O'zbekistonliklar qishda qayerga sayohat qilishmoqda?
Hozirda O'zbekistondan sayohat qilayotganlarning 35 foizi Rossiyaga uchmoqda. Yana 12 foizi BAAga yo'l olgan, 9 foizi Turkiyani tanlagan, 6 foizi esa Xitoyga safar qilmoqda. Saudiya Arabistoni, Malayziya va Tailand yo'nalishlariga har biriga 3 foizdan to'g'ri kelgan.
Shu bilan birga, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qiziqish ortgan. O'tgan qish mavsumi bilan solishtirganda, Malayziyaga bo'lgan talab 3 marotaba oshgan. Tailandga parvozlar soni ham 40 foizga ko'paygan.
Oilaviy sayohat qilayotgan yo'lovchilar ulushi o'tgan yil darajasida qolgan va taxminan 8 foizni tashkil etmoqda. Ko'pincha oilaviy ta'til uchun BAAga (14 foiz), Tailand va Saudiya Arabistoni (har biri 12 foiz), shuningdek Malayziya (9 foiz) tanlanmoqda.
Qish mavsumida sayohatchilarning aksariyati Toshkentdan uchmoqda — barcha parvoz qilayotganlarning 84 foizi aynan poytaxtdan yo'lga chiqqan. Keyingi o'rinlarda Samarqand (6 foiz) va Farg'ona joylashgan.

























