Salomatlik
19 avgust
views92

Bolani ovqatlantirishda tavsiyalar

Ko'p ota-onalar bolani ovqatlantirish muammosiga duch kelishadi. Ushbu kichik maqolada ovqat haqida so'z yuritiladi: bolani qanday, qachon va nima bilan ovqatlantirish kerakligi haqida.
article-image

Foto: mmkids.ru

Ko'pincha bolalar tanlab ovqatlanishadi. Ota-onalar nima qilishlari kerak? Axir bolani faqat uning sevimli ovqati bilan ovqatlantirish mumkin emas. Bola to'g'ri rivojlanishi uchun ovqat foydali va to'yimli bo'lishi kerak.

Quyidagi tavsiyalar ishtahani uyg'otish va ovqatga qiziqishni ko'paytirishga yordam beradi:

1. Gazaklar bermaslik. Ovqat qabul qilish oralig'ida har qanday gazaklarni va shirinliklarni bekor qilamiz. Ovqatlanish vaqti kelganda bola rostdan ham och bo'lishi kerak.

2. Rejimga rioya qilish. Bola hamma narsada, jumladan, ovqat qabul qilishda ham rejimga ega bo'lishi kerak. Bolangiz asta-sekin bir vaqtda ovqatlanishga o'rganadi va sizga ancha oson bo'ladi.

3. Jismoniy mashqlar. Tashqarida sayr qilgandan keyin bolaning qanday ishtiyoq bilan ovqatlanishini sezmaganmisiz?

4. Chiroyli taomlar. Faqat kattalar emas, bolalar ham chiroyli taomlarni yaxshi ko'radi. Bola ham ko'rimsiz ovqatni yeyishni xohlamaydi. Shuning uchun tasavvurni ishga solib, odatdagi taomlarni chiroyli qilib tayyorlash kerak. Bunda sizga maxsus bolalar likopchalari yordam beradi. Kosa yuzasida kulgili yuz rasmini chizish, sochlarini esa har qanday mahsulotlardan qilish mumkin.

5. Qiziqarli taomlar. To'g'ri ovqatlarni foydali mahsulotlardan tayyorlashni o'rganing va bolangiz ularni mamnuniyat bilan yeydi. Yorqin misol - brokkoli karam. Barcha ota-onalar bu karamning qanchalik foydali ekanligini bilishadi, lekin alohida u juda mazali emas va bola albatta undan voz kechadi. Shuning uchun uni boshqa sabzavotlarga qo'shib pyure qilib ko'ring yoki bolalar uni albatta rad etmaydigan sabzavotli quymoqlar tayyorlang.

6. Bolani qo'rqitmang. Bolaga tahdid qilish kerak emas: "Kashani yemasang, sayrga bormaymiz". Agar bola och bo'lmasa, bunday ovqatlanish janjallar, shikoyatlar yoki hatto qusishga olib keladi.

7. Ovqatlanish jarayoniga qiziqish uyg'otish. Agar bolada yoqtirmaydigan mahsulotlar bo'lsa, ehtimol, qiziqarli o'yin o'ylab topish kerak, shunda u o'z odatlarini unutadi. Agar bola yangi mahsulotlardan birortasini rad etsa, uni 10-15 marta taklif qilish kerak. Taklifni bir necha haftadan keyin takrorlash kerak.

Aytmoqchimanki, bolaning ovqatlanish samaradorligi nafaqat siz qanday tayyorlash va bu taomlarni qanday taqdim qilishingizga bog'liq. Bolaning moyilliklarini ham hisobga olish kerak. Masalan, kam ovqat yeydigan bolalar - ular haqiqatan ham juda oz yeyishadi, chunki tez to'yishadi. Ba’zi bolalar uchun taomning bezalishi muhim, uning ta’mi qanday ekanligi emas. Bolalarga energiya sarflashini ham inobatga oling. Shuning uchun agar bola ko'p va tez-tez multfilm ko'rishni yaxshi ko'rsa, u yaxshi ovqat yeyishini kutmaslik kerak.

Bolalar katta bo'lgani sari ularning taomga bo'lgan didlari ham o'zgaradi. Bu masalani barcha ota-onalar hisobga olishlari kerak. Bolani yoqtirmaydigan taomlar bilan majburan ovqatlantirishga harakat qilmang, bunday narsa hech qachon yaxshilik bilan bilan tugamaydi. Vaqti kelganda, u yangi xilma-xil ovqatlarni yeyishni boshlaydi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi