Sayohat
7 oktabr
views106

Aviasales.uz: Viza qoidalari o‘zgarishi ortidan o‘zbekistonliklarning Tailandga qiziqishi 81 foizga kamaydi

article-image

Sentyabr oyida o‘zbekistonliklar uchun Tailandga borish qoidalari o‘zgardi — endi sayyohlar vizani oldindan rasmiylashtirishlari shart. Aviasales.uz oradan bir oy o‘tib, ushbu o‘zgarishlar sayohatchilar rejasiga qanchalik ta’sir qilganini tahlil qilib ko‘rdi.

Natijalarga ko‘ra, Tailand haqiqatan ham ilgariroqdagidan sezilarli darajada kamroq ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistondan chiptalarni qidirishlar soni 81 foizga, bron qilishlar esa 84 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, sayohatning o‘rtacha davomiyligi hamon 10–12 kun darajasida saqlanib qolmoqda, bolalar bilan amalga oshirilgan safarlar ulushi esa deyarli o‘zgarmagan.

Biroq chiptalarning deyarli o’zgarmagan, o’rtacha 5% dan 10% gacha qimmatlashish kuzatilgan. Ammo bu o’zgarish joriy mavsum uchun odatiy holdir. 

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi