U yoki bu
25 iyul
views6K

Konditsionerlarni qanday tanlash kerak?

Konditsioner tanlash ko’p qirrali vazifa bo’lib, turli xil iqlim uskunalari orasidan sizga mos keladiganini tanlashni mutaxassislarga topshirish tavsiya etiladi. Biroq, quyidagi maslahatlar konditsioner sotib olishni niyat qilgan har bir kishiga qurilma tanlash uchun asosiy parametrlarni bilib olishga yordam beradi.
article-image

Foto: afalinaclimat.ru

Ushbu maqola Radius elektronika do‘konlari tarmog'i bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Konditsioner tanlash

Konditsioner quvvatini hisoblash va tanlash

Har qanday konditsioner samaradorligining asosiy "indikatori" uning quvvatidir. Iqlim qurilmasining quvvatini to'g'ri tanlash sovutish sifatiga, texnikaning uzluksiz ishlashiga va xizmat muddatiga bog'liq.

Bir qarashda quvvat tanlash jarayoni murakkab emas: 12 m² maydonga 1 kVt quvvatli qurilma kerak bo'ladi. Biroq, tanlovda faqat xonaning maydonini hisobga olish noto'g'ri. Ish samaradorligiga quyidagilar ham ta'sir qiladi:

  • Konditsioner o’rnatiladigan xona turi va uning maqsadi. Agar bu xonadan tijorat maqsadida foydalaniladigan bo'lsa (masalan, fitnes markazi yoki kinoteatr), yuqori samaradorlikka ega modellarga ustunlik berish kerak.
  • Xonaning konstruksion xususiyatlari (deraza, eshiklar, shift balandligi, qavat). Bu xususiyatlar ham quvvatni oshirish tomonga tanlashga ta'sir qiladi.
  • Odamlar va texnika soni. Ishlayotgan qurilmalar qo'shimcha issiqlik chiqaradi, shuning uchun konditsioner qurilmasini sotib olayotganda bu faktorni hisobga olish kerak.

Har bir konditsionerning texnik hujjatlari mavjud bo'lib, unda BTU/h ko'rsatkichi berilgan. Bu parametr sovutish quvvatini ko'rsatadi va model nomida aks ettirilishi mumkin. Bugungi kunda quvvatlar tasnifi quyidagicha:

  • "Beshlik" (5) qiymat. BTU/h quvvati 5000 ga teng. Kilovattlarda bu 1,47. Bunday quvvatga ega konditsionerlar 15 m² gacha bo'lgan maydonga mo'ljallangan.
  • "Yettilik" (7) qiymat. Bu qurilma 21 m² gacha bo'lgan maydonlar uchun sotib olinadi. BTU quvvati – 7000, kilovattlarda esa uning qiymati 2,05 ga teng.
  • "To'qqizlik", "O'n ikkilik", "O'n sakkizlik" va "Yigirma to'rtlik" (9, 12, 18, 24) qiymatlar. Bunday konditsionerlarning qiymatini kilovattlarda aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish kerak: 1 BTU/h * 0,293.

Natijada 2,64 kVt (9 modeli), 3,52 kVt (12 modeli), 5,28 kVt (18 modeli) va 7,0 kVt (24 modeli) olamiz.

Ko'proq qulaylik uchun quyidagi ro'yxatdan foydalanish mumkin:

  • 15 m² uchun 5 va 7 modellari mos keladi.
  • 20 m² uchun 7 va 9 modellari mos keladi.
  • 30 m² uchun 12 modeli mos keladi.
  • 40 m² uchun 18 modeli mos keladi.

Kvartira uchun konditsioner tanlash

Xonadon uchun konditsioner tanlash uchun ham quvvat asosiy parametr hisoblanadi. Quvvatni to'g'ri tanlash nafaqat xonada harorat qanchalik qulay bo'lishiga, balki qurilmaning o'z vazifalarini barqaror va ishonchli bajarishiga bog'liq. Quvvat yetishmasligi konditsionerni deyarli doimiy ishlashga majbur qiladi, bu esa elektr energiyasini sarflashni oshiradi va uskunaning muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib keladi.

Xonadon uchun konditsionerni to'g'ri tanlash uchun quyidagi hisoblash formulasidan foydalaning: 10 m² maydonga (shift balandligi taxminan 2,8-3 m bo'lgan holda) 1 kVt quvvat kerak.

Bundan tashqari, kvartira yoki uy uchun konditsionerning zarur quvvatini hisoblashda quyidagilarni ham qo'shimcha hisobga olish kerak:

  • Quyoshli tomon. Xona quyoshli tomonga qaragan bo'lsa, qurilmaning dastlabki quvvatiga taxminan 25-30% qo'shamiz.
  • Maishiy texnika mavjudligi. Bir issiqlik chiqaruvchi qurilmaga (kompyuter, televizor, sun'iy yo'ldosh qabul qiluvchisi) taxminan 0,2-0,3 kVt qo'shamiz.
  • Ko'p odamlar. Xonada doimiy bo'lgan har bir odam qo'shimcha issiqlik chiqaradi, buning uchun yana 100 Vt quvvat kerak bo'ladi.

Asosiy parametr ya’ni quvvatga asoslanib, uy uchun qanday konditsionerni sotib olish kerakligini osongina aniqlash mumkin.

Konditsioner Artel ARTSIM4AW12BE Marvarid Inv.
Do'konda mavjud

Konditsioner Artel ARTSIM4AW12BE Marvarid Inv.

Radius elektronika do‘konlari tarmog‘i ortiqcha to'lovlarsiz 12 oyga, ya'ni 0-0-12 tizimi bo'yicha muddatli to'lovni taklif qiladi.

Konditsioner Shivaki SHVSIM5AW12BE Elegant Inv.
Do'konda mavjud

Konditsioner Shivaki SHVSIM5AW12BE Elegant Inv.

Radius elektronika do‘konlari tarmog‘i ortiqcha to'lovlarsiz 12 oyga, ya'ni 0-0-12 tizimi bo'yicha muddatli to'lovni taklif qiladi.

Konditsioner Samsung AR09TXHQASIXUA invertor
Do'konda mavjud

Konditsioner Samsung AR09TXHQASIXUA invertor

Radius elektronika do‘konlari tarmog‘i ortiqcha to'lovlarsiz 12 oyga, ya'ni 0-0-12 tizimi bo'yicha muddatli to'lovni taklif qiladi.

Konditsionerlarning joylashish turlariga ko'ra turlari

Konditsioner turlarining ko'pligi xonaning maydoni, o'rnatish usuli va dizayni bo'yicha eng mos modelni tanlash imkonini beradi.

Devor konditsionerlari

Devor konditsioneri joylashuvi. Foto: kondicioner-ug.ruDevor konditsioneri joylashuvi. Foto: kondicioner-ug.ru

Eng mashhur konditsionerlar devorga o'rnatiladigan split-sistemalardir. Bunday qurilmalar kundalik (maishiy) va yarim sanoat sharoitlarda foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Devor konditsionerlari iqlim texnikasining 90% ni tashkil qiladi.

Split-sistema — bu, ichki va tashqi bloklardan iborat  iqlim qurilmasi. 

Konditsionerning ichki qismi shift ostida va ko'pincha deraza yonida o'rnatiladi. Bunday o'rnatish turi xarajatlarini bir necha marta kamaytirishga imkon beradi. Konditsionerni boshqarish masofadan boshqarish pulti yoki devor pulti yordamida amalga oshiriladi.

Kassetali konditsionerlar

Bu turdagi iqlim texnikasi, odatda, sanoat binolarida o'rnatiladi. Buning sababi shundaki, uni o'rnatish uchun 3 metr va undan ko'p balandlikdagi shift kerak, qurilma shiftlar orasiga o'rnatiladi.

Konditsionerning asosiy bloki (bitta yoki bir nechta) odatda shiftning markazida joylashadi. U kam ko'zga tashlanadi va bir vaqtning o'zida bir necha tomonga havo oqimini ta'minlay oladi.

Katta xonalar uchun kassetali konditsionerlarni sotib olish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlaydi. Bu qurilmaning muhim afzalliklari: tashqaridan toza havo kirish imkoniyati va isitish funksiyasi. Bu opsiyalar ko'p modellarda mavjud.

Kassetali konditsionerning joylashuvi − shiftga o'rnatiladi. Foto: komfort-center.ruKassetali konditsionerning joylashuvi − shiftga o'rnatiladi. Foto: komfort-center.ru

Kanalli konditsionerlar

Kanalli konditsionerlar, xuddi kassetali konditsionerlar kabi, asosiy va dekorativ shiftlar orasiga joylashtiriladi. Kuchli qurilmalar maxsus loyihalashtirish va o'rnatishni talab qiladi. Shuning uchun ushbu qurilmani sotib olishdan oldin, mutaxassis bilan maslahatlashish va iqlim tizimi loyihasini ishlab chiqish kerak.

Bu turdagi konditsioner ko'p odamlar tez-tez bo'ladigan xonalar uchun juda mos keladi. Qurilmada tashqi va ichki qism hamda havo kanallari mavjud bo'lib, ular orqali konditsionerlangan havo xonaga taqsimlanadi. Bitta bunday tizim ko'p vazifalarni bajara oladi — havoni quritish, tozalash yoki isitish. Bundan tashqari, bitta kanalli konditsioner katta xonalarni samarali sovutishi mumkin.

Kanalli konditsionerning joylashuvi. Foto: aventa96.ruKanalli konditsionerning joylashuvi. Foto: aventa96.ru

Pol-shift konditsionerlari

Pol-shift konditsionerlarining asosiy ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Soddaligi va kam xarajat talab qiladigan o'rnatish (shift yoki polga) va shovqinsiz ishlashi.
  • Havo oqimlarining yumshoq va teng taqsimlanishi (konstruktiv xususiyatlar tufayli).
  • Qurilmani nafaqat xonada haroratni pasaytirish, balki uni oshirish uchun ham ishlatish imkoniyati. Ayrim modellarda isitish funksiyasi tashqi harorat -20°C bo'lganda ham samarali ishlaydi.
  • Turli xil opsiyalarning mavjudligi – ionizatsiya, quritish, havo tozalash va hokazo.
  • Korpusning kichik o'lchamlari, shuning uchun konditsioner har qanday xonalarga mos keladi.
  • Pol-shift konditsionerlarining narxi yuqori, lekin sifatga mos keladi.

Pol-shift konditsioneri ko'rinishi. Foto: apexair.ruPol-shift konditsioneri ko'rinishi. Foto: apexair.ru

Pol konditsionerlari

Pol konditsionerining o'ziga xos xususiyati uning polga joylashtirilishidir. Bu o'rnatish va texnik xizmat ko'rsatishni osonlashtiradi, chunki uskunaga kirish uchun maxsus moslamalar talab qilinmaydi.

Polga o'rnatiladigan iqlim qurilmasi oddiy split-sistemadan hech qanday farqi yo'q: ichki va tashqi bloklari, bir xil funksiyalari va keng model qatori mavjud. Isitish funksiyasi uchun ideal.

Mobil konditsionerlar

Mobil konditsionerning shubhasiz afzalligi — erkin ko'chirish imkoniyatidir. Ushbu model barcha standart split-sistema opsiyalariga ega. O'rnatish uchun faqat gofrirovka trubasini devor yoki deraza teshigiga o'rnatish kerak bo'ladi. Bu isitilgan havoni chiqarish uchun zarur. Mobil konditsioner elektr tarmog'idan ishlaydi. Funksiyalari bo'yicha: mobil agregatlarning imkoniyatlari juda keng. Ko'pchilik modellarda filtratsiya, ionizatsiya va isitish mavjud.

Maxsus xususiyatlariga shovqin va yuqori narx kiradi. Shuningdek, deyarli barcha modellarda quvvat past, bu esa unumdorlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shunga qaramay, mobil konditsioner statsionar qurilmani o'rnatish imkoniyati bo'lmaganda iqlim qurilmasining o'rnini bosa oladigan turidir.

Mobil konditsionerining namunaviy ko'rinishi. Foto: tion.ruMobil konditsionerining namunaviy ko'rinishi. Foto: tion.ru

Kolonnali konditsionerlar

Kolonna turidagi konditsioner polga o'rnatiladi va 170 m² gacha bo'lgan maydonni sovutish yoki isitish imkoniyatiga ega. Ularning hajmi katta bo'lgani uchun keng xonalarda, masalan, umumiy ovqatlanish oshxonalari, kinoteatr foyelari va sport zallarida o'rnatiladi.

Kolonna konditsionerining ishlash prinsipi an'anaviy split-sistemalar kabi. Kolonna turidagi konditsionerlarning afzalligi – bu soddaligi va yuqori unumdorligi.

Kolonnali konditsioner. Foto: evadesignn.ruKolonnali konditsioner. Foto: evadesignn.ru

Deraza konditsionerlari

Deraza konditsionerining o'ziga xos xususiyati uning tuzilishidadir. Qurilma bitta blokdan iborat bo'lib, unda barcha kerakli funksiyalar birlashtirilgan. Shu sababli, konditsioner ixcham va sodda. Qurilma deraza yoki devor teshigiga o'rnatiladi.

Bunday qurilma kichik xonalar uchun mo'ljallangan bo'lishiga qaramay, katta talabga ega. 

Split-sistemali konditsionerlarni tanlash

Konditsioner sotib olishga qaror qilgan ko'pchilik iste'molchilar split-sistemalarni tanlashadi, chunki bu tizimlar narx, samaradorlik, o'rnatish va foydalanish qulayligi kabi parametrlarni optimal ravishda uyg'unlashtiradi.

Split-sistema

Bugungi kunda konditsionerlarning klassik varianti bo'lgan split-sistema ikki blokdan iborat: ichki blok (xonada o'rnatiladi) va tashqi blok (tashqarida o'rnatiladi). Bloklar freon quvurlari va elektr kabellari bilan bog'langan.

Bunday konstruksiya kompressorni — eng shovqinli va katta hajmli qismini tashqariga chiqarib qo'yish imkonini beradi, ichki xonada esa ixcham devor bloki qoladi. Tashqi blokka, devor blokidan tashqari, turli xil modifikatsiyadagi ichki bloklar — kassetali, polga o'rnatiladigan, kanalli yoki shift bloklari ulanishi mumkin.

Multisplit-sistema

Multisplit-sistema — bu split-sistemaning rivojlangan turi. Bu qurilmada bitta kuchli tashqi blokka bir nechta (5-7 gacha) ichki bloklar ulanadi, ularning quvvati (2-5 kVt) va turi (devor, kanalli va boshqalar) bo'yicha farq qilishi mumkin. Multisplit-sistemani o'rnatish binoning tashqi ko'rinishini saqlashga va joyni tejashga imkon beradi.

Konditsionerni turi va quvvatiga qarab tanlashda quyidagini esda tutish muhim: maishiy agregatlar ventilyatsiyani (tashqi havoning kirishini) ta'minlamaydi! Maishiy konditsionerlar faqat xonadagi havoni ishlatadi va ularning samaradorligi to'g'ridan-to'g'ri xonaning germetikligiga bog'liq.

Konditsionerni tanlashda funksiyalarning xilma-xilligi

Bugungi kunda konditsioner — ko'p funksiyali iqlim qurilmasi bo'lib, u ko'plab qo'shimcha opsiyalarga ega:

Ventilyatsiya
Bu rejim qishda talab qilinadi, chunki issiq havo shift ostida to'planadi va uni xonaning barcha qismiga teng taqsimlash kerak bo'ladi.

Havoni tozalash
Havo, issiqlik almashtirgichdan o'tishdan oldin, filtrlar tizimidan o'tadi. Maishiy konditsionerlar yirik changni ushlab qoladigan chang, tutun va o'simliklar changini ushlab qoladigan nozik filtrlar bilan jihozlanishi mumkin. Bundan tashqari, hidlarni yo'qotadigan ko'mir filtrlar, mikro zarrachalarni ushlab qoladigan elektrostatik filtrlar va nanotozalarni ushlab qoladigan HEPA-filtrlar o'rnatilishi mumkin.

Havoni quritish
Havodagi namlikni kamaytirish.

Ionizatsiya
Havoni anionlar bilan boyitish.

Namlikni oshirish
Ichki havo tashqi havodan butun namlikni oladi.

Havo oqimini yo'nalishini o'zgartirish
Bu opsiya havo oqimini kerakli yo'nalishga yo'naltirishga imkon beradi, sovuq havo to'g'ridan-to'g'ri odamlarning ustiga tushmasligi uchun.

Avtomatik rejim
Konditsioner o'zi rejim va ish intensivligini tanlaydi.

Konditsionerni tanlashda, himoya tizimining mavjudligi va sifatiga alohida e'tibor berish kerak. Odatda, byudjet segmentidagi maishiy konditsionerlar minimal himoya funksiyalariga ega. Agregat sinfi oshgani sayin, uning himoya tizimi to'liq va ishonchli bo'ladi. Masalan, "Restart" funksiyasi konditsionerga elektr energiyasi uzilib qolganidan keyin yana ishga tushish va oldingi rejimga qaytishga imkon beradi. Freon oqishi va filtrlarning holatini nazorat qilish ham ortiqcha bo'lmaydi. Tok bo'yicha himoya qurilma holatini diagnostika qilishga yordam beradi, avtomatik muzdan tushirish esa blokning muzlashining oldini oladi.

Qaysi segmentdan konditsioner tanlash kerak?

Iqlim texnikasi segmenti katta va xilma-xil. Butun assortimentni shartli ravishda uchta kategoriya bo'yicha ajratish mumkin:

  • Premium klassdagi konditsionerlar
  • O'rta narxdagi iqlim qurilmalari
  • Byudjetli agregatlar

Segment qanchalik yuqori bo'lsa, qo'shimcha funksiyalar ham shuncha ko'p bo'ladi. Funksiyalarga qarab quyidagi turlar ajratiladi:

Inverter konditsionerlar
Inverter konditsionerlar, narxi oddiy modellardan biroz yuqori bo'lishiga qaramay, muhim afzallikka ega — ular foydalanishda 30% gacha kam elektr energiyasini iste'mol qiladi. Kompressorning yoqish/o'chirish tartibini tark etib, quvvatni doimiy va uzluksiz ravishda sozlash imkoniyati inverter konditsionerga nafaqat energiya iste'molini va shovqin darajasini kamaytirishga, balki foydalanuvchi belgilagan harorat parametrlarini aniq saqlashga imkon beradi. Bundan tashqari, inverter konditsionerlardan qish davrida minusli sovuqda foydalanish mumkin.

Isitish funksiyasiga ega konditsionerlar
Bunday opsiya har bir agregatda mavjud, ammo tashqi havo haroratiga qarab cheklovlar bo'lishi mumkin (masalan, -5°C gacha).

Havoni quritish funksiyasiga ega konditsionerlar
Ko'pgina modellarda ushbu opsiya mavjud va ular o'rta narx segmentida taqdim etilgan.

Konditsioner tanlash, masalan, muzlatgich yoki televizor tanlashdan tamoman farq qiladi. Yaxshi, hatto eng zo'r parametrlar, ilg'or texnologiyalar va ko'plab funksiyalar o'z-o'zidan agregatning uzluksiz va to'g'ri ishlashini kafolatlamaydi. To'g'ri konditsioner tanlash — bu yarim ish, ammo sifatli ish va ishlab chiqaruvchi kompaniyaning kafolat majburiyatlarini to'liq saqlab qolishning garovi — bu konditsionerni to'g'ri o'rnatishdir.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi