Sayohat
25 sentabr
views162

Buxoroda davom etayotgan Biennale shaharga aviabronlarni 4,3 baravarga oshirdi

Aviasales.uz joriy kuzda O‘zbekistonda ichki turizmni tahlil qildi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, sayyohlar eng ko‘p Toshkent, Urganch, Nukus, Farg‘ona va Buxoroga yo‘l olishmoqda.
article-image

Foto: lifereport.net

Umuman olganda, mamlakat bo‘ylab sayohatlar o‘tgan yilga nisbatan 2,8 baravarga oshgan. Ayniqsa, hozir Buxoroda davom etayotgan Biennale tufayli shaharga qiziqish sezilarli ortmoqda: bu yerga bronlar soni 4,31 baravarga ko‘paygan. Turistlar ko‘pincha shaharda 2 kun qolishmoqda.

Ichki turizmda yetakchilikni poytaxt saqlab turibdi: Toshkentga bronlar soni 2,5 baravarga oshgan, chipta narxlari esa o‘tgan yil darajasida qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda — Urganch: bu yo‘nalishga parvozlar narxi 23,2% arzonlashgan. Sayyohlar bu yerda o‘rtacha 3 kun dam olishmoqda.

Keyingi o‘rinlarda Nukus va Farg‘ona turibdi. Besh talikni Buxoro yakunlaydi, u bu yil yo‘nalishlar reytingida yuqoriga ko‘tarildi.

Oilali sayohatlar ulushi bo‘yicha esa Andijon yetakchi, undan keyin Samarqand joylashgan.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi