Sayohat
5 mart
views22

AQSH O'zbekistondan qish mavsumida eng arzon TOP-5 yo'nalishlar qatoriga kirdi

Aviasales.uz tahlilchilari 2025–2026 yil qish mavsumida o'zbekistonliklar qaysi yo'nalishlarni tanlaganini va sayohat talabi qanday o'zgarganini o'rgandi.
article-image

Aviasales.uz tahlilchilari 2025–2026 yil qish mavsumida o'zbekistonliklar qaysi yo'nalishlarni tanlaganini va sayohat talabi qanday o'zgarganini o'rgandi.

2025 yil dekabrdan 2026 yil fevraligacha bo'lgan davr an'anaviy yo'nalishlarga qiziqish saqlanib qolganini, shu bilan birga yangi yo'nalishlarga ham qiziqishi ortganini ko'rsatdi.

Izlashlar va xaridlarning asosiy qismi hanuz Rossiya, Turkiya, BAA va Saudiya Arabistoniga to'g'ri kelmoqda. Biroq qish mavsumida Malayziya va Hindiston kabi Osiyo mamlakatlariga qiziqish keskin oshgan. Bu yo'nalishlarga talab o'tgan yilga nisbatan mos ravishda 92% va 58% ga ko'paygan.

2026 yil qishda xalqaro qatnov uchun bir tomonlama o'rtacha chipta narxi 438 dollarni tashkil etdi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi