Sayohat
8 oktabr
views140

Aviasales.uz: 2025-yilda O'zbekistondan Yevropaga qiziqish ortmoqda

Aviasales.uz ekspertlarining ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning dastlabki to'qqiz oyida O'zbekistondan Yevropaga aviachipta band qilishlar soni o'tgan yilga nisbatan 38% ga oshgan.
article-image

Foto: ustaliy.ru

Safarlarning o‘rtacha davomiyligi 19 kunni tashkil etdi, bolalar bilan sayohatlar esa 7% ga ko‘paygan. Shu bilan birga, o‘rtacha chipta narxi 6,6% ga kamaydi — 680 dollardan 635 dollargacha tushgan.

Eng ommabop yo‘nalishlar: Riga, Frankfurt, Vilnyus, Berlin, Varshava, Myunxen, Vena, Parij, Budapesht va Praga. Birinchi beshta yo‘nalish umumiy bandlovlarning deyarli yarmiga to‘g‘ri keladi.

Eng katta o‘sish Riga va Vilnyusda kuzatildi. Rigaga qiziqish 63%, Vilnyusga esa 39% ga oshgan. Bu shaharlar nafaqat sayohat, balki ish, o‘qish yoki oilaviy sabablar bilan safar qilayotganlar uchun ham muhim nuqtaga aylangan.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi