Salomatlik
19 avgust
views116

Uy sharoitida kipriklarni o'stirish usullari

Kipriklar yaxshi o'sishi uchun ularni oziqlantirish kerak. Biz kipriklar o'sishi uchun bir necha samarali vositalarni tanladik.
article-image

Foto: seminar-beauty.ru

Kipriklarni o’stirish uchun o’sma moyi

Ekologik toza va tabiiy mahsulot bo'lib, kipriklar o'sishi uchun eng yaxshi tabiiy vositalardan biridir. Sharq mamlakatlarida o’sma moyi qadimdan, Buyuk ipak yo'li davridan beri, soch to'kilishini davolash, shikastlangan soch folekulalarini tiklash, bo'yash (buning uchun xuddi xina kabi maxsus aralashma tayyorlanadi) hamda qalinligini oshirish uchun ishlatiladi. Boshqalar ham bu vosita haqida bilishadi. Kipriklar va qoshlar o'sishini tezlashtirish uchun muvaffaqiyatli foydalanishadi. Hatto vaqtincha qo'llanish ham ajoyib natija beradi: kipriklar uzunroq, qoshlar esa qalinroq bo'ladi. Ba'zilar o’sma moyini soch niqoblariga bir necha tomchi qo'shishni tavsiya qilishadi – natija salon muolajalaridan keyingidek bo'ladi. O’sma moyining aniq afzalliklaridan biri shundaki, u hatto "uxlab yotgan" soch follikulalarini ham "uyg'otib", ularni o'sishga majbur qiladi.

Soch o'sishi uchun surma

Surma ming yillar oldin ham kipriklarni o'stirish va qalinlashtirish uchun tabiiy vosita sifatida ma'lum bo'lgan. Surma yana bir yaxshi, sinovdan o'tgan vositadir. Surma qadimgi Sharqda, miloddan avvalgi 3000 yil oldin ham ma'lum bo'lgan va uning yordamida mashhur sharqiy ko'z liniyalari chizilgan. Bezak xususiyatlaridan tashqari, surma qosh va kipriklarni yaxshi mustahkamlaydi, soch rangini yaxshilaydi hamda tabiiy antiseptik sifatida konyunktivit va boshqa ko'z kasalliklarini davolashda qo'llaniladi. Ikki xil varianti bor: ko'z qovoqlari uchun mo'ljallangan ko'rinishida (ko'pgina brendlar tomonidan taqdim etilgan) yoki har qanday tabiiy kosmetika do'konida kukun shaklida sotib olish mumkin.

Foto: ozon.ruFoto: ozon.ru

Kipriklar o'sishi va mustahkamligi uchun moylar asosidagi "kokteyllar"

Uy sharoitida tayyorlangan har qanday kipriklar tez o'sishi uchun vosita shunday "kokteyl" ga o'xshaydi. Mustaqil parvarish ishqibozlari uchun ajoyib variant. Eng yetakchisi – kastor moyi. Kastor moyi tarkibida biologik faol moddalar, shuningdek, palmitin, linoleik, stearin, olein va ritsinoleviy kislotalar, A va E vitaminlari mavjud. Moy soch follikulalari ichida modda almashinuv jarayonlarini normallashtiradi, sochlarni namlaydi va mustahkamlaydi, ularning to'kilishini oldini oladi. Bodom va zira moylari ham kastor moyidan ortda qolmaydi.

Mana shunday "kokteyl" ni sinab ko'ring: teng miqdorda kastor, bodom va zira moyini aralashtiring. Biroz isitib, kipriklaringizning o'rtasidan uchigacha surting, sochlarning asosiga va qoshlaringizga bir necha tomchi qoldiring. Qo'llash uchun kiprik tushi cho'tkasi, paxta tayoqchalari yoki maxsus cho'tkadan foydalaning. "Niqob" ni bir soatdan ko'proq ushlamang va yotishdan oldin yuvib tashlang. "Narx-sifat" nisbatida bunday kokteyllar kipriklar o'sishi uchun eng arzon vositalardir, shuning uchun tejashni istasangiz, ularga diqqat qiling.

Bodom yog'i bilan yanada go’zallashing
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi