O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga doir jazo kuchaytirildi
15-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yerlarni noqonuniy o‘zlashtirish va yer uchastkalarini ajratishdagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunni imzoladi. Ushbu qonun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasiga hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalarga o‘zgartirishlar kiritdi.Jarimalar miqdori oshdi
Yerning dastlabki egallanishi sodir etilganida:
- Fuqarolar uchun jarima: 25 BHMdan 30 BHMgacha oshirildi.
- Mansabdor shaxslar uchun jarima: 50 BHMdan 70 BHMgacha oshirildi.
Noqonuniy egallangan yerda qurilish ishlarini olib borganlik uchun:
- Fuqarolar uchun jarima: 150 BHMdan 200 BHMgacha oshirildi.
- Mansabdor shaxslar uchun jarima: 300 BHMdan 400 BHMgacha oshirildi.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi