O'zbekiston
14 oktabr
views2K

Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida yubormaslik tufayli jarima olish yoki qo‘shimcha to‘lovlar haqida ko‘plab muhokamalar paydo bo‘lmoqda. Ko‘pchilik iste’molchilar ko‘rsatkichlarni belgilangan muddatda taqdim etmaslik natijasida yuqori to‘lovlarga duch kelishmoqda. Quyida suv hisoblagich ko'rsatkichlarini yuborish jarayoni haqida batafsil ma’lumot beramiz.
article-image

Foto: kalin.cap.ru

Suv hisoblagich ko'rsatkichlarini yuborish

Kim suv ko'rsatkichlarini taqdim etishi kerak?

Ilgari suv ta'minoti inspektorlari xonadonlarga kelib, hisoblagich ko'rsatkichlarini o‘zlari yozib olishgan. Hozirda bu amaliyot deyarli to‘xtatilgan, endi har bir iste'molchi hisoblagich ko'rsatkichlarini o‘z vaqtida mustaqil taqdim etishi zarur. 

O‘zbekistonda elektr energiyasi qanchalik qimmat?

Ko‘rsatkichlarni taqdim etmaganda jarima hisoblanadimi?

Agar suv hisoblagich ko‘rsatkichlari belgilangan muddatda taqdim qilinmasa, avtomatik tizim to‘lovni ro‘yxatda turgan odamlar soniga asoslanib o‘rtacha miqdor bo‘yicha hisoblaydi. Bu jarima hisoblanmasa-da, haqiqiy iste’moldan ko‘ra ko‘proq to‘lov qilish xavfi oshadi. Masalan, yillik suv iste’moli 1000 tonnadan oshganda qarzdorlik paydo bo‘lishi ehtimoli bor. 

Ko‘rsatkichlar taqdim etilganda, to‘lovlar qayta hisoblanadi va kerakli tuzatishlar kiritiladi. Biroq, bu jarayon uchun suv ta’minoti kompaniyasiga shaxsan murojaat qilish, joyiga borib, barcha to‘lovlar va ko‘rsatkichlarni kvitansiyalar bilan tasdiqlash talab etiladi. Bu esa vaqt va qo‘shimcha harakat talab qiladi. 

Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi bir foydalanuvchi o‘z tajribasini quyidagicha bayon qilgan:

"Hisoblagich ko‘rsatkichlarini uzatmasdan kvitansiya orqali to‘lov qilar edim. Keyinchalik to‘satdan 840 ming so‘mlik qarzdorlik paydo bo‘ldi. Suv idorasiga borib, hisoblagichning suratini ko‘rsatdim. Ular har oy ko‘rsatkichlar berilmasa, boshqa raqamlar asosida hisob yuritishlarini aytishdi. Mening e’tirozimdan keyin qarzni joyida to‘g‘rilashdi. Endi har oy muntazam ravishda ko‘rsatkichlarni taqdim qilishga majburman."

Bunday muammolarni oldini olish uchun ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida taqdim etish va suv ta’minoti tashkiloti talablarini diqqat bilan kuzatish kerak.

Suv ko‘rsatkichlarini qachon yuborish kerak?

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, iste’molchi har oyda 23-25-sanalarida suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini taqdim qilish lozim. 

Shuningdek, iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar suv ta’minoti bo‘yicha oldindan to‘lov qilishlari kerak. Hisoblagich mavjud bo‘lmagan hollarda ham, to‘lovlar ro‘yxatda turuvchi odamlar soniga qarab amalga oshiriladi.

Hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborish usullari

Suv hisoblagichi ko‘rsatkichlarini taqdim etish uchun bir nechta usullar mavjud:

  • Telegram bot orqali — @uzsuvbot;
  • Suv ta'minoti kompaniyasining rasmiy saytidagi shaxsiy kabinet orqali;
  • Suv ta’minoti bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
  • Yagona portaldagi maxsus xizmat orqali.

Suv hisoblagichida yuboriladigan kubometr ko‘rsatkichlari dastlabki 5 ta katakda qora rang bilan yozilgan holda joylashgan bo‘ladi. Foto: santehshop77.ruSuv hisoblagichida yuboriladigan kubometr ko‘rsatkichlari dastlabki 5 ta katakda qora rang bilan yozilgan holda joylashgan bo‘ladi. Foto: santehshop77.ru

Oy oxirida ko‘rsatkichlarni uzatishda kompaniyaning rasmiy sayti sekin yuklanishi mumkin. Shu sababli, ko‘pchilik foydalanuvchilar telegram bot orqali ko‘rsatkichlarni yuborishni eng qulay usul sifatida ta’kidlashgan.

Botdan foydalanish uchun:

  1. @uzsuvbot so‘zini qidiruv satriga kiritib botni toping;
  2. Botga kirgandan so‘ng "Start" tugmasini bosing;
  3. Tilni tanlang;
  4. Hisob raqamingizni kiriting;
  5. Shundan so‘ng, skrinshotda ko‘rsatilgani kabi "xizmatlar" bo‘limini tanlang.
  6. Keyingi bo‘limda "suv o‘lchagich ko‘rsatkichini yuborish" xizmatini tanlab, hisoblagichdagi kubometr ko‘rsatkichlarini yuboring. 
@uzsuvbot orqali suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborish.
1/5
@uzsuvbot orqali suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborish.
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
2/5
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
3/5
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
4/5
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
5/5

Agar siz suv hisoblagichi ko‘rsatkichlarini sayt orqali yuborishni afzal ko‘rsangiz: buning uchun O‘zsuvtaminotning rasmiy saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘ting. Agar sizda shaxsiy kabinet ochilmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish havolasi orqali hisob raqamingizni kiritib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Hisob raqamini kiritganingizdan so‘ng, sizga SMS orqali parol yuboriladi va u orqali shaxsiy kabinetga kirasiz. Agar telefon raqamingiz hisobingizga bog‘lanmagan bo‘lsa, kabinetga kira olmaysiz.

Shundan so‘ng, suv hisoblagichi ko‘rsatkichlarini har oyda quyidagi skrinshotlarda ko‘rsatilganidek, sayt orqali yuborishingiz mumkin:

O‘zsuvtaminotning rasmiy sayti orqali suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborish.
1/5
O‘zsuvtaminotning rasmiy sayti orqali suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini yuborish.
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
2/5
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
3/5
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
4/5
Suv ko'rsatkichlarini taqdim etmaslik qanday muammolarga olib keladi?
5/5

Shuningdek, kvitansiyada berilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib suv hisoblagichi ko‘rsatkichlarini berishingiz mumkin. Bu usul internetga kirish imkoni yo‘q foydalanuvchilar uchun to‘g‘ri keladi.

Elektr muammosidan qanday qutulish mumkin?

Xulosa

Suv hisoblagichlarini o'z vaqtida taqdim etmaslik kutilmagan moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin. To'lovlar va ma'lumotlarni sozlash bilan bog'liq muammolarni oldini olish uchun mavjud usullardan biri yordamida o'qishni muntazam va o'z vaqtida o'tkazish tavsiya etiladi. Bu nafaqat mumkin bo'lgan qarzlardan qochishga imkon beradi, balki suv iste'molini to'g'ri hisobga olishni ham ta'minlaydi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi