Salomatlik
19 avgust
views234

Vitaminlar yetishmovchiligi va ularning o’rnini to’ldirish yo’llari

Biz kerakli vitamin va mikroelementlarning katta qismini oziq-ovqatdan olamiz. Organizmda vitamin yetishmasligi oqibatida ovqat hazm qilish, teri kasalliklari, suyak holati yomonlashuvi, hatto demensiyaning rivojlanishi bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi mumkin. Bugungi kunda 13 xil vitamin va ko'p turdagi vitaminga o'xshash moddalar ma'lum. Ularning har biri muayyan vazifalarni bajaradi.
article-image

A vitamini

Uning yetishmasligini tirnoqlardagi oq rangli chiziqlar bilan aniqlash mumkin. Ammo bu faqat birinchi belgi bo'lib, yana quruq teri, ajinlar, soch to'kilishi va infeksiyalar bilan og'rish ham kuzatiladi. Bundan tashqari gastrit, ko'rish muammolari, diareya va bronxitga olib keladi.

Uning o'rnini qanday to'ldirish kerak? Nafaqat sabzi va qizil-to'q sariq meva va sabzavotlar, shuningdek saryog', pishloq va tuxumda ham yetarli miqdorda retinol mavjud.

D vitamini

Ma'lumki, uning yetishmasligidan eng ko'p bolalar azob chekishadi. Raxit kasalligi va tayanch-harakatlanish tizimining yaxshi rivojlanmasligiga olib keladi. Kattalarda esa bu depressiyaning rivojlanishi, psixomotorika reaksiyalar buzilishi, xurujlar, qon bosimining oshishiga olib keladi. Bunday holatda yog'li baliq, treska balig'i jigari va sut yordam beradi.

E vitamini

Uning yetishmasligi nafaqat terining erta qarishiga, balki mushaklarning zaiflashishiga, shuningdek, reproduktiv funksiyaning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, ushbu vitaminning kamayib ketishi kapillyarlarning mo'rtligi va o'tkazuvchanligini oshiradi. Arpabodiyon, bodom, zaytun yog'i va ismaloqda mavjud.

Foto: theslide.ruFoto: theslide.ru

K vitamini

Uning yetishmasligi qon ivishiga salbiy ta'sir qiladi. Yana bir belgisi - milklarning qonashi va hech qanday sababsiz tanada ko'karishlarning paydo bo'lishidir. Ko'katlar, karam, sut va tvorog uning yetishmovchiligini qoplashga yordam beradi.

H vitamini

Agar organizmda biotin yetarli bo'lmasa, ko'ngil aynishi va til shishishi paydo bo'ladi, ishtaha yo'qoladi, holsizlik va depressiya kuzatiladi. Teri sezuvchanligi ortishi va mushaklarning og'rig'i ham kuzatiladi, soch va tirnoqlarning o'sishi to'xtaydi, dermatit va seboreya rivojlanishi mumkin. Jigar va tuxum sarig'ida juda ko'p miqdorda biotin mavjud.

C vitamini

U immunitet, kapillyarlarning holati va organizmning umumiy faolligi uchun javobgardir. Agar sizning infeksiyalarga moyilligingiz kuchaygan bo'lsa, milklaringiz qonashi va sekin tuzaladigan yaralardan shikoyatingiz bo'lsa, kunlik ratsioningizga nafaqat sitrus mevalarni, balki chakanda (oblepixa), qora smorodina, sarsabil (sparja), karam va qulupnayni ham kiriting.

B guruhi vitaminlari

B1 (tiamin). Uning yetishmasligi natijasida xotira yo'qolishi va asabiylashish paydo bo'ladi. Organizmning umumiy faolligi, apatiyaning yuzaga kelishi va oyoqlar sezuvchanligining pasayishi, shuningdek boldirlardagi og'riq paydo bo'lishiga e'tibor bering. Uning o'rnini urug'lar, yong'oqlar, undirilgan bug'doy va xamirturush yordamida to'ldirish mumkin.

B2 (riboflavin). Uning yetishmasligi anemiyaning asosiy sababidir. Bundan tashqari, uyqusizlik, tirishishlar va yurish bilan bog'liq muammolarga duch kelish mumkin. Lablardagi va burchaklaridagi yoriqlarga e'tibor bering.

B4. Uning yetishmasligi buyrak usti beziga salbiy ta'sir qiladi. Sochingizning holatiga e'tibor bering: sochlarning ko'p to'kilishi va erta oqarishi B4 yetishmasligining yaqqol namunasidir. Teri va ko'rish muammolari ham paydo bo'ladi. Bedana tuxumi va soya sizga yordam beradi.

B6. Ushbu vitamin yetishmasligi asosan teri muammolari shaklida o'zini namoyon qiladi. Bular husnbuzar toshishi, terining sho'rlashishi, qizarishi, seboreya. Bundan tashqari, tomoq og'riqlari (tonzillit), oyoq tirishishlari va depressiya ham shu vitamin yetishmasligidan darak beradi. Yetishmovchilikni yong'oq, yashil salat, banan, undirilgan bug'doy bilan to'ldiramiz.

B9. Anemiyaning yana bir sababi. Ovqatlanish ratsioniga dukkaklilar, yong'oqlar va bananni kiritamiz.

B12. Uning yetishmasligi ham anemiyaga olib kelishi mumkin. Jigar, go'sht, kurka go'shti va tuxum iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Foliy kislotasi. Uning yetishmasligi oshqozon-ichak kasalliklari va bepushtlikka sabab bo'ladi. Brokkoli, ismaloq va petrushkada mavjud.

Nikotin kislota

Nikotin kislotasi organizmda kamayganda, siz holsizlanasiz va ishtahangiz yo'qolishi mumkin. Kurka go'shti, oq qo'ziqorinlar va quyon go'shtida nikorin kislotasi mavjud.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi