Investitsiya
16 iyul
views4K

Tap Swap yana bir notkoinmi?

Telegramdagi klik-botlarga bo'lgan trend tobora kuchaymoqda. Ammo kriptovalyuta bozorida bunday loyihalar ko'payib borayotgan bir paytda istiqbolli tokenni firibgarlikdan qanday ajratish mumkin? Avvalroq Hamster Kombat o'yinini o'rganib, uni Notcoin bilan solishtirgan edik. Yana bir shunga o'xshash Telegram bot borligini bilganmisiz? Balki Tap Swap haqida eshitgandirsiz? Bu bot haqida quyida ma'lumot beramiz.
article-image
Tap Swap o'zi nima?

Tap Swap haqida umumiy ma'lumot

Loyiha markazsizlashtirilgan bo'lib, staking tizimiga ega va tokenlarni yetishtirib olish hamda taqsimlash uchun Telegram bot orqali ishlaydi. 

Taps — loyiha tokeni bo‘lib, maksimal 1 milliard token mavjud. Notcoindan farqli o'laroq, tokenlar soni cheklangan. Shuning uchun kelajakda tokenning qiymati oshishi ehtimoli bor, ammo bu kafolatlanmagan. 

Tokenlarni Notcoindagi kabi yetishtirib olish mumkin: Telegramga kirib, bot orqali tap qilish, ya’ni bosib o'ynash kerak. Notcoindagi kabi, bu yerda ham kunlik bonuslar mavjud. Mayning tezligini oshirish uchun qo'shimcha bonuslar va hatto bot-tap qiluvchi (Tap Bot) sotib olish mumkin.

Hamster Kombat va Notcoin o’yinlari qonuniymi?

Qo'shimcha bonuslarni haqiqiy pul evaziga emas, yig'ilgan tangalar evaziga sotib olish mumkin. Bu Tap Swapga investitsiya qilishni sarmoyasiz amalga oshirish imkonini beradi.

Tap Swap kim tomonidan yaratilgan?

TapSwap loyihasi mashhur Notcoinning yana bir analogi bo'lib, Solana blockchain asosida ishlaydi. Lekin u Solananing rasmiy loyihasi emas. Solana asosidagi loyihalar orasida Mercurial Finance, Parrot Protocol, Orca kabi muvaffaqiyatli misollar bor.

Solana — bu blockchein platformasi bo'lib, uning mahalliy kriptovalyutasi — SOL deb nomlanadi. Solana 2020-yilda Anatoliy Yakovenko va Raj Gokal tomonidan 2018-yilda asos solingan Solana Labs kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan.

Tap Swap asoschilari va investorlar

Bugungi kunda Solana blockchein xizmatlari sohasida yetakchi provayderlardan biri hisoblanadi va bozor kapitalizatsiyasi bo'yicha eng yaxshi o'ntalikdan joy olgan. Solana haqida ko'p narsa bilamiz, lekin Tap Swap asoschilari haqida nima deyish mumkin? Ular haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

TAPS tokenining taqsimlanishi

TAPS TapSwapning mahalliy tokeni. Loyiha saytida tokenlarning taqsimlanishi haqida quyidagi ma'lumot topish mumkin:

  • 30% (150 million TAPS) Telegram bot orqali 6 oy davomida taqsimlanadi.
  • 20% (100 million TAPS) platforma faol foydalanuvchilari orasida Airdrop orqali taqsimlanadi.
  • 20% (100 million ulanishlar) launchpoolsda ishtirokni rag'batlantirish uchun ishlatiladi.
  • 30% (150 million TAPS) platformada likvidlikni qo'llab-quvvatlaydiganlarga ajratiladi.

Loyiha hali hech qayerda ro'yxatga olinmaganligi sababli, uning narxi yo'q. Avvalroq loyiha asoschilari TapSwap listingi 2024-yil, 30-may kuni sodir bo'lishini aytishgan, biroq 1-iyul kuni ishlab chiquvchilar jamoasi tangalarni tokenlarga almashtirish bo'yicha tadbirlar noma'lum muddatga kechiktirilganini e'lon qildi. Foydalanuvchilarga esa quyidagi mazmundagi xabarnoma yuborilgan:

“Jamoamiz aksiyalarni tokenlarga almashtirish tadbirini noma'lum muddatga kechiktirishga qaror qildi. Buning sababi shundaki, so'nggi vaqtlarda Tapswap katta e'tiborni jalb qildi va hali ham birinchi darajali birjalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu yuqori darajadagi e'tibor tokenomikani va ishga tushirish strategiyasini ehtiyotkorlik bilan ko'rib chiqishni talab qiladi, bu esa biroz ko'proq vaqt oladi.”

Qonuniylikka kelsak, Hamster Kombatda bo'lgani kabi, bu o'yinni o'ynash va botda tap qilish O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra taqiqlanmagan. Biroq, agar listing (ro'yxatga olish) amalga oshsa va siz o'z tokenlaringizni sotishni xohlasangiz, buni faqat ro'yxatdan o'tgan birjalar orqali amalga oshirish mumkinligini yodda tuting.

Xulosa: Tap Swap — firibgarlikmi?

Agar Tap Swapni boshqa shunga o'xshash loyihalar bilan solishtirsak, u Notcoinga ko'proq o'xshaydi. Ammo bu unga ishonish mumkin degani emas.

Tap Swapning afzalliklari:

  • Oddiy o'yin mexanikasi.
  • Staking mukofotlari.
  • Pul tikish zarurati yo'qligi.
  • Markazsiz boshqaruv.

Tap Swapning kamchiliklari:

  • Asoschilar haqida ma'lumot yo'q.
  • Monetizatsiya qilinmagan.
  • Internetda izohlarning yo'qligi.

Loyihaning sayti va yo'l xaritasi bor, hammasi chiroyli tarzda bezatilgan, lekin bu faqat niqob bo'lishi mumkin. Asoschilar haqida hech narsa ma'lum emas, izohlar o'chirilgan. Bunday holatda loyihaga ishonish mumkinmi? Tap Swap Notcoindan ko'ra mashhurroq va qimmatroq bo'ladimi? Ehtimol, yo'q. Shuning uchun hushyor bo'ling, o'zingizning xulosalaringizni chiqarishingiz kerak.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi