Pul masalasi
8 aprel
views2K

Oyiga 600 000 so'mga yashash mumkinmi?

O‘zXDP yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov 2019 – yilda bo‘lib o‘tgan saylovoldi dasturida Toshkent shahrida oyiga 2,5 million so‘m maosh oladigan bitta boquvchi besh kishilik oilani bemalol boqishi mumkinligini aytib o‘tgan edi. Bu pulga iste’mol savatining 110-120 ta zarur mahsulotini sotib olish mumkinligini iqtisodchilar hisoblab chiqqanligini ta’kidlab o‘tgan.
article-image

Foto: iphones.ru

Keling, 2024-yilga kelib bir kishi 500.000 emas, inflyatsiyani hisobga olgan holda hech bo‘lmasa 600.000 ga yashay oladimi - yo‘qmi, ko‘rib chiqamiz. 

Bu ma’lumotlar yordamida siz, o‘z byudjetingizni tahlil qilib chiqishingiz va pulingizni tejash to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bir oylik oziq-ovqat narxi

Kundalik transport va gigiyena kabi xarajatlar mavjud bo'lsa-da, keling, eng muhim bo'lgan oziq-ovqat xarajatlariga to'xtalib o'tamiz.

Haftada bir marotaba bozorlik qilsangiz, 7 yoki 14 kunlik menyuni oldindan hisoblab, shunga yarasha mahsulotlarni sotib olgan ma’qul. Muddati tez tugaydigan mahsulotlarni faqat 2-3 kunda sotib olgan ma’qul, aks holda mahsulotlar isrof bo‘lishi xavfi bor.

Misol uchun bir kishiga 2 haftalik sog‘lom menyu uchun o‘rtacha ushbu mahsulotlar kerak bo‘ladi: (eng arzon go‘sht) 1,5 kilo tovuq go‘shti  - 100.000 so‘m, 2 kilo meva (barcha mavsum uchun eng arzon simirenko olma) - 35.000 so‘m, 20 ta tuxum -  47.000 so'm, 1 kilodan mavsumiy sabzavot (salat va ovqat uchun) - 40.000 so'm, 200 gr sariyog' - 15.000 so‘m, non va non mahsulotlari - 25.000 so‘m, 1 kilo guruch - 22.000 so‘m, 800 gramm makaron - 17.800 so‘m, yarim litr yog‘ - 11.800 so‘m.

Ushbu iste'mol savati minimum mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Shirinlik, sut mahsulotlari kabi qo‘shimcha kerakli oziq-ovqatlarni hisoblamagan taqdirimizda ham 2 hafta uchun bitta odamga o‘rtacha 353.600 so‘m ketadi. 4 hafta uchun esa eng kami 700.000 so'm.

Albatta bir oy faqat makaron, kartoshka, sabzi, piyoz bilangina ovqatlansa ham bo‘ladi. Shunda oyiga 500.000 so‘m sarflash mumkin.  Lekin bu sog‘lig‘ingiz uchun jiddiy stress bo‘lib, kelajakda dorilarga ko‘proq pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Uyda ovqatlanish arzonroqmi?

Solishtirish uchun poytaxtdagi o‘rtacha narxlarni olamiz. Agar kuniga 3 mahal ko‘chada ovqatlansangiz, uyda ovqatlanishga solishtirganda 3 baravar ko‘proq pul ketishi ehtimoli katta. 

Misol uchun odatiy oshxonada 1 mahal choy va non bilan biron ovqat olish o‘rtacha 38.000 so‘m tursa, uyda tayyorlangan ovqat narxi kuniga 38.000 va ba’zida bundan ham kamroq chiqishi mumkin. Biz taxminan 4 ta porsiya uchun mastava tayyorlashga ketadigan masalliqlarning narxini hisobladik. Bir porsiya mastavani uyda tayyorlash taxminan 7000 turadi.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi