Investitsiya
11 aprel 2024
views21K

2024 - yilda pulingizni nimalarga investitsiya qilsangiz bo'ladi?

Agar investitsiya qilishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, nimalarni bilishingiz kerak?
article-image

Foto: gremlincom.ru

Ko‘chmas mulk investitsiyalarining daromadliligi va oltin narxi yildan yilga oshib bormoqda. Valyuta bozori kotirovkalari o‘zgarib bormoqda. Bunday sharoitda pulni tejash, daromad olish, shuningdek, mablag‘ni inflyatsiyadan himoya qilish uchun uni turli xil moliyaviy vositalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz 2024-yilda mablag‘ingizni tejash va ko‘paytirishning usullarini o‘rganib chiqdik. Bizning ma'lumotlarimiz sizga turli xil investitsiya usullarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Mablag‘ni pul ko‘rinishida saqlamang

Inflyatsiyani hisobga olganda, pul yiliga kamida 10% ga qadrsizlanadi. Shu sababli agar siz pulingizni so’mda saqlasangiz, u inflyatsiya tufayli asta-sekin o'z qiymatini yo'qotadi. Hech bo'lmaganda mablag’ni qiymatini saqlab qolish uchun ularni investitsiyaga kiritish mumkin. 

Investitsiya qilingan pul inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lishi kerak. Shuning uchun investitsiyalarni diversifikatsiya qilish kerak, ya’ni pulingizni bur nechta joyga tikkaningiz ma’qul. Faqat bitta turdagi aktivlarni - bir xil aksiyalarni sotib olishga e’tibor qaratmaslikka maslahat beramiz. Moliyaviy vositalar xilma-xilligi bitta aktivning qulashini ikkinchi aktiv qoplashiga imkon beradi.

Bundan tashqari, ma’lum vaqtdan keyin bir nechta yo‘nalishda qaysi sarmoya yo‘nalishi ko‘proq daromad keltirishi aniq bo‘ladi. Shundan so‘ng muvozanatni tiklash uchun mablag‘larning bir qismini bir yo‘nalishdan, ko‘proq foyda olib kelgan joyga, ya’ni rentabelligi yuqori bo‘lgan joyga o‘tkazishingiz mumkin.

Ko‘chmas mulk

Ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulkka investitsiyalar haqli ravishda uzoq muddatli istiqbolda eng ishonchli moliyaviy investitsiyalardan biri hisoblanadi. 

Hozirgi vaqtda ikkilamchi bozorga investitsiya qilish usullarining juda katta tanlovi mavjud, ular ichidan eng keng tarqalgan ikkita turi:

  • turar-joy mulkini sotib olish;
  • tijorat mulkiga investitsiya qilish.

Tijorat ko‘chmas mulkiga investitsiyalar o‘ziga yarasha tajriba va bilimni talab qiladi, chunki bu jarayon katta miqdordagi mablag‘ bilan ishlashni o‘z ichiga oladi, ya’ni har qanday xato katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tijorat ko‘chmas mulk sohasida tajribasi bo‘lmaganlar uchun turar-joy mulklarini investitsiya turi sifatida ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi