Chet eldan ko’chmas mulk sotib olish bo’yicha maslahatlar
Chet eldan kvartira sotib olishdan oldin nimalarni bilish kerakligi to’g’risidagi savollarga javob beramiz.
Chet eldan ko'chmas mulk sotib olish - jamg'armalarni saqlash va oshirish uchun samarali vosita bo'lishi mumkin. Lekin, bu juda murakkab masala bo’lgani uchun, sizga mutaxassislar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Bu mavzuni biroz tushunarli qilish va birinchi o’rinda nimalarga ahamiyat berishingiz kerakligi to’g’risida ma'lumotlarni to'pladik.
Chet eldan kvartira sotib olishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Chet eldan ko'chmas mulkni tanlashdan oldin birinchi qadam sotib olish maqsadini aniqlashdir: uyni yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolikni olish, passiv daromad yaratish uchun sarmoya kiritish yoki yashash uchun sotib olish mumkin.
Chet eldan kvartira sotib olayotganda bir nechta asosiy jihatlarni hisobga olish kerak.
- Birinchidan, tanlangan mamlakatning kelgusi yillarda iqtisodiy o'sish istiqbollarini o'rganish muhimdir. Iqtisodiy turg'unlik ko'chmas mulk bozoriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
- Valyuta kursining o'zgaruvchanligi tufayli yo'qotishlarni oldini olish uchun mamlakat valyutasining barqarorligini ham hisobga olish kerak
- Uy-joyga bo'lgan talabni baholash ham muhim omil hisoblanadi. Ko‘chmas mulk bozorining aholi va xorijiy investorlar orasida mashhurligi uning kelajakdagi istiqbollarini belgilashi mumkin.
- Agar kurort yo’nalishi bo’lgan maskanlardan ko'chmas mulk sotib olmoqchi bo’lsangiz, uy- joy likvidligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan norezidentlar bilan tuziladigan bitimlarning yuqori foizini hisobga olishingiz kerak.
- Sarmoyalarning katta oqimini endi jalb qilishni boshlayotgan hududlar uy-joy sotib olish uchun yaxshi tanlov bo’lishi mumkin, chunki bu, uyning qiymatining o'sishiga hissa qo'shishi mumkin.
- G'ayritabiiy darajada past narxlar yoki juda yuqori chegirmalarga ega bo'lgan shubhali takliflardan qochish kerak, chunki ular muammoli bo’lishi yoki firibgarlik sxemalari bo’lishi mumkin.
- Agentlik yoki quruvchi kompaniyani tanlashda ularning obro'siga, qachondan beri ishlashiga, avvalgi tuzilgan bitimlariga e'tibor berishingiz va ular haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz kerak.
- Uyni sotib olishdan oldin kommunal to'lovlar, soliq hajmi va uy-joylarni saqlash masalalarini ko'rib chiqish muhimdir.
Chet eldan ko'chmas mulk sotib olish tartibi
Chet elda mulk sotib olish murakkab jarayon, ammo to'g'ri rejalashtirish va tartibni tushunish uni ancha osonlashtirishi mumkin.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi