chexiya yoqimli iqlimi bilan ham mashhur. Chexiyada "mavsum emas" tushunchasi deyarli yo‘q: bu yerga yilning istalgan vaqtida kelib, o‘rta asr ko‘chalarida sayr qilish, qasrlarni ziyorat qilish va mahalliy taomlardan bahramand bo‘lish mumkin. Gastronimik bayram ortidan sog‘lig‘ingizni tiklash uchun Karlovi Vari mineral suvlari bilan jigar va oshqozon osti bezini davolash mumkin. 

Chexiya

  • Viza: Shengen vizasi talab qilinadi.
  • Viza to‘lovi: 90 Yevro.
  • Parvoz davomiyligi: 7 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 4 200 000 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways, Qanot Sharq.
  • Eng arzon chiptalar: Qanot Sharq.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Praga, Karlovi Vari.

Shimoliy Amerika

Shimoliy Amerika materigida Grand Kanyon, Niagara sharsharasi va Yellouston milliy bog'i kabi dunyoning go'zal makonlari joylashgan. Mashhur diqqatga sazovor joylar orasida Ozodlik haykali, amerikalik prezidentlarning portretlari aks ettirilgan Rushmor tog'i, Disneylend va boshqa ko'plab joylar mavjud.

Shimoliy Amerikaning qaysi davlatlariga to'g'ridan-to'g'ri uchsa bo'ladi?

  • Amerika Qo'shma Shtatlari: Nyu-York.
Toshkent NY
29 iyul
~8 773 259 so'm
6 avgust
~11 056 456 so'm
23 avgust
~9 638 323 so'm

Foto: aviasales.uzFoto: aviasales.uz

Nyu-York

“Uxlamaydigan shahar”, “Beton o‘rmon” va “Katta olma” – bu Amerikaning mashhur shahri Nyu-Yorkning eng taniqli nomlaridan ba'zilari. Rasmiy ravishda Nyu-York AQShning poytaxti bo‘lmasa ham, bu shahar shubhasiz moliya, media, reklama, adabiyot va teatr markazi, shuningdek, moda va sport poytaxti hisoblanadi.

Nyu-Yorkka tashrif buyurishning asosiy sababi – bu shahar har bir kishiga o‘ziga mos dam olish va ko‘ngilochar imkoniyatlarni taqdim etadi. Manhetten butiklarida shopping qilish, Markaziy parkda osoyishta sayr, urbanizatsiyalangan Bruklinda kechki ovqat va mashhur Xitoy kvartalida sharq madaniyati bilan tanishish – bularning barchasini Nyu-York taqdim etadi.

Nyu-Yorkni “Beton o‘rmon” deb atashlariga qaramay, shahar mamlakatdagi eng “yashil” shaharlardan biri hisoblanadi. Markaziy Parkning keng yashil hududlari, Brodveyning yorqin chiroqlari, mashhur Ozodlik haykali va tarixiy Empire State Building binosi Nyu-Yorkning eng taniqli joylari hisoblanadi.

Amerika Qo'shma Shtatlari

  • Viza: Talab qilinadi.
  • Viza to‘lovi: 185 dollar.
  • Parvoz davomiyligi: 13 soat.
  • Chipta narxi bir tomonga: 7 766 646 so‘mdan boshlanadi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadigan aviakompaniyalar: Uzairways.
  • Tashrifga arziydigan shaharlar: Nyu-York, Los-Anjeles, Mayami.
O'zbekiston fuqarolari uchun AQSh vizasini olish
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi