Issiq suv va issiqlik uchun eski narxlarda to‘lash uchun so‘nggi kun qoldi
Ertadan boshlab Toshkentda issiqlik va issiq suv ta’minoti uchun tariflar 15 foizga oshadi. Ammo bugun, 15-noyabrgacha, avans to‘lovini amalga oshirganlar eski tariflarda to‘lov qilish orqali tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tariflar qanchaga o'zgardi?
Xizmat turi | 15 - noyabrgacha | 15 - noyabrdan keyin |
Issiqlik ta’minoti (kuniga m² uchun) | 182,56 so‘m | 209,94 so‘m |
Suv, agar hisoblagich bo‘lsa (m³) | 6 751,36 so‘m | 7 764,06 so‘m |
Suv, agar hisoblagich bo‘lmasa (1 kishi uchun) | 39 548,88 so‘m | 45 481,21 so‘m |
Bugun to‘lov qilganlar uchun tejash imkoniyati
Masalan, 50 kv.m maydonli uy uchun 5 oy hisob-kitobi:
- Yangi tarif bo‘yicha oylik to‘lov: 314 910 so‘m
- Eski tarif bo‘yicha oylik to‘lov: 273 840 so‘m
- Oylik tejaladigan mablag‘: 41 070 so‘m
- 5 oy davomida umumiy tejaladigan mablag‘: 205 350 so‘m
Avans to‘lovini sizga qulay bo‘lgan ilova yoki telegram bot orqali amalga oshirish mumkin.
Tariflar oshishining sababi nimada?
"Veolia Energy Tashkent" kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, tariflarning oshirilishi gaz va elektr energiyasi narxining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. 2023-yilda energiya resurslari narxi bir necha barobarga oshgani bois, qo‘shimcha xarajatlarni qoplash zarurati tug‘ildi.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi