Sayohat
30 dekabr 2024
views1K

2024-yilda O'zbekistonliklarning sayohatga bo'lgan qiziqishi ortdi

Aviasales.uz 2024-yilda O'zbekistonliklarning sayohat yo'nalishlari, tanlangan yo'nalishlar va chipta narxlaridagi o'zgarishlar haqida ma'lumotlarni taqdim etdi.
article-image

Yil davomida O'zbekistonliklar jami 417 million kilometr masofani uchib o'tishdi, 1,63 million kilogrammdan ortiq yuk tashishdi va samolyotlarda deyarli 40 million soat vaqt o'tkazishdi. Shuningdek, o'zbekistonliklar 346 xil aviakompaniyalaridan foydalanib parvoz qilishdi.Sayohatchilar ko'pincha juma kunlari chipta sotib olib, parvozlarini juma yoki yakshanba kunlariga rejalashtirishgan.

Chet elga sayohatlar orasida Rossiya, Turkiya, Qozog'iston, BAA va Tojikiston eng ko'p tanlangan davlatlar bo'ldi. O'zbekistonliklar eng ko'p Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Sochi va Kazan shaharlariga uchishdi.

2024-yilda chipta narxlari sezilarli ravishda pasaygan. Xalqaro parvozlarning o'rtacha narxi 2,9 million so'mni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 8% arzonroq. Ichki parvozlar o'rtacha 630 ming so'mga to'g'ri keldi, bu esa 5% ga kamayganini ko'rsatdi.

Yil davomida ba'zi rekordlar ham qayd etildi. Eng qimmat chipta narxi 55 million so'mga sotildi — bu Toshkent-Pensakola (AQSh) yo'nalishidagi Emirates parvozi edi. Yilning eng arzon chipta narxi esa 348 ming so'mni tashkil etdi — bu Samarqand-Abu-Dabi (Wizz Air) parvozi bo'ldi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi