Salomatlik
19 avgust
views156

Osh sodasining go‘zallik va salomatlik uchun foydasi

Har bir uyda osh sodasi topiladi. Tozalik, dezinfeksiya va turli maqsadlarda ishlatiladi. Ko‘pchilik ovqat sodasini pishiriqqa solinadigan mahsulot sifatida taniydi, lekin u xalq tabobati va uy kosmetologiyasida ham bebaho hisoblanadi. Quyida osh sodasi haqida ko’pchilik bilmagan ma’lumotlar bilan tanishamiz.
article-image

Foto: 24prodachu.ru

Kosmetologiyada qo'llanilishi:

1. Sodali vannalar – terini silliq, ipakdek va elastik qilish uchun 250-300 gram ovqat sodasi va dengiz tuzini oling, vannaga bir necha tomchi rozmarin efir moyini qo'shing. Bu muolajani haftasiga bir marta kamida yigirma daqiqa davomida o'tkazing.

2. Tozalovchi shampun – har qanday shampunni soda bilan 4:1 nisbatda aralashtirib, sochingizni yuving. Darhol farqni sezasiz. Soda kosmetik piling sifatida ishlaydi, sochning yog‘ qatlamini normallashtiradi.

3. “Qora nuqtalar” bilan kurashda – bir choy qoshiq sodani suvda qalin smetana konsistensiyasiga keltiring. Tayyor aralashmani muammoli joylarga o‘n daqiqaga qo‘ying, keyin to‘liq yuvib tashlang.

4. Tabiiy dezodorant – 5 osh qoshiq kokos moyi, 4 osh qoshiq makkajo'xori yoki kartoshka kraxmalini, 1 osh qoshiq soda va ixtiyoringizga ko‘ra efir moyini aralashtiring. Foydalanish uchun aralashmani teriga surtib oling.

5. Yuzni parvarish qilishda – uni niqob va skrab tayyorlashda ishlatish mumkin, uni jo‘xori uni, asal, qaymoq, smetana bilan aralashtirib, yuz terisiga qo‘llanadi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi