U yoki bu
14 aprel
ico3K

2024 - yilda qaysi aloqa operatorining interneti arzonroq?

Biz taqdim etgan ma’lumotlar yordamida, o‘zingiz uchun eng qulay va arzon internet variantni tanlashingiz mumkin.
article-image

O‘zbekistonning barcha hududlarida qaysi operatorning interneti tezroq ishlaydi? Uyali aloqa operatorini qanday tanlash mumkin? Toshkent / Samarqand / Andijon / Farg‘ona uchun eng qulay aloqa operatori qaysi? Bu savollarga bitta aniq javob berib bo‘lmaydi, chunki bitta operatorning taklifi kimgadir ko‘proq to‘g‘ri kelsa, boshqa odam uchun noqulay bo‘lishi mumkin. 

Lekin, biz sizga yordam berish uchun barcha uyali aloqa operatorlarining takliflarini o‘rganib chiqib, ularni taqqosladik.

Uyali aloqa operatorini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

O‘zbekistonda 6 ta yirik aloqa operatorlari mavjud. Uyali aloqa operatorini tanlashda ko‘plab omillarni hisobga olish kerak, ammo ushbu maqolada biz Internet narxlarini taqqoslashga e’tibor qaratamiz. 

Aloqa operatorining mashhurligi va ish vaqti foydali bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, har bir operator tomonidan taklif qilingan tariflarni o‘rganish ham muhimdir. Uyali aloqa operatorini tanlashda muhim jihatlardan biri bu qo‘ng‘iroqlar sifati va qamrov hududi. Ba’zi operatorlar ma’lum hududlarda yanada ishonchli aloqani ta’minlaydi. Misol uchun eng arzon internetli operatorni tanlasangiz-u, lekin internet vaqti-vaqti bilan ishlamasa, bu tejamkorlikdan ko‘ra ko‘proq noqulaylik keltirib chiqaradi. 

Shuningdek, SMS-paketlar va cheksiz qo‘ng‘iroqlar kabi qo‘shimcha xizmatlarni o‘rganishga arziydi. Ushbu xizmatlar sizning uchun foydali bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda internet xizmati narxlari

Turli operatorlarning paketlaridagi shartlar sezilarli darajada farq qiladi. Shuningdek, har bir operator taqdim etadigan tariflarda internetdan tashqari, boshqa qo‘shimcha takliflar ham mavjud. Shu sababli, biz o‘xshash shartlarga ega 40 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflarni ko‘rib chiqdik.

Ucell - tarif iсhidagi internet narxi

Ucell avvaldan beri ishlaydigan yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, ular o‘z mijozlariga tarif rejalarning keng tanlovini taqdim etadilar. Eng arzon tarif 40.000 so‘m bo‘lib, boshqa xizmatlardan tashqari uning tarkibiga 12 gb oddiy internet-trafik va 12 gb Facebook va Instagram uchun internet kiradi.

Ucell aloqa operatori tarif rejalariUcell aloqa operatori tarif rejalari

UZTELECOM - tarif iсhidagi internet narxi

Uztelecom ham O‘zbekistondagi mashhur aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, tarif rejalarining keng tanlovini, jumladan 1 terabaytgacha Internet (tarif ichida oyiga 1.300.000) so‘m va imtiyozli mijozlar uchun arzon tariflarni taklif etadi. Imtiyozi yo‘q mijozlar uchun eng arzon tarif 37.000 so‘m bo‘lib, uning tarkibiga 9 gb oddiy internet va 18 gb tungi internet kiradi.

Uztelecom aloqa operatori tarif rejalariUztelecom aloqa operatori tarif rejalari

OQ - tarif iсhidagi internet narxi

OQ aloqa operatori 2023-yilda O‘zbekistonda o‘z xizmatlarini taqdim etishni boshladi. Operator o‘z tariflarini konstruktor kabi o‘zingizga mos qilib to‘plashingiz imkoniyatini beradi. Faqat 10 gb internetni o‘z ichiga olgan tarif narxi 40.000 so‘mni tashkil qiladi. 

Minimal xizmatlar qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, 43.000 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi

OQ aloqa operatori tarif rejalariOQ aloqa operatori tarif rejalari

Mobiuz - tarif ichidagi internet narxi

Mobiuz - O‘zbekistondagi yana bir yirik aloqa operatori bo‘lib, o‘z mijozlariga turli xil tarif rejalarini taklif qiladi. Mobiuzda imtiyozli mijozlar uchun ham tariflar mavjud. Imtiyozi yo‘q mijozlar uchun o‘rtacha tarif narxi 40.000 so‘m bo‘lib, tarif 15 gb internetni taklif etadi.

Mobiuz aloqa operatori tarif rejalariMobiuz aloqa operatori tarif rejalari

Beeline - tarif ichidagi internet narxi

Beeline ham O‘zbekistondagi eng mashhur aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, tarif rejalarining keng tanlovini, shu jumladan cheksiz qo‘ng‘iroq daqiqalariga ega tariflarni taklif etadi. Beelinening eng arzon tarifi 35.000 so‘m bo‘lib, tarif ichida 7 gb internet mavjud.

Beeline aloqa operatori tarif rejalariBeeline aloqa operatori tarif rejalari

HUMANS - tarif ichidagi internet narxi

Humans nisbatan yangi aloqa operatori bo‘lib, OQ operatori kabi konstruktor tizimini taklif qiladi. O‘rtacha qulay tarif 38.000 so‘m bo‘lib, 25 gb internetni o’z ichiga oladi.

Humans aloqa operatori tarif rejalariHumans aloqa operatori tarif rejalari

Tarif ichidagi internet narxlarini taqqoslaymiz

Eng arzonidan boshlab eng qimmatigacha:

Humans - 25gb - 38.000 so’m = 1 gb narxi 1 520

Mobiuz - 15gb - 40.000 so‘m = 1 gb narxi 2 666

Ucell - 12gb - 40.000 so‘m = 1 gb narxi 3 333

OQ - 10gb - 40.000 so‘m = 1 gb narxi 4 000

Uztelecom - 9gb - 37.000 so‘m = 1 gb narxi 4 111

Beeline - 7gb - 35.000 so‘m = 1 gb narxi 5 000

Operatorlar taqdim etayotgan internet paketlar narxi

Shuni aytib o‘tish kerakki, qo‘shimcha internet paket narxi sizning tarif rejangizga qarab o‘zgarishi mumkin. Yana internet paketning qo‘shimcha imkoniyatlari (va shartlar) bo‘lishi mumkin.

Qo‘shimcha internet paket narxlarini taqqoslaymiz:

  • Ucell qo‘shimcha oylik 1 gb internetni 9.000 so‘mga taqdim etadi.
  • Uztelecomda qo‘shimcha 1 gb 10.000 so‘m turadi.
  • Beelineda 1 gb qo‘shimcha internetni 10.000 so‘mga sotib olishingiz mumkin.
  • Mobiuz operatori 1 gb internetni 11.000 so‘mga taklif qilmoqda.
  • Humans va OQ operatorlari konstruktorligi sababli alohida 1 gb internet sotib olish imkoniyati yo‘q. 

Xulosa

Uyali aloqa operatorini tanlash nafaqat narxlarni, balki foydalanish qulayligini ham hisobga olish kerak. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz yoki oila a’zolaringiz bilan maslahatlashish foydali bo‘lishi mumkin. Ular internetning yuqoriroq narxini oqlashi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlari bor operatorlardan foydalanish tajribasiga ega bo‘lishlari mumkin. Maqolada ko‘rsatilgan narxlar 2024-yil aprel holatiga amal qiladi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi