Xitoyning vizasiz rejimi sayohatlarga bo‘lgan talabni 4 barobar oshirdi
1-dekabr kuni Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi. Aviasales.uz ushbu voqeaning Xitoyga bo‘lgan sayohat qiziqishlariga qanday ta’sir qilganini o‘tgan oyning shu davri bilan taqqoslab o‘rgandi.
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, vizasiz rejim e’lon qilingan kuni Xitoyga chiptalar qidiruviga bo‘lgan qiziqish 4 barobar oshgan.
Diagrammaga nazar tashlasangiz, ikki kun orasida sezilarli o‘sishni ko‘rishingiz mumkin: 1-dekabr kuni chiptalarga bo‘lgan talab eng yuqori cho‘qqisiga yetgan.
Yillik ma’lumotlarni taqqoslash
O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda:
- Bron qilishlar 1.7 barobar oshgan (+68.85%).
- Chipta narxlari o‘rtacha -8.51% ga pasaygan, bu esa sayohatlarni yanada qulay qilgan.
Eng mashhur yo‘nalishlar:
- Toshkent – Pekin: bron qilishlar soni deyarli 2 barobar oshdi (+93.75%).
- Toshkent – Guanchjou: qiziqish 2.8 barobar oshdi (+182.28%).
- Toshkent – Urumchi: talab 3 barobar oshdi (+205.26%).
Vizasiz rejim O‘zbekistonliklar orasida Xitoyga bo‘lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirgan muhim omilga aylandi. Endi sayohatlarni rejalashtirish yanada oson, qulay va foydali bo‘ladi.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi