2025-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston avtobuslarida naqd pul orqali yo‘l haqini to‘lash bekor qilinadi. Endilikda naqd pul bilan to‘lashni istagan yo‘lovchilar maxsus bir martalik chiptalarni sotib olishlari kerak bo‘ladi.
Bir martalik chiptalarni avtobus bekatlarida yoki ularga yaqin joylarda o‘rnatilgan to‘lov terminallari orqali sotib olish mumkin bo‘ladi.
Bank kartalari yoki mobil ilova orqali yo‘l haqini to‘laydiganlar uchun bir martalik yo‘l haqi tarifi 1700 so‘m qilib belgilangan. Shu bilan birga, qatnovlar soniga asoslangan yangi tariflar ham kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘zgarishlar to‘lov tizimini raqamlashtirish va jarayonlarni soddalashtirishga qaratilgan
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi