Salomatlik
9 aprel 2024
views2K

Sizga glyutensiz mahsulotlar kerakmi va ularning narxi qancha?

Glyutensiz non mahsulotlari: uning zarari va foydasi to’g’risida ma’lumotlar
article-image

So'nggi paytlarda ko’p internet havolalarida glyutenning mumkin bo'lgan zarari va uning sog'liqqa ta'siri haqida ko'proq eshitmoqdamiz. Qo'shma Shtatlar va Yevropada boshlangan anti-glyuten harakati asta-sekin butun dunyoni qamrab olmoqda. 

Go'yo glyuten organizm uchun haqiqiy zahar ekanligini isbotlaydigan ilmiy va unchalik ilmiy bo'lmagan tadqiqotlar ham nashr etilmoqda. Bunday umumiy ommaboplik tufayli, odamlar glyutensiz parhezga o’tmoqdalar. Natijada bu ma’lumotlar haqiqatan ham shundaymi yoki yo'qligini tushunishga harakat qilmasdan, glyutenning o'ta xavfliligi haqidagi afsonani faol ravishda qo'llab-quvvatlamoqdalar. 

Ushbu maqolada bilim bo'shlig'ini to'ldiramiz. Nima uchun glyutensiz mahsulotlar hamma uchun ham to’g’ri kelmasligini va glyuten o'z ichiga olgan oziq-ovqatlardan voz kechish sizning sog'lig'ingiz uchun zarurmi yoki yo’qmi - aytib beramiz

Glyuten nima va qanday mahsulotlar tarkibida bo’ladi?

Glyuten - bu donli o'simliklarda joylashgan oqsillar guruhining umumiy nomi. Ularning asosiy xususiyati ular o'zaro ta'sir qiladigan moddalarga yopishqoqlik xususiyatini berishdir. Shuning uchun glyuten “kleykovina” deb ham ataladi.

Glyuten moddasi yoki kleykovina, asosan, donlarda, ayniqsa bug'doy, javdar va arpada joylashgan oqsillar majmuasidir. Ushbu modda non, makaron va qandolat kabi non mahsulotlarida keng tarqalgan.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi