Avto
7 aprel
views2K

Sotib olinadigan mashinani tekshirish bo'yicha maslahatlar

Qo’ldan avtomobil sotib olishdan oldin nimalarni tekshirish kerak?
article-image

Foto: rolf-service.ru

Salonda yangi avtomobilni sotib olayotganingizda, uni har tomonlama tekshirishingiz talab qilinmaydi, chunki yangi mashina uchun dilerlar garantiya taqdim etadi. Ammo agar avtomobilni ikkilamchi bozordan, qo‘ldan sotib olayotgan bo‘lsangiz, shartnomani imzolashdan va mashina to‘lovini amalga oshirishdan oldin uni to‘liq tekshirish tavsiya etiladi. Aks holda, texnik yoki huquqiy muammolari bo‘lgan avtomobilni sotib olishingiz mumkin. Aldanib qolmaslik va mashina yaxshi holatda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun nima qilish kerak? Sizni himoya qilish uchun asosiy maslahatlarni to‘pladik.

Avtomobil hujjatlarini tekshirish

Tekshiruv davomida birinchi navbatda quyidagi hujjatlarni tekshiring: avtomobil pasporti (texpasport) va sotuvchining pasporti.

Texpasport. 2023-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda ro‘yxatga olish guvohnomalari ID-karta formatidagi elektron hujjatlarga almashtirildi. Ushbu takomillashtirish avtomobil hujjatlarini va tarixini tekshirish jarayonini qulay va xavfsiz qiladi. 

Avtomobil texpasporti va tarixini onlayn tekshirish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

1-qadam: Havola orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali veb-saytiga o‘ting.

2-qadam: "Transport" bo‘limini tanlang.

3-qadam: “Avtomobil tarixi” haqida ma’lumotnoma berish bo‘limida avtomobilingizning VIN kodini yoki shassi raqamini kiriting.

4-qadam: "Tekshirish" tugmasini bosing.

Shundan so‘ng, avtomobil haqida barcha kerakli ma’lumotlarni olasiz, jumladan egasi, modeli, ishlab chiqarilgan yili, rangi, motor va kuzov raqami, shuningdek, cheklovlar mavjudligi ham ma’lumotnoma ko‘rinishida sizga taqdim etiladi. 

Bu xizmat 2024 - yilning aprel oyida 30600 so‘mni tashkil qilmoqda. Kelishgan holda xizmat narxini o‘zingiz yoki sotuvchi to‘lashi mumkin.

VIN kodi, korpus va motor raqamlari va boshqa ma’lumotlar barcha hujjatlar va texpasportda bir xil bo‘lishi kerak. 

Sotuvchining pasporti. Texpasportdagi mashina egasining to‘liq ismi sotuvchining pasportdagi ma’lumotlariga mos kelishini tekshiring. Agar sotuvchi mashina egasining akasi, do‘sti yoki tanishi ekanligini aytsa, ehtiyot bo‘ling. U past sifatli mashinalarning savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy sotuvchi bo‘lishi mumkin. Bunday ishbilarmonlar yomon holatda mashinani bozor narxidan past narxda yo'l-transport hodisasidan keyin yoki bir necha yuz ming kilometr masofani bosib o‘tgandan keyin sotib olishadi. Keyin iloji boricha arzonroq ta’mirlab, yurgan mashina masofasini qisqartirib, yaxshi mashina narxida sotishga harakat qilishadi.

Ma’lumotlar bazasi orqali tekshirish

Dastlabki bosqichda mashinani qo‘ldan sotib olayotgan bo‘lsangiz, uning taqiqlarini yagona portal yordamida tekshirish mumkin. Bu xizmat bepul. Lekin, avtotransport vositasi uni tekshirayotgan shaxs nomida bo‘lishi muhimdir. Ishonchnoma asosida bu xizmatdan o‘zingiz foydalana olmaysiz. Shu sababli sotuvchidan ushbu xizmatdan foydalanib, sizga natijani ko'rsatishni so‘rashingiz mumkin.

Mashinani tekshirish uchun nimalardan foydalansa bo’ladi?

Qalinlik o‘lchagich - bu asbob bo‘yoq qatlamining qalinligini ko‘rsatadi. Haddan tashqari qalin bo‘yoq qoplami yo'l-transport hodisasining bilvosita belgisi bo‘lishi mumkin. Zavod bo‘yog‘i qayerda qanday qalinlikda bo‘lishi kerakligini tushunish uchun tanlangan modelingiz to‘g‘risidagi ma’lumotni salonda yoki internetda oldindan o‘rganib chiqing. 

Alohida elementlarning rangiga e’tibor bering. Agar ranglar orasida farq bo‘lsa, mashina qayta bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Plastmassa va metall elementlar orasidagi ozgina rang farqi o‘rta va past toifadagi avtomobillar uchun norma hisoblanadi.

Bo‘yoq sirtini barmoqlaringiz bilan paypaslab chiqing. Zavodda bo‘yalgan sirt silliq bo’ladi, qayta bo‘yalgan sirt esa apelsin qobig‘i kabi qo‘pol va qavariq bo‘ladi.

Agar qalinlik o‘lchagichni ishlatishni bilmasangiz yoki model to‘g‘risida ma’lumot topolmasangiz, avtomobilni servisga olib borganingiz ma’qul, u yerda texnik qalinlik o‘lchagich yordamida bo‘yoq ishlarini tekshiradi.

Qalinlik o‘lchagichni kalibrlash va perpendikulyar ravishda qo‘llash kerak. Foto: rtek24.ruQalinlik o‘lchagichni kalibrlash va perpendikulyar ravishda qo‘llash kerak. Foto: rtek24.ru

Yana bir tekshirish uchun kerakli asbob - qo’l chirog’i. Qo'l chirog'ini dvigatel bo'linmasini yoki kuzovning alohida qismlarini yaqqolroq ko'rish uchun ishlatishingiz mumkin

Avtomobilni qayerda tekshirgan ma’qul?

Avtomobilni toza, tabiiy yorug‘lik bor joyda va ochiq havoda tekshirish kerak. Yorug‘ joyda siz bo‘yoq ishlaridagi kamchiliklarni, avariya izlarini va kuzovning egriliklarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Xira sun’iy yorug‘lik ostida va qorong‘i garajda avtomobilni tekshirsangiz xavfli kamchiliklarni osongina o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Avtomobil iflos bo‘lsa, sotuvchidan uni yuvishini, hech bo‘lmaganda artib chiqishni so‘rang. Yashiradigan joyi bo‘lmasa, sotuvchi bunga qarshi bo‘lmaydi.

Agar mashina tor va qorong‘i to‘xtash joyiga qo‘yilgan bo‘lsa, sotuvchidan uni keng va yaxshi yoritilgan joyga ko‘chirib o‘tishni so‘rang. Suratdagi kabi avtoturargohda yorug‘lik yetarli emas. Foto: auto.onliner.byAgar mashina tor va qorong‘i to‘xtash joyiga qo‘yilgan bo‘lsa, sotuvchidan uni keng va yaxshi yoritilgan joyga ko‘chirib o‘tishni so‘rang. Suratdagi kabi avtoturargohda yorug‘lik yetarli emas. Foto: auto.onliner.by

Kuzovni tekshirish

Kuzov - avtomobilning asosiy elementlaridan biridir. Sizning xavfsizligingiz uning holatiga bog‘liq. Jiddiy yo'l-transport hodisasi sodir bo‘lsa, tiklangan kuzov qanday holatga kelishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Lekin, faqat biriktirilgan elementlari shikastlangan kichik yo'l-transport hodisasi kuzov sifati uchun juda muhim emas.

Kuzov tiklanmaganligini tekshirishning bir usuli - qismlarni bir-biriga mahkamlaydigan boltlarni tekshirish. Ba’zan, jiddiy ta’mirdan so‘ng, aralashuv izlarini yashirish uchun boltlar bo‘yaladi. Ishonch hosil qilish uchun, barmoqlaringiz yordamida paypaslab, bolt yuzasini tekshirishingiz mumkin. Agar boltlar zavod holatida bo‘lsa, yuzasi silliq tuyuladi. Agar boltlar buralgan bo‘lsa, ularning yuzasida notekis iz qoladi.

Barcha boltlar va qo‘shimcha elementlarning holatini o‘rganib chiqing. Ular zavod holatida bo‘lgani yaxshi. Shuningdek, mahkamlagichlarning shakliga e’tibor bering - ular fotosuratdagi kabi bir tekisda bo‘lishi kerak. Foto: drive2.ruBarcha boltlar va qo‘shimcha elementlarning holatini o‘rganib chiqing. Ular zavod holatida bo‘lgani yaxshi. Shuningdek, mahkamlagichlarning shakliga e’tibor bering - ular fotosuratdagi kabi bir tekisda bo‘lishi kerak. Foto: drive2.ru

Fotosuratda boltlar sirti silliq va zavod rangida. Foto: drive2.ruFotosuratda boltlar sirti silliq va zavod rangida. Foto: drive2.ru

Tirqish va bo’shliqlarni tekshirish

Korpus panellari orasidagi bo‘shliqlar butun korpus bo‘ylab bir xil bo‘lishi kerak.

Agar mashinaning o‘ng va chap tomonidagi qismlari orasidagi tirqishlari qalinligida farq bo‘lsa, bu avtomobil tarixidagi yo'l-transport hodisasining bilvosita belgisidir.

Avtomobil sotib olayotganingizda, bitta model uchun bir nechta variantni ko‘rib chiqishni maslahat beramiz. Tajribalar yordamida ko‘zingiz o‘rganib, qaysi bo‘shliqlar normal va qaysi biri normal emasligini tushunasiz.

Ushbu fotosuratda kapot bamper bo‘ylab tekis, lekin fara biroz tashqariga bo‘rtib chiqib turibdi. Bu Kia-Sid modeli uchun norma hisoblanadi. Ba’zan, maqbul chegaralarni tushunish uchun bir xil modeldagi bir nechta avtomobillarni ko‘rib chiqishingiz kerak. Foto: auto.ruUshbu fotosuratda kapot bamper bo‘ylab tekis, lekin fara biroz tashqariga bo‘rtib chiqib turibdi. Bu Kia-Sid modeli uchun norma hisoblanadi. Ba’zan, maqbul chegaralarni tushunish uchun bir xil modeldagi bir nechta avtomobillarni ko‘rib chiqishingiz kerak. Foto: auto.ru

Agar tirqishlar notekis bo‘lsa, mashina yo'l-transport hodisasiga uchraganligi ehtimoli yuqori. Foto: drive2.ruAgar tirqishlar notekis bo‘lsa, mashina yo'l-transport hodisasiga uchraganligi ehtimoli yuqori. Foto: drive2.ru

Avtomobil oynalarini tekshirish

Transport oynalarini markalash uchun yagona standart yo‘q. Har bir ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarilgan yili haqidagi ma’lumotlarni o‘ziga xos tarzda shifrlaydi. Agar ma’lum bir mashinaning xususiyatlarini tushunmasangiz, belgilarni bir xil modeldagi boshqa mashina bilan solishtiring.

Mersedes logotipi bu oyna buyurtma asosida tayyorlangan original oyna ekanligini anglatadi. Saint-Gobain - ishlab chiqaruvchining nomi. 16 raqami oyna ishlab chiqarilgan yildir. Foto: drive2.ruMersedes logotipi bu oyna buyurtma asosida tayyorlangan original oyna ekanligini anglatadi. Saint-Gobain - ishlab chiqaruvchining nomi. 16 raqami oyna ishlab chiqarilgan yildir. Foto: drive2.ru

Foto: drive2.ruFoto: drive2.ru

2016-yilgi avtomobil 2015-yilgi oynaga ega bo‘lishi mumkin. Ammo mashina yig‘ilgan yildan keyin ishlab chiqarilgan oyna faqat almashtirish natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Oyna yo'l-transport hodisasi, eskirish yoki shunchaki singanligi sababli almashtirilishi mumkin. Agar oyna almashtirilgan bo‘lsa, sababini so‘rang va oynaga yaqin joylashgan elementlarni diqqat bilan tekshiring.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi logotipi - oynaning original ekanligini bildiradi. 

Xuddi shu narsa ehtiyot qismlarga ham tegishli. Agar kapotda avtomobil markasi logotipi bo‘lsa, demak u original.

Avtomobilning motor bo‘limi qanday bo‘lishi kerak?

Kapot ostida mashinaning ichki qismlariga va motorning holatiga e’tibor bering. Asosiy quvvat elementlari - qanot nayzalari (lonjeronlar) va gardishlardir.

Motor bo‘linmasining yuqori qismidagi metall - qanot gardishdir. U silliq, burmalar va yoriqlarsiz bo‘lishi kerak. Kuzovning ichki elementlarida bo‘yoq qatlamining qalinligi 150 mikrondan oshmasligi kerak. Qismlarning bo‘g‘inlaridagi germetik barcha qismlarda teng ravishda bo‘lishi kerak.

Nayzalardagi deformatsiya, zang yoki yoriqlar izlari jiddiy yo'l-transport hodisasi yoki kuzovning yomon holatini anglatadi.

Avtomobil salonini tekshirish

Ko‘pincha salonning holatiga qarab avtomobilning yurgan masofasini aniqlashingiz mumkin. Odatda ko‘p kilometr yurgan mashinaning ruli, pedallari va o‘rindiqlari eskirgan holatda bo‘ladi.

Ba’zan, yuqori masofani yashirish uchun sotuvchilar juda ko‘p haydalganligi haqida dalolat beruvchi barcha elementlarni o‘zgartiradilar. Ularning tarkibiga asosan: haydovchi o‘rindig‘i, KPP tutqich qo‘li, asboblar paneli tugmalari, o‘rindiq qoplamalari kiradi.

Avtomobil holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu - uning bosib o‘tgan masofasidir. Sotuvchilar ko‘pincha odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradilar, shuning uchun siz bilvosita dalillarga asoslanishingiz kerak. Foto: drive2.ruAvtomobil holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu - uning bosib o‘tgan masofasidir. Sotuvchilar ko‘pincha odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradilar, shuning uchun siz bilvosita dalillarga asoslanishingiz kerak. Foto: drive2.ru

Rulning eskirganligi mashinaning uzoq vaqt davomida ko‘p haydalganligini ko‘rsatadi. Rul fotosuratda bo‘lgani kabi bo‘lsa, sotuvchilar ko‘pincha uni qayta qoplashadi. Buni boshqa shunga o‘xshash mashinalardan farq qiladigan material bilan tushunish mumkin. O‘zgartirilgan rul siz uchun sovg‘a emas, balki masofani yashirishga urinish istagi bo‘lishi mumkin. Foto: auto.ruRulning eskirganligi mashinaning uzoq vaqt davomida ko‘p haydalganligini ko‘rsatadi. Rul fotosuratda bo‘lgani kabi bo‘lsa, sotuvchilar ko‘pincha uni qayta qoplashadi. Buni boshqa shunga o‘xshash mashinalardan farq qiladigan material bilan tushunish mumkin. O‘zgartirilgan rul siz uchun sovg‘a emas, balki masofani yashirishga urinish istagi bo‘lishi mumkin. Foto: auto.ru

Fotosuratdagi kabi sirti ishqalanib ketgan pedallar 100 000 km dan ortiq bosib o‘tilgan masofani anglatadi. Foto: drive2.ruFotosuratdagi kabi sirti ishqalanib ketgan pedallar 100 000 km dan ortiq bosib o‘tilgan masofani anglatadi. Foto: drive2.ru

Salonning yomon holati uning egasi avtomobilga yaxshi g‘amxo‘rlik qilmaganini ham bildirishi mumkin. Yana, avtomobil markasi va modeli salon materiallarning eskirishga moyilligiga ham ta’sir qiladi. Avtomobil modelidagi materiallarning chidamliligini o‘rganishni tavsiya qilamiz. Buning uchun siz YouTube-da avtomobil mutaxassislarining videolarni tomosha qilishingiz mumkin. Sotib olmoqchi bo‘lgan avtomobilingiz modelining bir nechtasini o‘rganib, salonini solishtirishingizni tavsiya qilamiz.

Motorni tekshirish

Motorning to‘liq tashxisini mustaqil ravishda amalga oshirish qiyin. Birinchi tekshiruv vaqtida motorning qanday ishlashini baholang va agar avtomobilni aniq sotib olmoqchi bo‘lsangiz, uni servisga olib borib tekshirtirganingiz ma’qul.

Motor bo‘linmasi quruq va chang holatda bo‘lishi kerak, hech qanday dog‘lar, yog‘lar va chiziqlar bo‘lmasligi kerak. 

Kapot osti toza bo‘lsa - ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Odatda sotuvchilar kamchilikni yashirish uchun motorni yuvishadi. 

Sotuvchidan mashinani ishga tushirishni so‘rang va so‘ngra motorni tinglang. Blok tashqi tebranishlarsiz silliq va ritmik ishlashi kerak. Gaz berganda ham ovoz bir tekis bo‘lishi kerak. Agar begona shovqinni eshitsangiz, muammoning nima ekanligini taxmin qilsangiz ham, motorni servisda to‘liq tashxislashingiz kerak bo‘ladi.

Motor moyining darajasini va rangini standart o‘lchash tayoqchasi yordamida tekshiring. Qora rang sotuvchi moyni qoidalarga muvofiq o‘zgartirmaganligini anglatadi, past daraja esa mashina moyni "yeyishini" anglatadi va motor nosozligini bildiradi.

Yurish qismini tekshirish

Ko‘tarish mexanizmi yordamida mashina yurish qismini tekshirishingiz va barcha eskirgan ehtiyot qismlarni topishingiz mumkin. Ko‘chadagi oddiy tekshiruv yordamida mashina yurish qismini to‘liq tekshira olmaysiz. Shuning uchun, avtomobilni bir muddat haydab ko‘ring. Notekis sirtlarda nosozliklar tez bilinadi - osma detallar taqillatishni boshlaydi. Agar biron bir begona tovushlarni eshitsangiz, servisga murojaat qiling. 

Uzatmalar qutisini (transmissiyani) tekshirish

Mashinani haydamasdan turib uzatmalar qutisining ishlashini baholash mumkin emas. Haydov paytida peredachalar, tebranishsiz va begona shovqinlarsiz o‘zgarishi kerak.

Avtomatik transmissiyadagi moyni tekshiring. Moy pushti rangda, darajasi esa maqbul bo‘lishi kerak. Yog‘ quyuq yoki past darajada bo‘lishi uzatish qutisi nosoz ekanligini anglatadi. Agar qutida biror narsa nosoz ekanligini his qilsangiz, sotib olishdan bosh tortish yaxshiroqdir.

Konditsioner ishini tekshirish

Аvtomobilni ishga tushiring va konditsionerni yoqing. Agar u havoni sovutmasa, nimani ta’mirlash kerakligini o‘zingiz aniqlay olmaysiz. Faqat servisdagi mexanik sizga nima buzilganligini va uni tuzatish uchun qancha turishini aytishi mumkin.

Elektronikani tekshirish

Barcha elektr jihozlarini tekshirishni unutmang: chiroqlar, musiqa, markaziy qulf. Agar biror narsa yoqilmasa yoki ishlamasa, muammoni servisda tashxislash kerak.

Avtomobil masofasi

Vijdonsiz sotuvchilar avtomobilni qimmatroq sotish uchun masofani qisqartiradilar. Mashina uzoq yo‘l bosib o‘tganini salonni va korpusni tekshirgandayoq shubhalanishingiz mumkin. Eskirgan pedallar va rul g‘ildiragi, eskirgan o‘rindiqlar va yorilib ketgan bo‘yoq mashina juda ko‘p haydalganidan dalolat beradi. Masofaning o‘ta kichikligi shubhali holat bo‘lishi mumkin. Agar shubhalansangiz, servisdagi mexanik har doim sizga mashina masofasi sotuvchi ko‘rsatgan kilometrga mos keladimi yoki yo‘qligini aytib beradi.

Xavfsizlik yostiqchalari

Salon elementlari orasida havo yostiqchalari joylashgan qismlarda notekis bo‘shliqlar mavjud emasligini tekshiring. Bu yo'l-transport hodisasi sodir bo‘lganidan keyingi ta’mirlash belgisi bo‘lishi mumkin.

Yo'l-transport hodisasi paytida xavfsizlik yostiqchalari keskin ochiladi. Natijada, panel qismining plastigi yoriladi. Havo yostig‘i hududidagi panelda yorilish izlari juda yomon signal va jiddiy yo'l-transport hodisasining bilvosita belgisidir. Foto: amarisclinic.ruYo'l-transport hodisasi paytida xavfsizlik yostiqchalari keskin ochiladi. Natijada, panel qismining plastigi yoriladi. Havo yostig‘i hududidagi panelda yorilish izlari juda yomon signal va jiddiy yo'l-transport hodisasining bilvosita belgisidir. Foto: amarisclinic.ru

Foto: avtoelektrik-info.ruFoto: avtoelektrik-info.ru

Yo'l-transport hodisasidan keyin rulni ham tiklash mumkin. Foto: avtoelektrik-info.ruYo'l-transport hodisasidan keyin rulni ham tiklash mumkin. Foto: avtoelektrik-info.ru

Yo'l-transport hodisasidan keyingi yashirin nuqsonlar

Yashirin nuqsonlar vizual tekshirish paytida ko‘rinmaydi. Qo‘ldan mashina sotib olayotganingizda, bunday nuqsonlar to‘liq ta’mirlanmaganligi xavfi mavjud. 

Kuzov tiklangani vizual tekshiruvda aniqlanadi. Agar kuzov ta’mirlangan bo‘lsa, uni servisda tekshirishni tavsiya etamiz. Texnik sizga qanday ehtiyot qismlar o‘zgartirilgani va bo‘yalganligi va mashina qanday darajada zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini aytib beradi. Lekin shuni yodda tutingki, yashirin nuqsonlar hatto servisda ham aniqlanmasligi mumkin.

Ehtiyot qismlar eskirishi

Avtomobil qanchalik eski va masofa qanchalik katta bo‘lsa, ehtiyot qismlarning eskirishi shu darajada yuqori bo‘ladi. Agar servisda hech qanday nosozlik topilmasa, avtomobilni qo‘rqmasdan boshqarish mumkin.

VIN raqami haqiqiyligini tekshirish

Avtomobilning VIN raqamini topib va uni hujjatlarda ko‘rsatilgan raqam bilan solishtiring. Raqam aniq o‘qilishi kerak, hech qanday xiralik, kuchli zang yoki tirnalgan izlar bo‘lmasligi kerak. Agar raqam shubhali ko‘rinsa, u o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin. Firibgarlar o‘xshash avtomobilni topib, boshqa mashina hujjatlarni olib, VIN kodini o‘zgartirishga harakat qilishlari mumkin. O‘g‘irlangan transport vositalari odatda shunday sotiladi, shuning uchun sotib olishdan bosh tortish yaxshiroqdir.

VIN kod old oyna ostidagi plastinkada, yo‘lovchi o‘rindig‘i ostonasida yoki kapot ostida joylashgan bo‘ladi. Tanlagan modelingizda VIN kod qayerda joylashganligini internetda oldindan bilib oling.

Servisga qachon murojaat qilish kerak?

Qo‘ldan avtomobil sotib olishdan oldin uni albatta servisda tekshiruvdan o‘tkazishga maslahat beramiz. 

Har bir mashinani servisga darrov olib borish kerak emas. Birinchi o‘rinda uni o‘zingiz tekshiring va agar hamma narsasi qoniqarli bo‘lsa, mashinani aniq sotib olmoqchi bo‘lsangiz, sotuvchiga siz bilan birga servisga borishni taklif qiling. Odatda sotuvchilar bunday tekshiruvga e’tiroz bildirmaydilar.

Xulosa:

  • Avtotransport vositasining taqig‘i yo‘qligini my.gov.uz orqali tekshiring. Firibgarlar shu bosqichdayoq yo‘qoladi.
  • Bugungi kunda avtotransport haqida barcha ma’lumotlarni onlayn ravishda tekshirish mumkin bo‘lsa ham, ko‘pchilik firibgarlar yoki noinsof sotuvchilar yo'l-transport hodisasi to‘g‘risida yoki boshqa ma’lumotlarni yashirishlari mumkin. Shu sababli, o‘zingiz shaxsan avtomobilning barcha elementlarini va shubhali ko‘ringan qismlarini tekshirishga erinmang.
  • Avtomobilning narxi bozor o‘rtacha narxidan 30% past bo‘lsa, uni sotib olmang.
  • Avtomobilni toza holatda va kunduzgi yorug‘lik ostida tekshiring.
  • Salonni diqqat bilan tekshiring: rul va o‘rindiqning ko‘rinishi odometr ko‘rsatkichlaridan ko‘ra ko‘proq narsani aytib berishi mumkin. 
  • Agar sizga mashina yoqqan bo‘lsa, servisda diagnostika qilishga erinmang: maxsus uskunalar yordamida mutaxassis diagnostikasi oddiy haydovchi tekshiruviga qaraganda ishonchliroq.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi