“Katta bolalar” mashinasiga pul yig‘amiz
Xalqimizda jentra shunchaki harakatlanish vositasi emas — shu rusumdagi avtomobil birinchi marta 2013-yilda chiqarilgan, lekin aynan 2022-yilda u xit darajada sotilib, “Katta bolalar”ni ajratib turuvchi belgiga aylangan.
2024-yilning yanvar oyidan boshlab katta bolalarning hayotida o'nglab bo'lmas hodisa yuz berdi — UzAuto Motors Chevrolet Gentra mashinalarini ishlab chiqarishni to'xtatishi haqida e’lon qildi, Gentra uchun ehtiyot qismlari tayyorlash bilan shug'ullangan zavodlar esa zamonaviy rusumlar bilan ishlashga yo'naltirildi.
Ikkinchi qo'l jentralarning narxi qancha?
Endi salondan yangi chiqqan mashinani sotib olib bo'lmaydi — shu yilning 26 iyulida kompaniya oxirgi jentrani oq yo'l bilan kuzatdi. Lekin qo'lni siltab ketishga hali erta, axir bunday yangilik birinchi marta chiqayotgani yo'q.