Plastik karta parolini hoziroq o'zgartirish kerakmi?
Facebook kompaniyasida ma'lumotlar bo'yicha mutaxassis (Data Scientist) bo'lib ishlaydigan Nik Berri, 3,4 millionta ommaga chiqib ketgan to'rt xonali parollarni tahlil qilgan. Uning tahliliga ko'ra, quyidagi 20 ta parol barcha parollarning 27% ulushini egallaydi, ya'ni eng keng tarqalgan parollar hisoblanadi:
1234 | 9999 | 1111 | 3333 |
0000 | 5555 | 1212 | 6666 |
7777 | 1122 | 1004 | 1313 |
2000 | 8888 | 4444 | 4321 |
2222 | 2001 | 6969 | 1010 |
2580 paroli ham juda keng tarqalgan, chunki u telefon klaviaturasida o‘rtada vertikal joylashgan bo‘lib, ko‘pchilik uchun qulaydir.
Shuningdek, 19 bilan boshlanadigan parollar ham keng tarqalgan, chunki ko‘pchilik tug‘ilgan yilini yoki kun/oyini parol sifatida tanlaydi, masalan, 1991 yoki 1908 kabi.
Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, XYXY formatidagi parollar, ya’ni takroriy parollar ham juda mashhur, masalan, 7070, 5050 va shunga o‘xshashlar.