Anemiyani davolash uchun necha pul ketadi?
Ushbu maqolada biz sizga anemiya to‘g‘risida ko'proq ma'lumot berishni maqsad qilganmiz. Shu sababli nafaqat narxlarni, balki anemiyaning tavsifi, uning sabablari, belgilari, diagnostika va davolash usullarini ham to‘pladik. Agar sizning qiziqishingiz faqat narxlarga qaratilgan bo'lsa, tegishli bo'limga o'tib, maqolaning o'rtasidan o'qishni boshlashingiz mumkin
Anemiya o’zi nima?
Anemiya - bu tanadagi qizil qon tanachalari, ya’ni eritrotsitlar sonining kamayishi bilan bog'liq holat. Bu hujayralar kislorodni o‘pkadan organlar va to‘qimalarga olib boradi, shuningdek, karbonat angidridni olib tashlaydi. Buning uchun ular qonni qizil rangga aylantiradigan temir moddasi bo‘lgan gemoglobindan foydalanadilar. Qizil qon hujayralari soni kamayganda, tanamizdagi hujayralarda kislorod yetishmasligi boshlanadi, bu esa charchoq, zaiflik va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin. Anemiya bilan og‘rigan bolalar o‘z tengdoshlariga qaraganda sekinroq rivojlanishi mumkin, homilador ayollarda esa erta tug‘ish va zaif bola ko‘rish xavfi ortadi