Salomatlik
1 iyul
views124

Homiladorlarga foydali oziq-ovqat mahsulotlari

Ko'pchilik homilador ayollar "ikki kishi uchun" yeyishi, ya'ni odatdagidan ikki baravar ko'p ovqat iste'mol qilishlari kerak deb o'ylaydi. Ammo bu unchalik ham to'g'ri emas.
article-image

Foto: helpmylove.ru

Eng yaxshisi, ko'p miqdorda yangi sabzavotlar, mevalar, baliq, sut va sut mahsulotlari hamda yuqori sifatli yog'larni iste'mol qilishdir. Ko'p suyuqlik iching, eng yaxshisi suv yoki shakarsiz choy. Parhez tutmang va hatto diniy sabablarga ko'ra ham. Parhez va ro'zalar homiladorlarga zarar yetkazishi mumkin.

Homilador ayolning oziqlanishi turli-tuman bo'lishi, vitaminlar hamda minerallarga bo'lgan yuqori ehtiyojni qondirishi kerak. Ratsionga quyidagi mahsulotlarni qo'shish shart:

  • Qatiq va boshqa sut mahsulotlari;
  • Yangi sabzavotlar, ayniqsa, yashil va sariq;
  • Yog'siz parhez go'sht;
  • Jigar;
  • Dengiz baliqlari va dengiz mahsulotlari;
  • Tovuq va bedana tuxumlari;
  • Butun donli mahsulotlar, dukkaklilar;
  • Yangi meva va rezavorlar.

Ivitilgan sut mahsulotlari

Homiladorlik davrida ivitilgan sut mahsulotlari yangi sutga qaraganda ancha foydali. Ular ichak mikroflorasi va peristaltikasini yaxshilaydi. Har kuni tabiiy yogurt, yangi kefir va ayron iste'mol qilish, ich qotishidan qutulishga yordam beradi. Kam yog'li qatiq mahsulotlari, laktobakteriyalar yoki bifidobakteriyalar bilan boyitilgan bo’ladi.

Yog'siz tvorog homila suyak tizimini shakllanishi uchun zarur bo'lgan kalsiy manbaidir. Sut kazeinida jigar uchun foydali bo'lgan muhim aminokislota metionin mavjud. 100 gramm tvorogda taxminan 16-17 gramm oqsil mavjud. Bu parhez go'sht turlariga qaraganda (20-25 gramm) kamroq, ammo tvorog azotli moddalar miqdori kamroq bo'lganligi sababli yaxshiroq hazm qilinadi.

Foto: bondik-kids.ruFoto: bondik-kids.ru

Sabzavot va mevalar

Homilador ayol va kelajakdagi bola uchun ko'plab mikroelementlar, xususan:

  • Temir: temir tanqisligi anemiyasini oldini olish uchun
  • Sink: gestoz, homila tushishi xavfini kamaytirish uchun
  • Kaliy: shishlarni bartaraf etish uchun
  • Marganets: tog’ay va suyak to'qimalarini shakllantirish uchun

Bu mikroelementlar sabzi, qovoq, bulg'or qalampiri va ismaloqda ko'p miqdorda mavjud. Ular, shuningdek, beta-karotin (A vitamin manbai), S va E vitaminlari - kuchli tabiiy antioksidantlar hamda immunostimulyatorlarga boy. Ismaloq foliy kislotasi bo'yicha yetakchi bo'lib, u homilaning nuqsonsiz rivojlanishi uchun zarur. Sabzi ovqat hazm qilishni faollashtiradi, qovoq esa siydik haydovchi ta'sirga ega.

Mevalardan olma foydalidir. Ular homilaning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan moddalar majmuasini o'z ichiga oladi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, toksikoz paytida ko'ngil aynishini samarali bartaraf etadi. Qora smorodina, qulupnay, yovvoyi qulupnay, malina va boshqa mahalliy rezavorlar vitaminlar uchun ajoyib manbadir. Biroq, homilador ayollar ekzotik mevalardan iste’mol qilmasligi kerak. Ular yomon hazm bo'ladi va foyda keltirmaydi, ba'zilari esa allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Go'sht, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari

Homiladorlik davrida go'sht kerak, chunki bu oqsillar uchun asosiy manba, lekin yog'siz turlar bilan cheklanish va qizil go'shtdan voz kechish kerak. Foydali go'sht: quyon, kurka, uy tovuqlari (broyler emas), buzoq go'shti. Jigarli taomlar anemiyani oldini olish uchun iste'mol qilinishi kerak. Tuxumlar foydali xolesterin va homila uchun o'ndan ortiq muhim moddalarni o'z ichiga oladi, bu esa kelajakdagi onaga ko'ngil aynishi bilan kurashishda yordam beradi.

Dengiz mahsulotlarida homilaning miya va suyak tizimini shakllantirish uchun zarur bo'lgan moddalar mavjud, ular ko'rish qobiliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Baliqda go'shtga qaraganda biroz kamroq oqsil mavjud, lekin ular yaxshiroq hazm bo'ladi. Ko'pgina dengiz mahsulotlarida qon ko’paytiradigan moddalar mavjud, dengiz karami esa vitaminlar va mikroelementlar manbai bo'lishi bilan bir qatorda semirishning oldini olishda samarali vositadir.

Foto: flectone.ruFoto: flectone.ru

Dukkaklilar va donli mahsulotlar

Donli mahsulotlardan quyidagilar foydali:

  • Butun suli (yorma emas) - metabolizmni va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
  • Grechka - temir va qon tomirlarini mustahkamlaydigan rutinga boy
  • Qizil guruch - hujayralarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan 8 ta aminokislotalarni o'z ichiga oladi

Dukkaklilardan ratsionga yasmiqni qo'shish kerak, u foliy kislotasi va temirga boy.

Homiladorlik davrida ortiqcha ovqatlanish zararli, shuning uchun hatto eng foydali mahsulotlarni ham me'yorida iste'mol qilish kerak. Ba'zi mahsulotlarni iste'mol qilishda qarshi ko'rsatmalar mavjud bo'lib, ular surunkali kasalliklar, individual qabul qilolmaslik bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bularni ratsionni rejalashtirishda hisobga olish kerak.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi