Shengen vizasi qanday olinadi?
Shengen vizasi nima?
Shengen vizasi — bu yagona viza bo‘lib, Shengen hududiga kirish huquqini beradi va chegarada pasport-viza nazoratini yengillashtiradi. Shengen vizasi quyidagi huquqlarni beradi:
- Shengen kelishuvi davlatiga kirish. Bu davlatlarning barchasida kiruvchilar uchun talablar bir xil.
- Shengen kelishuvi davlatida vizada ko‘rsatilgan vaqt davomida bo‘lish.
- Shengen kelishuvi davlatlari bo‘ylab to‘sqinliksiz sayohat qilish. Ular orasida chegara nazorati yo‘q, har qanday davlat fuqarolari o‘zaro chegaralarni ixtiyoriy joyda kesib o‘tishlari mumkin.
Shengen vizasi qayerda amal qiladi?
Ko‘pchilik Yevropa Ittifoqi va Shengen zonasini aralashtirib, barcha Yevropa davlatlarida yagona viza amal qiladi deb o‘ylaydi. Biroq, Shengen kelishuvi ko‘plab Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan qabul qilingan bo‘lsa-da, Irlandiya va Kipr unga kirmaydi. Shu bilan birga, Islandiya, Norvegiya, Shveytsariya va Lixtenshteyn kabi Ittifoqqa a'zo bo‘lmagan davlatlar ham Shengen zonasiga kiradi. Shengen vizasi hozirda 29 davlatda amal qiladi.
Monako, Vatikan va San-Marino vizaviy rejim bo‘yicha Fransiya va Italiya qismlari hisoblanadi. Shuning uchun Shengen vizasi bilan bu davlatlarga Fransiya va Italiya hududidan kirishingiz mumkin.
Shengen olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Mamlakat | Qayerga murojaat qilish kerak |
Latviya* | VFS Global viza markazi |
Litva | |
Avstriya | |
Lixtenshteyn | |
Finlyandiya | |
Xorvatiya | |
Shveytsariya | |
Shvetsiya | |
Estoniya | |
Fransiya* | VFS Global yoki TLScontact viza markazlari |
Belgiya | |
Islandiya | |
Lyuksemburg | |
Niderlandiya | |
Portugaliya | |
Italiya* | Italiyanning Toshkentdagi elchixonasi |
Gretsiya | |
Malta | |
Norvegiya | |
Sloveniya | |
Ispaniya | BLS International viza markazi |
Vengriya | |
Daniya | |
Slovakiya | |
Chexiya | Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasi |
Germaniya | Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi yoki Visametric hamkor viza markazi |
Ruminiya* | Ruminiyaning Toshkentdagi elchixonasi |
Polsha | Viza arizasi Polsha Respublikasi konsulligiga belgilangan kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha topshiriladi |
*Ruminiya va Bolgariya Shengenga qisman kiritilgan — chegara nazorati faqat aeroportlar va suv portlarida bekor qilingan, quruqlikdagi nazorat esa davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi qarori bilan yilning oxirida cheklovlar bekor qilinishi mumkin.
*Fransiya elchixonasi orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Islandiya, Portugaliya hujjatlar topshiriladi.
*Latviya elchixonasi orqali Litva, Shveytsariya va Lixtenshteynga hujjatlar topshiriladi.
*Italiya elchixonasi orqali Norvegiya, Sloveniya va Maltaga hujjatlar topshiriladi.
Viza olish jarayoni har bir davlatda o‘ziga xos. Misol uchun, Belgiya kabi ayrim mamlakatlar hujjatlarni faqat avval hamkor viza markazi tomonidan ko‘rib chiqilgach qabul qiladi. Italiya esa hech qanday viza markazi bilan hamkorlik qilmaydi va hujjatlar elchixonaning viza bo‘limiga topshiriladi.
Ko‘pchilik Shengen vizasini olish osonroq bo‘lgan mamlakatlar konsulligiga murojaat qilishni afzal ko‘radi. O‘zbekistonliklarning sharhlari bo‘yicha Shengen vizasini olishda eng yaxshi imkoniyatni taqdim etuvchi 6 davlat mavjud: Latviya, Litva, Polsha, Sloveniya, Slovakiya va Chexiya. Lekin mavjud statistikaga ko‘ra, vizani olishda eng past rad etilish foiziga ega bo‘lgan davlatlar quyidagilar:
- Bolgariya - 3.30%
- Ruminiya - 4.30%
- Vengriya - 8.30%
- Latviya - 8.40%
- Italiya - 8.90%
Ya'ni bu davlatlarga Shengen vizasini olish imkoniyati yuqoriroq.
Vizani olgandan so‘ng, uni bergan mamlakatingizga tashrif buyurish tavsiya etiladi, aks holda keyingi safar ushbu mamlakat vizani yangilamasligi mumkin. Agar ta'tilingizni ikki davlat o‘rtasida teng bo‘lib o'tkazmoqchi bo'lsangiz, vizani olish osonroq va tezroq bo‘lgan mamlakatning konsulligiga murojaat qiling.
Quyida eng ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha ma'lumot keltirilgan:
Latviya va Litva
- Xususiyatlar: Latviya va Litva — Boltiqbo‘yi davlatlar. Ular sayyohlarga layoqatli hisoblanadi. Moliyaviy kafolatlar va safar maqsadiga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Agar uzoq muddatli qolish yoki ish bilan shug‘ullanish rejalashtirilsa, qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.
Polsha
- Xususiyatlar: Polsha o‘zbekistonlik turistlar orasida mashhur. Moliyaviy kafolatlar va safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Polshaga ariza va hujjatlarni onlayn emas faqat shaxsan kelib topshirish mumkin.
Chexiya
- Xususiyatlar: Chexiya ko‘pincha mehmonxona bron qilganlik va safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Chexiya Respublikasining elchixonasi, agar safarning asosiy maqsadi faqat Chexiya Respublikasi hududida bo‘lsagina, Shengen vizasi uchun arizalarni ko‘rib chiqadi.
Germaniya
- Xususiyatlar: Germaniya sayohat qilish uchun eng mashhur davlatlardan biri. Vizaga oid talablar qat'iy, moliyaviy kafolatlar va safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Agar xususiy tashrif rejalashtirilsa, qabul qiluvchi tomondan taklifnoma talab qilinadi.
Italiya
- Xususiyatlar: Italiya mehmonxona bron qilganlik va safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Agar uzoq muddatli qolish yoki o‘qish rejalashtirilsa, qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.
Fransiya
- Xususiyatlar: Fransiya dunyodagi eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan davlatlardan biri. Vizaga oid talablar qat'iy, moliyaviy kafolatlar va safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Kengaytirilgan tibbiy sug‘urta kabi qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.
Ispaniya
- Xususiyatlar: Mehmonxona bron qilganlik va safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarga katta e'tibor beriladi.
- Qo‘shimcha talablar: Agar ishlash yoki ko‘ngillilik faoliyati bilan shug‘ullanish rejalashtirilsa, qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.
Bolgariya
- Xususiyatlar: Vizaga oid talablar nisbatan yumshoqroq.
- Qo‘shimcha talablar: Agar uzoq muddatli qolish rejalashtirilsa, qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi. O‘zbekistonliklar Bolgariyaga ko‘pincha tur paketlar orqali boradilar.
Shengen hududida qancha vaqt qolish mumkin?
Sayyoh Shengen zonasida 180 kun ichida maksimal 90 kun bo‘lishi mumkin.
Misol uchun: bir yil muddatli ko‘p martalik Shengen vizasi bilan 1-yanvardan 10-fevralgacha Ispaniyada sayohat qilsangiz — jami 41 kun bo‘ladi. Keyin 1-aprelda uch oyga Fransiyaga bormoqchi bo‘lsangiz, Shengen zonasining qoidalariga ko‘ra, u yerda faqat 49 kun qolishingiz mumkin, chunki umumiy Shengen zonasidagi kunlar soni avvalgi sayohat bilan birga jami 90 kunni tashkil qiladi.
Shengen vizasining turlari
- C turdagi Shengen vizasi: Odatda shengen vizasi deb C turdagi vizani tushuniladi. Ushbu vizani olishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: turizm, yaqin qarindoshlarni ziyorat qilish va qisqa muddatli davolanish. C turdagi Shengen vizasi bir martalik, ikki martalik va ko‘p martalik kirishlar uchun berilishi mumkin. Ko‘p martalik kirish uchun mo‘ljallangan viza «multiviza» deb ataladi.
- Bir martalik kirish vizasi — ma'lum bir safar uchun beriladi va uning amal qilish muddati kirish va chiqish sanalari bo‘yicha belgilanadi. Bu muddat 3 kundan 10 kungacha yoki hatto 55 kungacha bo‘lishi mumkin.
- Shengen multivizasi — Shengen hududiga cheklanmagan marta kirishga imkon beradi, ammo unda yarim yil ichida jami 90 kundan ortiq qolish mumkin emas. Standart amal qilish muddati chorak yil, yarim yil, bir yil, ikki yil, uch yil, to‘rt yil yoki besh yil bo‘lishi mumkin.
- D turdagi Shengen vizasi: D turdagi vizasi — milliy viza bo‘lib, 90 kundan ortiq muddatga beriladi. Bu turga ish va o‘quv vizalari kiradi.
- A turdagi Shengen vizasi: A turdagi vizalar tranzit vizalaridir. Ular, masalan, Iroq, Afg‘oniston, Eritreya kabi noqulay ahvoldagi davlatlar fuqarolariga beriladi. Bu viza ularga Shengen zonasidagi davlatlarning xalqaro aeroportlarida bo‘lishga imkon beradi.
Shengen vizasi qancha turadi?
2024-yil 11-iyundan boshlab, 12 yoshdan katta ariza beruvchilar uchun C turdagi viza yig‘imi 90 yevroni tashkil etadi. Bu majburiy to‘lov vizaning o‘ziga tegishli.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun vizaviy yig‘im odatda 45 yevroni tashkil qiladi. Biroq, istisnolar ham mavjud. Masalan, Gretsiya 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardan yig‘im olmaydi.
Agar hujjatlarni konsullikda emas, balki vizaviy markazda topshirsangiz, viza markazining xizmat yig‘imini ham to‘lashingiz kerak. Har bir vizaviy markaz uchun xizmatlarning narxi turlicha. Ko‘pincha xizmat yig‘imi 45 yevrodan oshmaydi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, Yevropa Ittifoqi va Shveytsariya fuqarolarining yaqin qarindoshlari viza yig‘imini to‘lamaydi.
Valyutalar konverteri
Boshqa imtiyozli toifalar ham mavjud. Odatda, ular quyidagilar:
- Maktab o‘quvchilari, talabalar, aspirantlar va ularni kuzatib boruvchi o‘qituvchilar, o‘qish yoki o‘quv amaliyotiga ketayotganlar.
- Yevropada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar.
- Nodavlat tashkilotlari vakillari 25 yoshgacha bo‘lsa — agar ular seminarlar, konferensiyalar, sport, madaniy va ta'lim tadbirlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa.
- Ayrim davlatlar nogironlar, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va boshqa imtiyozli toifalarni yig‘imdan ozod qilishi mumkin.
Shengenga hujjatlarni qachon topshirish kerak?
Vizani rasmiylashtirishni safar boshlanishidan olti oydan erta va 15 kundan kech bo‘lmasligi lozim. Turistik shengen vizasi arizasi odatda 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi, lekin qo‘shimcha tekshiruv talab etilsa, bu muddat 45 kun va undan ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin.
Shuni yodda tutingki, elchixonalar va konsulliklar nafaqat O‘zbekiston bayramlarida, balki o‘z milliy bayramlarida ham dam olishadi. Shuningdek, pasportingizni yetkazib berish uchun bir kundan to‘rt kungacha vaqt ketishi mumkin.
Shengen vizasini olish uchun hujjatlar
Shengen hududidagi barcha davlatlar uchun hujjatlar ro'yxati bir xil, lekin har bir elchixona talablarni yumshatishi yoki kuchaytirishi mumkin. Hujjatlar ro'yxati sayohat turiga bog'liq. Eng ko'p tarqalgan viza — turistik vizani olish uchun qanday hujjatlar kerakligini ko'rib chiqamiz:
- Viza olish uchun ariza (anketa). Eng muhim hujjat. Ariza elektron yoki qog'oz shaklida bo'lishi mumkin. Arizani lotin harflarda to'ldirish kerak. Faqat haqiqatni yozish muhim. So‘rovnomaning oxirgi sahifasida imzo qo‘yiladi.
- Xorijga chiqish pasporti: Pasport sayohat boshlanadigan kundan kamida 3 oy davomida amal qilishi kerak va unda viza bosiladigan yetarli bo‘sh sahifalar bo‘lishi lozim. Ba'zi elchixonalar avvalgi vizalarning fotosurat yoki nusxalarini taqdim etishni talab qilishi mumkin.
- Fotosuratlar: 2 dona rangli (3,5x4,5 sm) fotosurat, elchixona rasmiy saytidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
- Tug‘ilganlik guvohnomasi: Asl va notarial tasdiqlangan nusxa taqdim etilishi kerak.
- Nikoh guvohnomasi va oila a'zolarining pasport nusxalari: Turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarning pasport nusxalari.
- Ish joyidan ma'lumotnoma:
- Ma'lumotnoma firmasining rasmiy blankida, muassasa/ish beruvchining manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda taqdim etilishi kerak.
- Ma'lumotnoma tashkilot rahbari va bosh buxgalter yoki kadrlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanishi kerak.
- Egallab turgan lavozimi, so‘nggi 6 oy uchun oylik maoshi ko‘rsatilgan.
- Mehnat daftarchasi yoki pensiya daftarchasi: Asl va birinchi sahifaning nusxasi, shuningdek, mehnat ta'tili yoki xizmat safarini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
- Moliyaviy mablag‘lar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar:
- Bankdan har bir kishi uchun kamida 2 000 dollar mavjudligi haqida ma'lumotnoma.
- Shengen hududida kunlik o‘rtacha xarajatlar uchun yetarlicha mablag‘ mavjudligi, taxminan har kuni 40 yevrodan boshlanadi.
- Tibbiy sug‘urta: Sayohat kunlari davomida amal qiluvchi sug‘urta, sug‘urta qoplamasi kamida 30 ming yevro miqdorida bo‘lishi zarur.
- Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat: Mehmonxona bron qilish hujjati, unda ism-sharifingiz, kelish-ketish vaqtlari, manzil va to‘lovlar aniq ko‘rsatilgan.
- Qaytish maqsadi: Borish-kelish aviachiptalari yoki shaxsiy avtomobilida sayohat qilayotganlar uchun sug‘urta polisi va yo‘nalish marshruti taqdim etilishi zarur.
Bolalar bilan sayohat qilayotgan shaxslar uchun zarur hujjatlar ro‘yxati:
- Otasi yoki onasining notarial tasdiqlangan roziligi: Agar bola ota-onaning biri bilan sayohat qilayotgan bo‘lsa, bu hujjat talab qilinadi.
- Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi.
- Ta'lim muassasasidan hujjatlar: Bolaning ta'tilda ekanligi haqida ma'lumotnoma.
- Bolaning surati.
- Bolaning xarajatlarini qoplash bo‘yicha ota-onadan sponsorlik xati.
Turizm firmaso tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar:
- Turizm agentlikdan kafolat xati.
- Qabul qiluvchi tomondan taklifnoma va tur dasturi: Faks orqali elchixonaga yuboriladi.
- Avia chiptalar va mehmonxona bronlari.
- Tibbiy sug‘urta: Sug‘urta qoplamasi kamida 30 ming yevro miqdorida bo‘lishi kerak.
Hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan bo‘lishi kerak. Hujjatlarni ko‘rib chiqish va vizani olish muddati: 10 ish kunidan boshlanadi. Shengen vizasini olishda biometrik ma'lumotlar (barmoq izlari va fotosurat) olinadi va Viza axborot tizimi (VIS)ga joylashtiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardan biometrik ma'lumotlar olinmaydi.
To‘liq bo‘lmagan hujjatlar yoki xatolar arizangizning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun barcha kerakli hujjatlarni ariza bilan birga topshiring. Arizani topshirmasdan oldin chet eldagi vakolatxonaga hech narsa yubormang. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy ma'lumotlaringizni to‘g‘ri kiritganingizga ishonch hosil qiling.
Viza olganda nimalarni tekshirish kerak?
Shengen vizasi bosilgan pasportingizni qo‘lingizga olganingizdan so‘ng quyidagilarni tekshirib olish kerak:
- Fotosurat.
- Ism va familiya (surname, name) to‘g‘ri yozilganmi.
- Viza turi (type of visa). Bu siz murojaat qilgan vizaga mos kelishi kerak: C — qisqa muddatli bo‘lish uchun, D — uzoq muddatli bo‘lish uchun milliy viza.
- Vizaning amal qilish boshlanish va tugash sanalari (from, to). Bu muddat Shengen zonasiga kirish va u yerda bo‘lish mumkin bo‘lgan davrdir. U sizning safar muddatiga mos kelishi yoki undan ko‘proq bo‘lishi kerak.
- Mamlakat ichida qolish muddati (duration of stay). Bu sizning Shengen zonasida qancha kun bo‘lishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.
- Kirishlar soni (number of entries). Quyidagi variantlar mavjud: 01 — bir martalik kirish, 02 — ikki martalik kirish, MULT — vizaning amal qilish muddati davomida Shengen zonasiga cheksiz kirish. Agar Shengen zonasida bo‘lish muddati 90 kun bo‘lsa, kirishlar soni MULT bo‘lishi kerak.
- Viza amal qiladigan hudud (valid for). Odatda bu yerda vizani bergan davlat tilida «Shengen davlatlari» deb yoziladi. Ammo ba'zi hollarda faqat viza bergan davlat ko‘rsatilishi mumkin.
Agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, darhol vizaviy markaz yoki konsullik mutaxassisiga xabar bering. Ular qanday qilib xatoni tuzatishni aytadi.
Viza olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?
Viza olish imkoniyatini oshirish yo‘llari:
- Yillik tibbiy sug‘urta sotib olish. Bu, birinchidan, yanada foydali bo‘ladi, ikkinchidan, sizning multiviza olish imkoniyatingizni oshiradi.
- Uyga qaytishni rejalashtirayotganingizni isbotlash. Agar nomingizda mashina, kvartira, dala hovli yoki yer kabi mol-mulklar mavjud bo‘lsa, vizaviy markazga ushbu mulk hujjatlarining nusxalarini olib boring.
- Eski xorijiy pasportlarni qo‘shish. Hujjatlar to‘plamiga eski xorijiy pasportlaringizning vizalar bilan nusxalarini qo‘shing. Agar siz boshqa davlatlarga ko‘p va muntazam ravishda tashrif buyurib, vizaviy rejimni buzmagan bo‘lsangiz, viza olish imkoniyatingiz ko‘proq bo‘ladi.
Viza rad etilsa nima qilish kerak?
Viza rad etilsa, yig‘im qaytarilmaydi. Rad etish sabablari esa bildirishnomada ko‘rsatiladi. Arizachi ushbu bildirishnomani olgan kundan boshlab bir oy ichida apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
- Arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek, bog‘lanish va xabar yuborish uchun aloqa ma'lumotlari.
- Qaror bilan bog‘liq bildirilgan norozilik va uning sabablari.
- Ariza topshirilgan joy, sana va arizachi shaxsiy ma'lumotlari.
- Ma'muriy organ manzili.
- Qonun doirasida belgilangan boshqa zarur ma'lumotlar.
Apellyatsiya arizachining o‘zi yoki uning rasman vakolatli vakili tomonidan shaxsan topshirilishi va imzolanishi kerak.
Xulosa
- Viza turli maqsadlarda beriladi va bir nechta turlarga bo‘linadi. Agar qanday turdagi viza kerakligini tushunmasangiz, konsullikka yoki viza markaziga murojaat qiling.
- Vizani oldindan rasmiylashtiring, lekin muddat safar boshlanishidan olti oydan erta va 15 kundan kech bo‘lmasligi kerak.
- Hujjatlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
- Konsullik xodimi safar maqsadi, moliyaviy holat va hayotning boshqa jihatlari haqida qo‘shimcha savollar berishi mumkin, bunga tayyor bo‘ling.