Investitsiya
4 iyun
ico3K

Kriptovalyuta harom deb topilgan kunidayoq bu hukm bekor qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, kriptovalyutalar shariat talablariga rioya etmaydi.
article-image

Foto: xabar.uz

Fatvo markazi "Kriptovalyutalar savdosi joizmi?" degan savolga quyidagicha javob bergan:

Bismillahir Rohmanir Rohim. "Bitkoin" elektron pullari, ya'ni, kriptovalyutalar aniq davlat tomonidan tan olinmagan va ularning narxi keskin o‘zgaruvchan. Bu pullar internet orqali aylanib, haqiqiy mavjudlikka ega emas. Ular oltin yoki kumush kabi qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan. Foydalanuvchilar o‘zlari internet orqali ishlab chiqaradi. Shu sababli, maynerlik orqali pul topish ham bitkoinlarning o‘zidik haromdir.

Fatvoda aytilishicha, faqat elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan "raqamli pullar" shariat talablariga mos kelsa, ulardan foydalanishning hukmi o‘zgarishi mumkin. Lekin hozircha, musulmonlar bu pullar bilan savdo qilmasliklari kerak.

Bundan avvalroq Fatvo markazi kriptovalyutani ishlab chiqarish ham shariatga zid deb aytgan edi:

Bismillahir Rohmanir Rohim. "Bitkoin" elektron pullari, ya'ni, kriptovalyutalar aniq davlat tomonidan tan olinmagan va ularning narxi keskin o‘zgaruvchan. Bu pullar internet orqali aylanib, haqiqiy mavjudlikka ega emas. Ular oltin yoki kumush kabi qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan. Foydalanuvchilar o‘zlari internet orqali ishlab chiqaradi. Shu sababli, maynerlik orqali pul topish ham bitkoinlarning o‘zidik haromdir.

Biroq, keyinchalik, Fatvo markazi kriptovalyutalar savdosiga oid bayonotning ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotsizlik oqibatida e'lon qilinganini ma'lum qildi. Fatvo markazi direktori va uning o‘rinbosarlari hozirda Haj safarida bo‘lganligi sababli, ushbu masala bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hali yakuniga yetmaganini ta'kidladilar.

Fatvo markazi ma'lum qilishicha, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari davom etmoqda. Tadqiqotlar nihoyasiga yetgach, kriptovalyutalar haqidagi yakuniy fatvo qayta ko‘rib chiqilib, e'lon qilinadi

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi