O'zbekiston
26 avgust 2024
views6K

2024-yilda xorijiy pasportni qanday rasmiylashtirish mumkin?

2021-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatdan chiqish biometrik xorijiy pasport bilan amalga oshiriladi. Quyida xorijiy pasportini rasmiylashtirish uchun qancha mablag' kerak, qaysi hujjatlar talab qilinadi va qayerda olish mumkinligi haqida batafsil ma'lumot olish mumkin.
article-image

Xorijiy pasportni qayerda rasmiylashtirish mumkin?

Chet el pasportini davlat xizmatlari markazida yoki Ichki Ishlar bo'limlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlarida (pasport stoli), ro'yxatdan o'tish joyidan qat'iy nazar olish mumkin. Shuningdek, xorijiy pasporti uchun arizani onlayn ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YAIDXP) tegishli bo'limlari orqali topshirish mumkin.

Yagona portal orqali ariza topshirish

  • Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YAIDXP da avtorizatsiyadan o'tgan bo'lishi va shaxsiy kabinetga ega kerak.
  • Arizachi “Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish” bo'limida anketa to'ldiriladi.
  • Keyingi bosqichda qarindoshlar va ish joyi haqida ma'lumotlar kiritiladi. Agar ushbu ma'lumotlarda o'zgarish kiritish zarur bo'lsa, kerakli tuzatishlarni amalga oshirib, oxirgi bosqichga o'tish mumkin. Oxirgi bosqichda to'lov amalga oshiriladi va ariza yuboriladi.
  • Arizachi ko'rsatilgan muddat ichida barmoq izlari va fotosuratni topshirish uchun ma'lumot yig'ish punktiga shaxsan tashrif buyurishi kerak.

Foto: qalampir.uzFoto: qalampir.uz

Biometrik pasportni olish uchun arizachi belgilangan kunda va vaqtda pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat bilan tegishli organga tashrif buyurishi kerak.

Xizmat narxi

  • 16 yoshdan kichik bo'lgan shaxslar uchun xorijiy pasport olish davlat boji – 1 BHM ning 80 foizi.
  • 16 yoshdan katta bo'lgan shaxslar uchun xorijiy pasport olish davlat boji – 1 BHM ning 1,2 foizi.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi