Texnologiyalar
17 aprel
views443

Dunyodagi eng tejamkor konditsioner taqdim etildi

article-image

Foto: Yandex.ru

Elektr energiyasi tariflari oshib borayotgan bir sharoitda, Xiaomi kompaniyasi bunga o‘ziga xos yechim taklif qilmoqda: Mijia Air Conditioner Pro – bu shunchaki yangi konditsioner emas, balki energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishga qodir aqlli qurilma. U nafaqat havo oqimini shiftga yo‘naltirib yoqimsiz yelvizakning oldini oladi, balki xonadagi odamlarni ikkita innovatsion mmWave radarlari yordamida aniqlaydi va APF 5,65 ko‘rsatkichi bilan yiliga 361 kVt·soatgacha elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Bu yangilik, ayniqsa, O‘zbekistonda 1-maydan boshlab elektr energiyasining bazaviy tarifi 33,3 foizga oshishi va kelgusida yillik indeksatsiya joriy etilishi fonida dolzarblik kasb etmoqda.

O‘zbekistonda tariflar qanday o‘zgarmoqda?

Eslatib o‘tamiz, 1-maydan boshlab aholi uchun dastlabki 200 kVt·soat elektr energiyasi narxi har kVt·soat uchun 450 so‘mdan 600 so‘mga (+33,3 %) oshiriladi. Oyiga 201 dan 500 kVt·soatgacha iste’mol uchun esa 800 so‘mlik yangi stavka belgilanadi. Iqtisodchilarning fikricha, bu o‘zgarish yillik inflatsiya darajasiga qariyb ikki foizlik punkt qo‘shishi mumkin. Shuningdek, hukumat qarori bilan tariflarning har yili rasmiy inflatsiya darajasi doirasida (lekin 10% dan oshmagan holda) indeksatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi