Sun'iy intellekt va ChatGPT haqida ma’lumot
Sun'iy intellekt (AI) - bu, savollarga javob berish, tasvirlar yaratish, matn yozish, ma'lumotlarni qayta ishlash va ma'lumotni tahlil qilish kabi turli vazifalarni bajarishga qodir kompyuter tizimi. U inson miyasining ishlashiga taqlid qiluvchi neyron tarmog'idan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Sun'iy intellekt (AI) so'nggi bir necha yil ichida eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Qo'shma Shtatlar va Xitoy kabi mamlakatlar hukumatlari va kompaniyalari sunʼiy intellekt texnologiyalari imkoniyatlarini birinchilardan boʻlib tushunib, ularni rivojlantirishga sarmoya kiritishdi. Bu OpenAI ning ChatGPT kabi mashhur mahsulotlarga, shuningdek, yuzni aniqlashda Xitoy texnologiyalarining ustunligiga olib keldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ham sun’iy intellekt natijalari qo‘llaniladigan davlatlar qatoriga kiradi. Sun'iy intellekt tizimlari orasida eng mashhuri bu ChatGPT tizimidir. Biz sizga bu chatdan qanday qilib foydalanishni boshlashni, shuningdek, biznes jarayonlaringizni yaxshilash uchun qanday foydalanishingiz mumkinligini aytib beramiz.
O‘zbekistonda Chat GPT ishlaydimi?
ChatGPT neyron tarmog‘i 2023-yil boshidan O‘zbekistondan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi.
ChatGPT sun’iy intellektdan foydalangan holda so‘rovlarga javoban matnli materiallar: maqolalar, insholar, hazillar va hatto oddiy programma kodini yozishi mumkin.
Bu neyron tarmoq 2022-yil oxirida paydo bo‘lgan. Fevral oyida OpenAI ilovasi ishga tushirilgandan keyin ikki oy ichida uni 100 million foydalanuvchilar qo‘llay boshladi. Natijada OpenAI tarixdagi eng tez rivojlanayotgan ilovaga aylandi.