Investitsiya
10 iyul
views44K

Hamster Kombat savdosi

Bybit birjasi Hamster Kombat tokenining premarket-savdosini boshladi. Hamster tokenlarini sotishni qachondan boshlash mumkin? Bu haqida quyida batafsil.
article-image
Hamster Kombat tokenining premarket-savdosi boshlandi

8-iyul kuni yirik Telegram-kanallar Bybit birjasida endi HMSTR tokenini sotish yoki sotib olish mumkinligi haqida xabar berdi. Lekin, hozircha hech narsani sotib olish yoki sotish mumkin emas. Bybit faqat premarket-savdoni boshlagan. Bu shuni anglatadiki, bozor ishtirokchilari kelajakda token yaratilganda va birjada ro'yxatga olinganda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan bitim haqida hozirdan kelishib olishlari mumkin. Hamster Kombat o‘yini tokenlarining birjada ro‘yxatga olinishi, ya’ni listingi 26-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rasman e'lon qilingan.

Hamster Kombat va Notcoin o’yinlari qonuniymi?

Premarket-savdosi nima degani?

Premarket-savdosi hali chiqarilmagan tokenlar bilan savdo qilish imkonini beradi. Xaridorlar tokenning narxini oldindan taxmin qilib, o'z stavkalarini qo'yishadi. Listingdan keyin ular tokenni oldindan kelishilgan narxda sotib olishga majbur boʻlishadi, real qiymatidan qat'i nazar.

Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin:

  • Birinchi kriptotreyder: "Agar HMSTR tokenining listingi bo'lsa, men uni 100 dollarga sotib olaman" deydi.
  • Boshqasi: "Mayli, men uni senga shu narxda sotaman" deb javob beradi.
  • Shunda birja "Yaxshi, keling, har biringiz garov qo'ying. Listing amalga oshirilganda, sotuvchi tokenlarni xaridorga yuboradi, men esa xaridorning garovini sotuvchiga yuboraman. Agar sotuvchi tokenlarni yubormasa, u garovini yo'qotadi, xaridor esa kompensatsiya oladi" deb bitimni mahkamlaydi.

Fyucherslar savdosidan farqli o'laroq, premarketda tuzilgan bitimni bekor qilish mumkin emas. Token narxi bir marta kelishilgan bo'lsa, shu narxda belgilanadi va sotuvchi va xaridorning pullari listing amalga oshirilguncha muzlatiladi.

Bu jarayon lotereyaga o'xshaydi. Agar listingdan keyin token 100 dollardan qimmatroq bo'lsa, xaridor yutadi. Agar arzonroq bo'lsa, xaridor yutqazadi. Chunki u hatto token narxi 0,01 dollar boʻlsa ham baribir uni 100 dollarga sotib olishi kerak. Har qanday kazinoda bo'lgani kabi, g'oliblar faqat tashkilotchilar bo'ladi, chunki ular xizmatlari uchun pul olishadi. Agar hech qanday aldov boʻlmasa, bu jarayon haqiqatan ham shunday o'tadi. 

O'yin ishlab chiquvchilari Telegram chatlarida premarketda ishtirok etmasliklarini va uni qo'llab-quvvatlamasliklarini aytishgan. Ular rasmiy kanalda e'lon qilingan listingni kutishni tavsiya qilishgan. 

Bybit birjasi mijozlari va yagona savdo akkauntiga ega bo'lganlar premarket savdosida ishtirok etishi mumkin. Ular o'zlari to'g'ri deb hisoblagan narxlarni taklif qilishlari mumkin. Lekin birja ham, Hamster Kombat ishlab chiquvchilari ham bu narxlarga rioya qilishlari shart emas. Premarketdagi narxlar tokenlar listingdagi qiymatiga katta ta'sir qilmaydi.

HMSTR tokeni qancha turadi?

21-22-sentyabr kechasi Hamster Kombat o‘yinchilari uzoq kutilgan tokenlarini olishdi. Premarketdagi ma'lumotlarga ko‘ra, bir tokenning narxi 0.009 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Oddiy o‘yinchilar 1000-3000 token olgan bo‘lib, bu ularning daromadi 9-27 AQSh dollariga teng ekanini anglatadi.

O‘yin yaratuvchilari 131 million foydalanuvchiga token tarqatilganini, lekin 2,3 million o‘yinchi firibgarlik tufayli chetlatilganini e’lon qilishdi. 30,6 million foydalanuvchi hali tokenlarni chiqarib olmagan. Jami 100 milliard token ishlab chiqariladi, shundan 75% o‘yinchilarga ajratiladi. 26-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «airdop»da bu miqdorning faqat 60% tarqatiladi. Tokenlarning 88,75%ini darhol olish mumkin bo‘ladi, qolgan 11,25% esa 10 oy o‘tgach chiqariladi.

Listingdan keyin ko‘pchilik o‘z tokenlarini chiqarib olishga urinadi, bu esa token kursining tushishiga olib kelishi mumkin.

HMSTR tokenining xalqaro birjadagi narxi. Foto: binance.comHMSTR tokenining xalqaro birjadagi narxi. Foto: binance.com

Hamster Kombat kriptovalyutasi uchun rasmiy tiker (kotirovka qilingan vositalarning almashinuvi ma'lumotlaridagi qisqa nomi) e'lon qilinmagan. Valyuta nomi HMSTR boʻlmasligi mumkin. HMSTR — bu faqat Bybit birjasidagi token nomi. 

Fond birjasi qanday ishlaydi?

Hamster Kombat tokeni bilan boyib ketish mumkinmi?

Kriptovalyuta bozorida memcoinlar deb ataladigan segment mavjud. Bu loyihalar internet hazillari asosida yaratiladi. Masalan, Dogecoin tokeni siba-inu itiga bag'ishlangan. MMM2049 tokeni esa Sergey Mavrodiyning mashhur piramidasiga parodiya hisoblanadi.

Foto: magmer.ruFoto: magmer.ru

Hamster Kombat kabi o'yinlarda ishlab chiqarilgan tangalar ham memcoinlar hisoblanadi. Ularni amalda qo‘llab bo‘lmaydi: do‘konda to'lash yoki boshqa kriptovalyuta loyihalariga sarflash imkonsiz. Bu shunchaki o‘yin ichida ishlatiladigan tangalar hisoblanadi.

Hamster Kombat yo'l xaritasida tokenlarni o'yin ichidagi xaridlar uchun ishlatish imkoniyati paydo bo'lishini va'da qilgan. Ammo bu kabi o‘yinlar tokenlarining qiymati odatda barqaror bo‘lmaydi. O'yinga qiziqish yo'qolgach, tokenlarga talab kamayadi va ularning qiymati pasayadi. Hamster Kombatdagi tangalar ko'p miqdorda cheklanmagan holda yaratiladi, bu esa ularning narxining uzoq muddatda oshishi ehtimolini kamaytiradi.

HMSTR tokenini listingdan keyin sotib olishning yagona sababi uni qimmatroq narxda boshqa odamga sotishdir. Bu tamoyil ko‘pgina moliyaviy piramidalar asosida ishlaydi.

Hamster Kombatdan foyda olishning eng yaxshi usuli tokenlarni listingdan keyin imkon qadar tezroq sotishdir. Eng muhimi, yo‘qotish qo‘rquviga tushmaslikdir. Agar tokenlarni 100 dollarga sotgan bo‘lsangiz va ularning narxi oshgan bo‘lsa, qayta sotib olish va yana qimmatroq sotishga urinmaslik kerak.

O‘zbekistonda Hamster Kombat tokenlarini sotsa bo'ladimi?

O‘zbekistonda kriptoaktivlarni sotib olish va sotish faqat milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyasiz kriptovalyuta mayningi qat’iy taqiqlangan. O‘yindagi oddiy tangalar kriptovalyutaga kirmasa, ularni yig‘ish va o‘ynash qonunga zid emas. Ammo ularning oldi-sotdisi bilan jahon platformalarida shug‘ullanish javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Shu sababli, agar Hamster tokeni listingdan so‘ng litsenziyaga ega Uznex kriptobirjasi va ruxsatnomaga ega kriptodo‘konlarda ro‘yxatdan o‘tsa, uni birjada sotib olish va sotish mumkin bo‘ladi.

Hamster Kombat tokenlarning 60 foizini o'yinchilarga ajratmoqchi
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi