O'zbekiston
14 iyul
views175

2025-yilda yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarimalari qanchaga teng?

O‘zbekiston yo‘llarida yuzlab avtomatik kameralar ishlamoqda. Masalan, bugungi kunda birgina Toshkent shahrining o‘zida ularning soni 883 taga yetgan. Kameralar svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish, belgilangan tezlikni oshirish, rulda telefon orqali gaplashish va boshqa yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etadi. Haydovchi jarima to‘g‘risidagi xabarnomani, odatda, qoidabuzarlikdan so‘ng 3 kun ichida oladi. Jarimalar mavjudligini davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinet yoki maxsus mobil ilovalar (Road24, SafeRoad) orqali tekshirish mumkin.
article-image

Foto: cool-readers.ru

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi