Pul masalasi
30 oktabr 2024
views970

Nomingizga birovni xorijiy xaridlari rasmiylashtirilganini qanday bilish mumkin?

So‘nggi paytlarda ko‘p fuqarolar o‘z nomlariga xorijiy internet-do‘konlardan hech qachon buyurtma qilmagan tovarlar rasmiylashtirilayotganini aniqlashmoqda. Bu holat kelajakda qo‘shimcha xarajatlar va bojxona to‘lovlariga olib kelishi mumkin. Buni qanday tekshirish mumkinligi haqida quyida batafsil ma’lumot beramiz.
article-image

Foto: megagroup.ru

Nomingizga xarid borligini qanday tekshirish mumkin?

Potrebitel.uz hamjamiyatidagi foydalanuvchilar, yagona portal orqali o‘z nomlariga yozilgan noma'lum xaridlarni aniqlab, quyidagicha fikr bildirganlar:

My.gov.uz saytiga kirdim, qarasam, mening nomimga Qozog‘iston va AQShdan buyurtmalar tushgan. Kim mening ma’lumotlarimdan foydalanmoqda?

Bunday holatlar quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin:

  • Shaxsiy ma'lumotlaringiz himoyalanmagan saytlar yoki tizimlar orqali firibgarlarga tushib qoladi.
  • Yuk tashish kompaniyalari yoki bojxona tizimidagi xatoliklar tufayli buyurtmalar begonalar nomiga rasmiylashtiriladi.
  • Ayrim firibgarlar o‘z faoliyatlarini yashirish yoki soliq to‘lovlaridan qochish maqsadida xaridlarni boshqa odamlar nomiga buyurtma qiladi.

Bojxona orqali sizga tegishli bo‘lmagan xaridlarni my.gov portalida tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  1. ONE ID orqali tizimga kiring.
  2. “Bojxona” bo‘limiga o‘ting va “Jismoniy shaxsga kelayotgan xalqaro pochta jo‘natmalari” xizmatini tanlang.
  3. “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosing.

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, natijani avtomatik ravishda ko‘rishingiz mumkin.

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi