Sayohat
16 sentabr 2024
views40K

Umra safari narxi 2024 yilda qancha turadi?

Umra — musulmonlar uchun ixtiyoriy ravishda bajariladigan kichik haj ziyorati. Quyida safar sanalari, narxlari, turli imkoniyatlar va ularning o‘zaro farqlari haqida batafsil ma’lumot to‘pladik.
article-image

Foto: zoogds.ru

Umraga borish necha pul turadi?

Umra ziyorati uchun aniq sanalar va narxlar belgilanmagan, biroq Saudiya Arabistoni faqat guruhli ziyoratlar uchun vizalar beradi. Shu bois safarni guruh tarkibida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi yoki turoperatorlar orqali tashkil etish mumkin. Ularning narxlari va xizmatlari o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqamiz.

Musulmonlar idorasi orqali Umra ziyoratiga borish narxi

Musulmonlari idorasining  “Haj va Umra” markazi tomonidan 2024-yil uchun ziyorat paketining narxi 16 600 000 so‘m qilib belgilangan. Paket quyidagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways qatnovidagi aviachipta;
  • Madina va Makkadagi mehmonxonalarda 3-4 kishilik xonalar;
  • Transport xizmatlari — safar davomida barcha joylarga avtobus qatnaydi;
  • Kuniga uch mahal ovqatlanish (shirinliklar va yangi mevalar bilan);
  • Tibbiy sug‘urta, gidlar va viza rasmiylashtirish.

Bu paketga ko‘ra, 3 kun Madinada va 7 kun Makkada bo‘lish rejalashtirilgan. 

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi