Smartfonni UzIMEI ro‘yxatidan o‘tkazishda qanday o'zgarishlar bo'ldi?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son “O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish choralari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi joriy etildi. Mazkur tizim mobil qurilma egalarining huquqlarini himoya qilish, ularning noyob identifikatsiya kodlarini to'g'riligini tekshirish, shuningdek, xalqaro standartlarga javob bermaydigan sifatsiz qurilmalar savdosining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, IMEI-kodlarni ro'yxatdan o'tkazish telefon o'g'irliklariga qarshi kurashish va kontrafakt qurilmalarni kuzatishda muhim ahamiyatga ega.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi