O'zbekiston
27 avgust 2024
views1K

Yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

Yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — bu fuqaroning muayyan manzilda doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Ushbu hujjat ko‘pincha davlat xizmatlarini olish yoki shartnomalar tuzishda talab qilinadi. Quyida ma'lumotnomani qayerdan va qanday olish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
article-image

Foto: kun.uz

Ma'lumotnoma qayerdan olinadi?

Yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:

  • Shaxsan Davlat xizmatlari markaziga borish.
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish.

Elektron shaklda murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi