Salomatlik
12 iyul
views206

Bolani erta uxlatishning foydalari

Uyqu - organizm uchun energiyani saqlab qolish, barcha jarayonlarni tiklash, jismoniy o'sishga ko'maklashish va aqliy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash imkoniyatidir. Kam uyquning eng keng tarqalgan oqibati kun davomidagi uyquchanlikdir. Bolalarda bu odatda bezovtalik, xulq-atvor muammolari, o'qishdagi qiyinchiliklar va yomon o'zlashtirish ko'rinishida namoyon bo'ladi.
article-image

Bolada uyqu rejimini shakllantirish bir necha bosqichga bo'linadigan jarayondir. Asosiy buzilishlarini yoshga bog'liq odatiy o'zgarishlardan ajratish unchalik oson emas.

Tungi uyqu davomiyligi

Ko'pgina kichik bolalar organizmi erta uyg'onishga moslangan, ya’ni ertalab soat 6:00 dan 8:00 gacha. Bu vaqt bolaning bioritmlari bilan belgilanadi. Ertalab uzoqroq uxlash qobiliyati odatda 4-5 yoshdan keyin paydo bo'ladi.

Farzandingiz qachon uxlab qolishidan qat’i nazar, ertalab bir vaqtda uyg'onishini payqaganmisiz? Ba’zi bolalarda ertalabki uyg'onish vaqti «qattiq belgilangan» va deyarli yotish vaqtiga bog'liq emas. Biroq, ularning kayfiyati bu vaqtga bog'liq: erta yotdi, uzoqroq uxladi - ertalab bola xursand va xotirjam; kech yotdi, tun qisqa bo'ldi - bola ertalab bezovta va asabiy.

4-6 oylikdan 3-7 yoshgacha bo'lgan bolalarda tungi uyquga ehtiyoj 10-12 soatni tashkil etadi. Agar bola erta uyg'onsa, kechqurun erta yotish yaxshi uxlashning bir usulidir.

Bolalar bog'chasi va maktab ham ertalab erta uyg'onishni talab qiladi - ertalab erta yotqizish tavsiyalari maktab o'quvchilari uchun ham dolzarbdir.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi