U yoki bu
24 aprel
views4K

3 milliongacha eng yaxshi smartfonlar ro’yxati

O'rta narxdagi eng zo'r smartfonlar va ularni tanlash bo'yicha amaliy maslahatlar.
article-image

Hamyonbop smartfonlar doim ham sifatsiz yoki eng arzon materiallardan yasalmaydi. Smartfon narxini pasaytirish uchun ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha materiallar, ehtiyot qismlar va funksiyalarda pul tejashadi. Masalan, ekran sifati nisbatan past bo‘lishi yoki protsessor eski bo‘lishi mumkin. Lekin, 3 milliongacha bo‘lgan narx ichida ham yaxshi modellarni topish mumkin.

Biz do‘konlar assortimentini ko‘rib chiqib, smartfonlarning eng yaxshi variantlarini aniqladik. O‘z puli uchun optimal qiymatni taklif qiladigan eng muqobil qurilmalarni to‘pladik.

2024-yilda narxi 3 milliongacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar

Smartfonlarning texnik xususiyatlari va xaridorlarning fikr-mulohazalarini o‘rganib chiqib, tanlov mezonlariga javob beradigan 7 ta modelni tanladik:

TECNO Spark 20C

TECNO Spark 20C bu, 2023-yil dekabr oyida taqdim etilgan byudjetli smartfon. Unda HD+ piksellar soniga ega 6,6 dyuymli IPS displey, 50 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli old kamera, MediaTek Helio G36 protsessori mavjud. Barmoq izlari skaneri korpusning yon tomoniga o‘rnatilgan. Stereo dinamiklar va 4G LTE qo‘llab-quvvatlash funksiyasi mavjud.

TECNO Spark 20C
Eng arzon tanlov

TECNO Spark 20C

Katta ekran, kuchli protsessor va 50 megapikselli kameraga ega zamonaviy smartfon

OLX — 1 mln 200 ming so‘mdan

Uzum Market — 1 mln 474 ming so'mdan

Ijobiy tomonlari:

  • Katta va yorqin displey;
  • 50 megapiksel yaxshi kamera;
  • Sig‘imli batareya;
  • Qulay narx;
  • 18 Vt tez quvvatlash funksiyasi.

Kamchiliklari:

  • Ekranning nisbatan past sifati.

Xiaomi Redmi 13C 

Xiaomi Redmi 13C bu, 2023-yil noyabr oyida taqdim etilgan byudjetli smartfon. Bu model Redmi 10C ning kuchliroq protsessor va kattaroq batareyaga ega yangilangan versiyasidir. Barmoq izi skaneri orqa panelda joylashgan. Xiaomi Redmi 13C katta displey va sig‘imli batareyaga ega hamyonbop smartfonni qidirayotganlar uchun muqobil tanlovdir.

Lekin, eng arzon variantlarni tanlamoqchi bo‘lsangiz, deyarli barcha texnik parametrlar biroz pastroq bo‘lishini unutmang.

Xiaomi Redmi 13C
Yana bir hamyonbop tanlov

Xiaomi Redmi 13C

Ijobiy tomonlari:

  • Katta va yorqin displey;
  • Sig‘imli batareya;
  • Qulay narx;
  • 18 Vt tez quvvatlash funksiyasi.

Kamchiliklari:

  • Ekranning nisbatan past sifati;
  • NFC funksiyasi yo‘q.

Samsung Galaxy A23 

Samsung Galaxy A23 2023-yil mart oyida sotuvga chiqarilgan o‘rta sinf smartfonidir. Galaxy A23 ishonchli brenddan katta displey, nisbatan kuchli protsessor va sig‘imli akkumulyatorga ega o‘rtacha narxdagi smartfonni qidirayotganlar uchun muqobil tanlov. Ushbu telefonning yangi versiyalari suv va changdan IP68 himoyasiga ega.

Samsung Galaxy A23
Suv va changdan himoya

Samsung Galaxy A23

Ijobiy tomonlari:

  • Katta va yorqin displey;
  • 50 megapikselli kamera;
  • Sig‘imli batareya;
  • O‘z narxi uchun kuchli Qualcomm Snapdragon protsessori;
  • Suv va changdan IP68 himoyasi.

Kamchiliklari:

  • Ekranning nisbatan past sifati;
  • Nisbatan sekin quvvatlash (boshqa variantlarga nisbatan).

Honor X8a 

Honor X8a bu, 2023-yil fevral oyida taqdim etilgan byudjetli smartfon. U katta displey, kuchli asosiy kamera, sig‘imli akkumulyator va o‘rta diapazonli protsessor bilan jihozlangan. Barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan. Wi-Fi 5, Bluetooth 5.1 ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu smartfon katta displeyli va sifatli suratga olishga qodir kameraga ega arzon smartfon izlayotganlar uchun yaxshi tanlov. Shuningdek, bu model kundalik vazifalar, qo‘ng‘iroqlar, video va veb-saytlarni tomosha qilish uchun to‘g‘ri keladi.

Honor X8a
O‘z narxi uchun muqobil tanlov

Honor X8a

Katta displey, kuchli asosiy kamera va o‘rta diapazonli protsessor bilan jihozlangan

OLX — 1 mln 500 ming so‘mdan

Uzum Market — 2 mln 790 ming so‘mdan

Ijobiy tomonlari:

  • Katta va yorqin displey;
  • Kuchli 100 MPga ega asosiy kamera;
  • Tez quvvatlash funksiyasi: 30 daqiqa ichida 50 foizgacha quvvatlanadi;
  • Qulay narx.

Kamchiliklari:

  • Batareya sig‘imi nisbatan past;
  • NFC mavjud bo‘lmasligi mumkin (mintaqaga qarab farq qiladi).

Xiaomi Poco M6 Pro 

Xiaomi Poco M6 Pro bu, 2023-yil iyul oyida taqdim etilgan byudjetli smartfon. Poco M6 Pro kuchliroq protsessor va yaxshilangan kameraga ega Poco M5 Pro ning takomillashtirilgan versiyasidir. Barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan. Smartfonda stereo dinamiklar, 3,5 mm eshitish vositasi uyasi va IK port mavjud. Poco M6 Pro Wi-Fi 5, Bluetooth 5.2 ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu smartfon kundalik vazifalar, o‘yinlar, video va veb-saytlarni tomosha qilish uchun to‘g‘ri keladi.

Xiaomi Poco M6 Pro
O'yinlar uchun hamyonbop tanlov

Xiaomi Poco M6 Pro

Ijobiy tomonlari:

  • 120 Gts yangilanish tezligiga ega katta va yorqin AMOLED displey;
  • Sig‘imli batareya;
  • Tez quvvatlash: 44 daqiqa ichida 100 gacha quvvatlash mumkin.

Kamchiliklari:

  • NFC mavjud bo‘lmasligi mumkin (mintaqaga qarab farq qiladi).

Samsung Galaxy A25 

Samsung Galaxy A25 modeli 2024-yilda Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rta darajadagi smartfon. U zamonaviy dizayn, katta displey, kuchli kamera va sig‘imli batareyaga ega. Barmoq izi skaneri ekranda joylashgan. NFC, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.2 funksiyalari qo‘llab-quvvatlanadi.

Samsung Galaxy A25
Eng yangi model

Samsung Galaxy A25

Ijobiy tomonlari:

  • 120 Gts yangilanish tezligiga ega katta va yorqin AMOLED displey;
  • 4 ta linzali yaxshi kamera;
  • Tez zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydigan sig'imli batareya;
  • Micro SD bilan xotirani kengaytirish imkoniyati;
  • Android 15 va 16-gacha yangilanish imkoniyati.

Kamchiliklari:

  • Quvvatlash nisbatan sekin (ba’zi raqobatchilarga nisbatan).

Xiaomi Redmi Note 12 Pro

Redmi Note 12 Pro bu, Xiaomi kompaniyasi tomonidan 2023-yilda taqdim etilgan smartfon. U zamonaviy dizayn, kuchli kamera va sig‘imli batareyaga ega. 120 Gts yangilanish tezligiga ega katta va yorqin AMOLED displey bilan jihozlangan. Barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan. Note 12 Pro Wi-Fi 5 va Bluetooth 5.2 qo‘llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, Xiaomi Redmi Note 12 Pro katta displey, yaxshi kamera, sig‘imli batareya va zamonaviy funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan o‘rtacha narxdagi smartfonni qidirayotganlar uchun ajoyib tanlovdir.

Xiaomi Redmi Note 12 Pro
Eng ilg'or

Xiaomi Redmi Note 12 Pro

120 Gts yangilanish tezligiga ega katta va yorqin AMOLED displey bilan jihozlangan

OLX — 1 mln 800 ming so‘mdan

Uzum Market — 2 mln 900 ming so'mdan

Ijobiy tomonlari:

  • 120 Gts yangilanish tezligiga ega katta va yorqin AMOLED displey;
  • 108 megapikselli kuchli kamera;
  • Android 14 va 15 gacha yangilanish imkoniyati;
  • Tez quvvatlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan sig‘imli batareya;
  • 5G ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamchiliklari:

  • Nisbatan eski model: 2023 - yilning yanvarida sotuvga chiqarilgan.

Hamyonbop smartfon tanlash mezonlari

3 million so‘mgacha bo‘lgan zamonaviy smartfonlar asosan aloqa, musiqa tinglash, video tomosha qilish va brauzerdan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ular faol geymerlar yoki fotosuratchilar uchun mos kelmaydi. 

Smartfon tanlashda narxdan tashqari, bir nechta parametrlarga e’tibor berish kerak.

Ekran. Byudjet modellarini ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha displeylarda pul tejaydilar. Misol uchun displeylarga 1650 × 720 kabi kam sonli nuqtali matritsalarni joylashtiradilar. Bunday ekranlarda tasvirlar sifatsiz va alohida piksellarga ajralgan holda ko‘rinadi. Full HD+ piksellar soniga ega qurilmalarni tanlash yaxshiroq. Ulardagi nuqtalar soni 2220 × 1080 va undan yuqori bo’ladi. 

Ushbu maqolada aksariyat modellar Full HD+ ekranlari bilan jihozlangan. Ammo 2 million so’mdan arzon segmentda faqat HD ekranlar o‘rnatiladi.

Shuningdek, ro‘yxatimizdagi barcha smartfonlar yangilanish tezligi 90 Gts yoki undan yuqori bo‘lgan ekranlarga ega. Bu mezon ekran tasvirni tez o‘zgartirishini anglatadi. Tasvir yangilanishining tezligi foydalanish uchun muhimligi sababli qurilmalarni tanlashda ekranga alohida e’tibor qaratdik.

Protsessor. Foydalanish qulayligi protsessorning kuchiga bog‘liq. Protsessor telefonning barqarorligi, dasturlarni ishga tushirish va almashtirish tezligi uchun javob beradi. Arzon qurilmalardagi protsessorlarning aksariyati sekin ishlaydi. 

Quvvatni chastota va yadro soni bo‘yicha tushunish qiyin. Sotib olayotganingizda sharhlar yoki onlayn taqqoslashlarni izlash yaxshiroqdir. Eng keng tarqalgan test AnTuTu deb ataladi. Bu saytda arzon lekin yaxshi qurilmalar 250 000-300 000 ball oladi. Agar qurilmaning reytingi 200 000 balldan past bo‘lsa, u sekin ishlaydi va hatto telegram kabi oddiy ilovalarda ham sekinlashishi mumkin.

Operativ xotira. Bu mezon bir vaqtning o‘zida bir-biriga xalaqit bermasdan bir nechta dasturda ishlashni ta’minlaydi. Arzon smartfonlar uchun 2024-yilda operativ xotiraning minimal qulay hajmi 4 Gb ni tashkil qiladi. Ammo iloji bo‘lsa, 6 yoki 8 Gb operativ xotirali qurilmani tanlagan ma’qul.

Foto: niuxtech.ltFoto: niuxtech.lt

O‘rnatilgan xotira. 128 Gb yoki undan ko‘p xotiraga ega smartfonlarni tavsiya qilamiz. Arzon qurilmalar uchun minimal qulaylik chegarasi 64 Gb dan past. Agar telefoningizda ko‘plab fotosuratlar, musiqa va filmlarni saqlamoqchi bo‘lsangiz, 128 Gb yoki microSD xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydigan modellarni tanlang.

Kamera. Yuqori sifatli kamera modullari qimmat va kuchli protsessorni talab qiladi. Shu sababli, arzon smartfonlar o‘rta va yuqori darajadagi modellarga qaraganda yomonroq suratga oladi. Arzon Xitoy smartfonlarida ishlab chiqaruvchilar odatda byudjet modullar, oddiy linzalar va sodda ishlov berish algoritmlaridan foydalanadilar. Odatda, ko‘rsatilgan uchta linzadan faqat bittasi ishlatiladi.

Batareya quvvati. Bu mezon milliamper - soat, ya’ni "ma" bilan o‘lchanadi. Qiymat qanchalik katta bo‘lsa, smartfon shuncha uzoq vaqt ishlay oladi. Smartfon tanlashda 4500 dan 5000 ma-soatgacha bo‘lgan qiymatlarga e’tibor qaratish kerak. Shuningdek, ish vaqtiga ekranning yorqinligi va o‘lchamlari, protsessor kuchi va dasturiy ta’minot sifati ta’sir qiladi. Bir xil batareyalarga ega bo‘lgan ikki xil telefonning ishlash vaqti bir-biridan farq qilishi mumkin.

Xulosa

Biz 2024-yil aprel oyida hamyonbop va sifatli smartfonlar ro‘yxatini tuzdik. Ushbu ro‘yxatdagi barcha qurilmalar o‘z narxiga nisbatan muqobil funksiyalarni taklif qiladi. Biroq, tanlov qilishdan oldin, foydalanuvchilarning sharhlarini o‘rganishni tavsiya qilamiz. Chunki hatto bir xil xususiyatlarga ega smartfonlarda ham foydalanuvchi tajribasi farq qilishi mumkin. Yangi qurilmani tanlashda va sotib olishda shaxsiy ehtiyojlaringizni hisobga olishni unutmang.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi