Salomatlik
19 avgust
views398

Qorindagi yog'ni yo'qotishning eng samarali usullari

Eng muammoli zona - bu qorin, uni kamaytirish juda qiyin. Kelishgan qomatga intilgan holda, avval sonlar, qo'llar va yelka ozadi. Qorin esa organizmdagi kimyoviy jarayonlarga juda chidamli, shuning uchun orzu qilingan qomat va tekis qorin uchun ko'p kuch sarflash kerak bo'ladi.
article-image

Foto: svadbaforyou.ru

Qorin va yonboshdagi ortiqcha yog' nafaqat estetik masala, balki kasalliklar va boshqa o’zgarishlar rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Ortiqcha vaznga o'z vaqtida e'tibor berish, muammo bilan kurashni to’g’ri yondashuv bilan boshlash juda muhim. Aks holda u organizmdagi boshqa buzilishlarga olib kelishi mumkin. Qorinni tez yo'qotish usullarini va’da beruvchi keskin choralarni qo’llamaslikni maslahat beramiz. Kattalashgan qorinni yo'qotish uy sharoitida amalga oshirilgan taqdirda ham bu bo’yicha biror bilim va tushunchaga ega bo’lish zarur.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi