Eng zo'r hamyonbop simsiz quloqchinlar
Har bir naushnik o'zining batareyasi, protsessori, simsiz antennasi, mikrofoni va, albatta, dinamigiga ega bo'lgan alohida qurilmadir. Bunday dizayn qulay va estetik ko’rinadi. Simli quloqchinlardan farqli o’laroq simlar chigallashmaydi va harakatga to'sqinlik qilmaydi. TWS naushniklari simli va Bluetooth modellariga qaraganda ancha murakkab. Shuning uchun, yuqori sifatli TWS quloqchinlar nisbatan qimmat turadi.
Quloqchinlarni qanday tanlash kerak?
Quloqchinlarni tanlashda nafaqat narxini, balki ularning brendi va dolzarbligini ham hisobga olish kerak. Yaxshi naushniklar milliondan ortiq narx turmasa ham sizning audio ehtiyojlaringizga javob berishi, qulay bo’lishi va ishonchli sifatga ega bo'lishi kerak.
Misol uchun, marketpleyslarda Samsung, Apple va Xiaomi kabi mashhur brendlardan tashqari 2009-yildan beri ishlaydigan hoco yoki 2011-yildan beri ishlaydigan borofone kabi texnika uchun aksesuar ishlab chiqaruvchi Xitoy kompaniyalari mavjud. Do‘konlarda albatta 50 ming so‘m yoki hatto undan ham arzon narxga simsiz naushniklarni topishingiz mumkin. Ushbu modellarni noma’lum ishlab chiqaruvchi kompaniya, audio kechikish va umumiy sifatsizligi sababli tavsiya eta olmaymiz.
To'g'ri tanlov qilish uchun foydalanuvchi sharhlari va ishlab chiqaruvchini qanchadan beri ishlashini hisobga olishingiz kerak. Naushnuk tanlayotganda, ularning narxi hamyoningizga og’ir kelmasligi muhimdir. Avvalo, simsiz quloqchinlar sizning hayotingizni osonlashtirish uchun yaratilgan, shuning uchun uning sotuvi sizga moliyaviy tashvishlarni qo'shishi noo’rin holat. Shularni hisobga olgan holda biz turli xil narx toifalarida eng zo’r naushniklar ro’yxatini tayyorladik. Agar siz hozirda naushniklarga katta mablag' sarflashni xohlamasangiz, hamyonbop byudjet modellariga e'tibor bering. Bizning ro'yxatimizdagi ba'zi modellarni taxminan 350 minggacha narxda sotib olish mumkin. Bu sifatli simsiz quloqchin uchun juda yaxshi narx.