Investitsiya
13 iyun
views57K

Hamster Kombat va Notcoin o’yinlari qonuniymi?

Notkoin kriptovalyutasi va unga o'xshash bo'lgan Hamster Kombat o'yini O‘zbekistonda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa-da, ularning qonuniy va moliyaviy xavflarini tushunish muhimdir. Keling, bu masalani batafsil ko‘rib chiqamiz.
article-image

Foto: bestobzor.ru

Hamster Kombat va Notkoin haqida ma'lumot

Hamster Kombat

O‘zbekiston aholisi orasida Hamster Kombat o‘yini tobora ommalashib bormoqda. Bor-yo‘g‘i 3 oy ichida 239 million kishi ushbu Telegramdagi mini-ilovaga obuna bo‘ldi. Har kuni Hamster Kombatga 4-5 million yangi foydalanuvchi qo‘shilmoqda, bu uni dunyodagi eng tez rivojlanayotgan raqamli xizmatga aylantirmoqda.

Hamster Kombatdagi taklif etiladigan havola va talif etish uchun havola olish holati. Foto: t.me/hamster_kombat_botHamster Kombatdagi taklif etiladigan havola va talif etish uchun havola olish holati. Foto: t.me/hamster_kombat_bot

Hamster Kombat ham oddiy mexanikaga asoslangan: o‘yinchilar xomyak tasvirini bosib, virtual to‘lov tangalari yig‘ishadi. Bu tangalar xomyakka kiyimlar sotib olish uchun ishlatiladi. Hamster Kombatning syujetiga ko‘ra, o‘yinchi xomyak kripto birjasining menejeri bo‘lib, boyib ketishga intiladi.

Fond birjasi qanday ishlaydi?

Hamster Kombat tangalarining narxi qancha bo‘lishi ko‘plarni qiziqtiradi. Lekin tangalar faqat kriptovalyuta birjasida ro‘yxatga olinganidan keyin haqiqiy qiymatga ega bo‘ladi. 

2024-yilning 4-iyul kuni Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida Hamster Kombat o'yini TON blokcheynida ro'yxatdan o'tishi haqida xabar berdi:

"Telegramda yangi mini ilovalar to‘lqini kelmoqda va Hamster Kombat bu to‘lqinni boshqarib bormoqda. Tez orada Hamster jamoasi o‘z tokenini TON platformasida chiqaradi."

Notkoin nima?

Notkoin (NOT) — bu Telegram dastiurida ishlaydigan, o'ynab-topish (play-to-earn) texnikasi bo'yicha ishlab topiladigan kriptovalyuta. 

Notkoin foydalanuvchilariga Telegram ichidagi animatsion tangani bosish orqali raqamli valyuta ishlab topishga imkon beradi. Ushbu o'yin necha hafta ichida millionlab foydalanuvchilarga ega bo’ldi.

Elektron hamyon nimaga kerak?

Uning ommalashishi uchta asosiy omilga bog‘liq:

  • Oddiy va qiziqarli o‘yin:

Notkoin o‘yini oddiy va qiziqarli. O‘yinchilar notkoinlar yig‘ib, ularni virtual mahsulotlarga almashtirishadi. Bu jarayon ko‘pchilikka yoqadi va ularni o‘yinga bog‘lab qo‘yadi.

  • Kriptovalyuta olamiga kirish imkoniyati:

Notkoin ko‘p foydalanuvchilar uchun kriptovalyuta olamiga birinchi qadam bo‘ldi. Telegramda notkoinlar bilan shug‘ullanish juda qulay va oson, bu yangi foydalanuvchilar uchun kriptovalyutani o‘rganishda yaxshi imkoniyat bo'ldi.

  • Viral effekt:

Viral effekt xuddi virus kabi ishlaydi: kontent tezda ko‘p odamlar orasida tarqaladi. Odamlar bir-birlarini o‘yinga taklif qilib, bonuslar olishadi, bu esa Notkoinning yanada ko‘proq tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Notkoindagi taklif etiladigan havola va talif etish uchun havola olish holati. Foto: dzen.ru Vadim YegorovNotkoindagi taklif etiladigan havola va talif etish uchun havola olish holati. Foto: dzen.ru. Vadim Yegorov

Dastlab Notkoin asosan o'yin uchun ishlatilgan bo'lsa-da, uning TON blockcheiniga integratsiyalashuvi va yirik birjalarda ro'yxatga olinishi uni haqiqiy kriptovalyutaga aylantirdi. O'yin ichidagi Notkoinlar keyinchalik TON blockcheinidagi NOT tokenlariga 1000:1 nisbatda konvertatsiya qilindi. O'yinda tanga ishlab chiqarish bosqichi 2024-yil 1-aprelda tugatildi va haqiqiy NOT kriptovalyutasining tarqatilishiga o'tildi.

Hamster Kombat va Notkoindagi o'xshashlik

Ikkala o‘yin ham foydalanuvchilarni jalb qilish uchun oddiy va quvnoq uslublardan foydalanadi. Shuningdek, ikkala o‘yinda ham foydalanuvchilar o‘z do‘stlarini jalb qilish va bu orqali ko‘proq virtual boylikka ega bo‘lish imkoniyatiga ega.

Bu o'yinlar o'xshash bo'lsa-da bir-biriga aloqador emas. Lekin ko‘pchilik Notkoinni Hamster Kombat bilan solishtirib, uning ham kelajagi bir xil bo‘lishiga ishonmoqda. 

O'zbekistonda Notkoin va Hamsterdan kriptovalyuta chiqarish mumkinmi?

O‘zbekistonda 2023 yildan boshlab kriptoaktivlarni sotib olish va sotish faoliyati faqat milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, litsenziyasiz kriptovalyuta mayningi qilish ham qat’iy taqiqlangan.

Demak, o‘yindagi oddiy tangalar kriptovalyutaga taalluqli bo‘lmasa, ularni yig‘ish va o‘yinni o‘ynash qonunga zid emas. Ammo uning oldi-sotdisi bilan turli jahon platformalarida shug‘ullanish uchun javobgarlikka tortilasiz.

Hamster Kombat o‘yinining kelajagi haqida aniq ko‘rsatmalar bo‘lmasa-da, tangalar birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin siz kriptovalyuta ishlab chiqaruvchisi sifatida “mayner” deb hisoblanishingiz mumkin. Shuningdek, Notkoin va boshqa kriptovalyutalarning noqonuniy oldi-sotdisi va mayningi bilan shug‘ullanganlar hozirda javobgarlikka tortilayotganini unutmang.

Internetda Binance kabi platformalarda ro‘yxatdan o‘tish va keyin kriptovalyutani chiqarib olish bo‘yicha ko‘plab maslahatlar mavjud bo‘lsa-da, bu noqonuniy harakat ekanligini eslatib o‘tamiz. O'zbekistonda noqonuniy kriptovalyuta savdosiga qarshi qat'iy choralar ko'rilmoqda. Yaqinda ikki holatda yoshlar Telegram va Binance platformalari orqali kriptoaktivlar sotgani uchun sudlandi:

  • Chilonzor tuman sudida 24 yoshli talaba Telegram orqali Notkoin sotgani uchun sudlandi. Sud uni 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi bilan jazoladi, uning telefoni va bank kartasi musodara qilinib, yo'q qilindi. Shuningdek, 510 ming so'm jarimaga tortildi.
  • Toshkentda yana bir yosh yigit Binance platformasida kriptovalyuta savdosi uchun hibsga olindi. Sud uni aybdor deb topib, uch sutkaga hibsga oldi, uning telefoni va bank kartasi yo'q qilindi.

Bu holatlar Notkoin kriptovalyutasi savdosi uchun hibsga olishning ilk misollaridan biridir. Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmasligini eslatib o'tamiz.

Istiqbolli loyihalar agentligi sharhlariga ko‘ra:

  • Hamster Kombat o‘yinini o‘ynash qonuniydir: Hozirgi kunda Hamster Kombat — bu Telegramdagi oddiy mini-o‘yin bo‘lib, unda foydalanuvchilar o‘yin tangalarini topishadi. Uni o‘ynash qonunbuzarlik emas.
  • Tangalarni olish: Kriptoaktivlarni (o‘yin tangalarini) olish qonuniy hisoblanadi va bu kriptoaktivni o‘tkazish deb baholanadi. O‘zbekistonliklar bu tangalarni olganda jinoyatchi bo‘lib qolmaydilar. 
  • O‘yin tangalari kriptovalyitaga aylanishi: Loyihaning listingidan so‘ng o‘yin tangalari TON platformasiga o‘tib, kriptoaktivga aylanishi mumkin degan ehtimol mavjud. Bu ularning milliy qonunchilikka bo‘ysunishini anglatadi.
  • Kriptovalyutalar savdosi: Litsenziyalangan mahalliy provayderlardan tashqari, O‘zbekistonda kriptovalyutani sotish va sotib olish taqiqlangan. Hozirgi kunda mahalliy provayderlar hali TON va NOT platformalari bilan operatsiyalarni amalga oshirmagan. Bu degani, hozirda qonuniy ravishda bu platformalardagi kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullanishning imkoniyati yo‘q. Agentlik bu masalani hal qilish ustida ishlamoqda.
  • Kelajakdagi o‘zgarishlar: Kelajakda kriptovalyutalarga oid qonunchilikda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda qonunni buzmaslik uchun mavjud qoidalarga rioya qilish kerak.
Tap Swap yana bir notkoinmi?
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi