Sayohat
26 may
views44

O‘zbekistonda ayollar ta’til yo‘qligi sababli erkaklarga qaraganda ko‘proq charchaydi

Aviasales.uz tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot O‘zbekistonda ayollar ta’tilsiz qolish oqibatlarini erkaklarga qaraganda kuchliroq his qilishini ko‘rsatdi. So‘rov davomida o‘zbekistonliklardan dam olish odatlari, ta’tilga chiqishga nima xalaqit berayotgani va qachon o‘zini charchagan his qilishi haqida so‘ralgan.
article-image

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarning 17 foizi o‘zini juda charchaganini va energiyasi qolmaganini aytgan. Erkaklar orasida esa bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, ayollar erkaklarga qaraganda deyarli 3 baravar ko‘proq emotsional charchoq va kuyish haqida gapirgan.

Aviasales.uz ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 17 foizi ta’til haqida faqat apatiya paydo bo‘lganda o‘ylashini bildirgan. Aynan ayollar bu holatlarni erkaklarga qaraganda ko‘proq sezishini aytgan.

So‘rovda qatnashganlarning 30 foizi “muhitni o‘zgartirish istagi” ta’til kerakligining asosiy belgisi ekanini aytgan. Ayollar esa erkaklarga qaraganda ko‘proq yangi joylarga borish va kundalik bosimdan uzoqlashish istagini bildirgan.

Umuman olganda, o‘zbekistonliklarning 36 foizi 2025-yilda umuman ta’tilga chiqmagan. Respondentlarning yana 37 foizi esa yil davomida faqat bir marta dam olishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’tilga chiqmaslikning asosiy sababi sifatida Ayollar ko’proq oila va farzandlar sababli damga chiqolmasligi, Erkaklar esa ayollarga qaraganda ko‘proq ish sababli ta’tilni kechiktirishini aytgan.

Aviasales.uz tadqiqoti yana shuni ko‘rsatdiki, o‘zbekistonliklarning faqat 17 foizi ta’tilni oldindan rejalashtiradi. Qolganlar esa asosan charchoq, stress yoki emotsional bosim kuchaygandan keyingina dam olish haqida o‘ylaydi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi