Sayohat
15 may
views6

Istanbul O'zbekistonlik sayohatchilar uchun eng mashhur tranzit shaharga aylandi

Aviasales.uz tahlilchilari 2026-yilda foydalanuvchilar eng ko'p qaysi shaharlarda tranzit parvozlarni amalga oshirganini o'rganib chiqdi.
article-image

Tadqiqot natijalariga ko'ra, Istanbul yilning asosiy tranzit markaziga aylandi — barcha tranzitlarning qariyb 19 foizi aynan shu shaharga to'g'ri kelgan. Shaharning mashhurligi Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Amerikaga qulay aviaaloqalar bilan izohlanadi.

Reytingning keyingi o'rinlarini Moskva va Boku egalladi — ular mos ravishda qariyb 11% va 10% ulushga ega bo'ldi. Ushbu yo‘nalishlar MDH davlatlari va Yevropaga parvozlar uchun hanuz talabgir bo'lib qolmoqda.

Shuningdek, Osiyo yo'nalishlariga qiziqish sezilarli darajada oshgan. Pekin eng yirik tranzit shaharlardan biriga aylandi, Urumchi, Guanchjou va Sian bilan birgalikda Xitoy shaharlari umumiy tranzitlarning 20 foizdan ortig'ini tashkil etdi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi