Lifehack
12 sentabr
views342

Uy interyeridagi eng qimmat xatolar

Zamonaviy interyer dizayni ko‘pincha Instagram va Pinterest kabi ijtimoiy tarmoqlardagi jozibador suratlardan ilhomlanib shakllanadi. Ushbu suratlar bizga chiroyli ta’mir va bezaklarni taklif qilsa-da, amalda ular ko‘pincha noqulay yoki ortiqcha xarajatli bo‘lib chiqadi. Ba’zan bu yechimlardan voz kechish yoki ularni boshqa maqbul yo‘l bilan amalga oshirish foydali. Keling, tashqi ko‘rinishi jozibador bo‘lsa-da, amaliy jihatdan samarasiz bo‘lgan interyer g‘oyalari va ularni qanday alternativ usullar bilan hal qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
article-image

Foto: capiton-mebel.ru

Interyerdagi xatolar

Oshxona

Oshxonani ta'mirlashda mebel va pardozlash bilan birga, rakovina, javonlar va boshqa elementlarning ko‘rinishi va joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. 

Kichik oshxonada orol joylashtirish

Oshxona oroli — bu oshxona mebel garniturining alohida elementi bo'lib, u bir nechta vazifalarni bajaradi: ovqat tayyorlash, idish-tovoq saqlash, yuvish yoki ovqatlanish joyi sifatida xizmat qiladi. So'nggi yillarda oshxona oroli trendi katta va keng oshxonalar bilan bir qatorda ommalashib bormoqda. Orol oshxonaning asosiy jarayonlariga jalb qilinishi va oshxona o'lchamlariga mos bo'lishi, hamda oshxona garniturga simmetrik joylashtirilishi kerak. Mazkur trend keng tarqalgani sababli, ko'pchilik kichik oshxonalarga ham orol o'rnatishni xohlaydi.

  • Muammo: Kichik oshxonada orol qo'shilishi joyning torayishi va noqulaylikka olib keladi.

Kichik oshxonada o‘rnatilgan orol harakatlanishni qiyinlashtiradi. Foto: keramogranit.ruKichik oshxonada o‘rnatilgan orol harakatlanishni qiyinlashtiradi. Foto: keramogranit.ru

  • Yechim: Agar oshxona oroli juda zarur bo'lsa, ovqatlanish stolini orol bilan almashtirish tavsiya etiladi. Bu holda, stullar orolning balandligiga mos ravishda balandroq bo'lishi lozim.

Nisbatan kichik xonada oshxona orolini shunday joylashtirish kerakki, u ovqatlanish stoli vazifasini ham bajarsin. Foto: s-m-r.ruNisbatan kichik xonada oshxona orolini shunday joylashtirish kerakki, u ovqatlanish stoli vazifasini ham bajarsin. Foto: s-m-r.ru

Oyna oldidagi moyka

Oyna oldiga moyka o‘rnatish ko‘plar uchun jozibali tanlov bo‘lib, idish-tovoq yuvishda tashqi manzaradan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Ushbu dizayn estetik jihatdan zamonaviy ko‘rinadi va amerikacha dizaynlardan ilhomlangan. Biroq, bunday joylashuv amaliy jihatdan noqulay va qo‘shimcha yechimlarni talab etadi.

Muammolar:

  • Oynani ochishdagi qiyinchiliklar: Kran oynaning oldida joylashgan bo'lsa, bu oynani ochishga xalaqit qiladi.
  • Isitish tizimi: Odatda, oynaning tagida isitish radiatori joylashgan bo'ladi. Agar bu joyga moyka o'rnatilsa, radiatordan voz kechish yoki uni boshqa joyga ko'chirish kerak bo'ladi, bu esa qo'shimcha xarajat va vaqt talab etadi.
  • Quritish joyi: Agar moyka ustiga idish-tovoq quritish moslamasini o'rnatmoqchi bo'lsangiz, oyna bu joylashuvga to'sqinlik qiladi.
  • Tozalash va qulaylik: Kran sachratadigan suv tomchilari oynani tez-tez tozalashni talab qiladi, bu esa qo'shimcha vaqt va mehnat talab qiladi. Shuningdek, kechasi idish yuvishda qorong‘i oynaga qarash noqulaylik tug'diradi.

Yechim:

  • Agar bunday dizaynni qo‘llashni rejalashtirsangiz, uni ta'mir yoki qurilishning dastlabki bosqichlarida rejalashtiring, bu sizga muhandislik tizimlarini to‘g‘ri hisoblash va noqulayliklarni oldini olish imkonini beradi.
  • Kranning balandligini va joylashuvini o‘lchab tanlang, oynani ochish oson bo‘lsin.
  • Quritish moslamasini boshqa joyga qo‘yish yoki oynani boshqa dizayn elementlari bilan uyg‘unlashtirishni ko‘rib chiqing.
  • Oynani himoya qilish uchun suv tomchilaridan himoya qiluvchi jalyuzi yoki pardalarni o‘rnating.

To‘g‘ri tanlangan jalyuzi va o‘lcham oyna oldidagi moykadan foydalanishni ancha qulay qiladi. Foto: 38rosta.ruTo‘g‘ri tanlangan jalyuzi va o‘lcham oyna oldidagi moykadan foydalanishni ancha qulay qiladi. Foto: 38rosta.ru

Burchakdagi moyka

Burchakka moyka joylashtirish — kichik oshxona maydonidan maksimal foydalanish uchun qo'llaniladigan usullardan biri.  

Burchakdagi moykaning ko‘rinishi. Foto: sosnova.ruBurchakdagi moykaning ko‘rinishi. Foto: sosnova.ru

  • Muammo: Burchakda joylashgan moykadan foydalanish noqulaylik tug‘diradi. 
  • Yechim: Qulay oshxona dizaynini yaratish uchun moykani burchakka joylashtirmaslikni tavsiya etamiz. 

Shuningdek, stol usti qoplamasini moykaning burchaklarining ustki qismi bo'ylab yopishtirib, yanada estetik va funksional ko‘rinishga erishishingiz mumkin.

Moyka ustidan stol qoplamasini joylashtirish.Moyka ustidan stol qoplamasini joylashtirish.

Hammom va santexnika

Hammom va santexnika elementlari ko‘pincha bir xil bo‘lsa-da, rang, shakl va joylashuv orqali ularni o‘ziga xos uslubda yaratish imkoni mavjud. 

Qora rangli santexnika

Qora rangli santexnika, xususan, qora unitazlar yoki rakovinalar eksklyuziv ko'rinish yaratish maqsadida ko'plab dizaynerlar tomonidan tanlanadi. Ular hammom va oshxonalarda stilistik jihatdan ajralib turuvchi elementlar sifatida ham qo'llaniladi.

  • Muammo: Qora unitazlarda, ayniqsa, suvda mavjud bo'lgan minerallar va ifloslanishlardan hosil bo'lgan dog'lar va cho'kindi izlari yaqqol ko'rinadi.

Qora santexnika ustida dog'lar va kirlar yanada aniqroq ko'rinadi. Foto: novate.ruQora santexnika ustida dog'lar va kirlar yanada aniqroq ko'rinadi. Foto: novate.ru

  • Yechim: Qora santexnikani tanlashdan oldin, parvarishga tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling. Shuningdek, kir va dog'lar tez yuviladigan silliq yuzali santexnikalarni tanlashga harakat qiling, bu tozalash jarayonini osonlashtiradi.

Silliq yuzaga kir va dog'lar singmaydi, shuning uchun santexnika qora rangda bo'lsa ham, oson tozalanadi. Foto: hitsant.ruSilliq yuzaga kir va dog'lar singmaydi, shuning uchun santexnika qora rangda bo'lsa ham, oson tozalanadi. Foto: hitsant.ru

Tekis pastki qismli rakovina

Tekis pastki qismli rakovinalar ko'pincha zamonaviy dizaynga ega oshxonalarda qo'llaniladi. Ular o'zining minimalistik ko'rinishi bilan ajralib turadi.

  • Muammo: Pastki qismning tekisligi suvning to'liq chiqib ketishini qiyinlashtiradi, natijada rakovina ichida suv yig'ilib qoladi. Bu esa dog'lar va kir izlarining paydo bo'lishiga olib keladi. 

Suv ketmaydigan rakovinada turgan suv vaqt o‘tishi bilan yuvilmaydigan dog'lar paydo bo'lishiga olib keladi. Foto: otzovik.comSuv ketmaydigan rakovinada turgan suv vaqt o‘tishi bilan yuvilmaydigan dog'lar paydo bo'lishiga olib keladi. Foto: otzovik.com

  • Yechim: Rakovina tanlashda, pastki qismning yengil qiyalikka ega bo'lishiga e'tibor qarating. Qiya pastki qism suvning oqib ketishini ta'minlaydi. 

Rakovina tekis pastki qismining qiyaligi suv turib qolmasligini ta’minlaydi. Foto: russian.alibaba.comRakovina tekis pastki qismining qiyaligi suv turib qolmasligini ta’minlaydi. Foto: russian.alibaba.com

Ostonasiz dushxona

Ostonasiz dushxonalar estetik jihatdan juda jozibali ko'rinadi. Bunday uslub minimalistik dizaynni afzal ko'rganlar orasida mashhur bo'lib, hammomga kenglik qo'shadi.

Foto: i-glass.proFoto: i-glass.pro

  • Muammo: Dush qabul qilgandan keyin hammom polida suv to'planishi va har doim ko'lmaklar hosil bo'lishi xavfi mavjud. Bu nafaqat noqulay, balki silliq yuzalarda xavfli ham.
  • Yechim: Agar ostonasiz dushxonani afzal ko'rsangiz, pol sathida kichik bir nishab yoki polni o'zini qiya qilishni o'ylab chiqing. Bu suvning oqib ketishini ta'minlab, ko'lmaklarlarni oldini olishga yordam beradi.

Rakovinadagi kabi, dush polining qiyaligi ham suvning to‘planib qolishini oldini oladi. Foto: aquamir.ruRakovinadagi kabi, dush polining qiyaligi ham suvning to‘planib qolishini oldini oladi. Foto: aquamir.ru

Suvli quritgichlar

Hammomlarda quritgichlar sochiqlarni har doim quruq saqlash va qulaylik yaratish uchun keng qo'llaniladi. Agar uyda markaziy isitish tizimi mavjud bo'lsa, odatda suvli quritgichlar tanlanadi, chunki ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimga ulanadi. Ko‘pchilik elektr quritgichlar ko‘p energiya sarflaydi deb hisoblab, tejamkorlik uchun suvli quritgichlarni afzal ko'radi.

Foto: shsl.ruFoto: shsl.ru

  • Muammo: Santexniklar bunday qurilmalarda bosim tufayli haroratni boshqarish moslamalarini qo'llashni tavsiya etmaydilar, shuningdek, quritgich konturida suvning erkin oqishini ta'minlash kerak. Suv oqimining to'silishi yoki to'xtashi quritgich ichida korroziyaga olib keladi. Bundan tashqari, issiq suv ta'minoti barqaror bo'lmasa yoki suv harorati keskin o'zgarib tursa, metallning kengayishi va torayishi natijasida quritgich tezda eskiradi va xizmat muddati qisqaradi.
  • Yechim: Ushbu muammolarni oldini olish uchun elektron quritgichlarni o'rnatgan ma'qulroq. Elektron quritgichlar haroratni barqaror saqlash va suv ta'minotiga bog'lanmagan holda ishlash imkoniyatiga ega.

Bir hil balandlikdagi kran va oynalar

Rakovina orqasiga oyna o‘rnatish orqali xonani vizual kengaytirish mumkin. Bu dizayn usuli ko‘pincha kichik xonalarni kengroq ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.

Odatda oyna krandan balandroq o‘rnatiladi, ammo ularni bir xil balandlikda joylashtirish trendga aylanmoqda. Foto: all4bath.ruOdatda oyna krandan balandroq o‘rnatiladi, ammo ularni bir xil balandlikda joylashtirish trendga aylanmoqda. Foto: all4bath.ru

  • Muammo: Oyna suv tomchilaridan tezda ifloslanib, dog‘lar paydo bo‘ladi, bu esa tez-tez tozalashni talab qiladi va uyning umumiy ko‘rinishini buzishi mumkin.
  • Yechim: Oynani suv tomchilaridan himoya qilish uchun uni yuqoriroq o‘rnatish orqali suv sachrashining oldini olish mumkin. Shuningdek, avtomobil oynalari uchun ishlatiladigan maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu vositalar oynaning yuzasida himoya qatlami hosil qilib, suv tomchilarini sirpantiradi, ifloslanishni kamaytiradi va tozalash jarayonini osonlashtiradi.

Yashash xonalari va koridorlar

Koridor va yashash xonalari uyga kirganda birinchi e’tiborni tortadigan joylar bo‘lib, nafaqat uy egalari, balki mehmonlar ham ularni baholaydi. Shu sababli, bu xonalarni chiroyli bezash va maydonini kengroq ko‘rsatish istagi tug'iladi. 

Koridor va xonani birlashtirish

Koridor va xonani birlashtirish — bu ko'pchilikni qiziqtirayotgan trend. Ayniqsa yangi qurilgan uylarda har bir kvadrat metr qadrli bo'lganligi sababli, ko'pchilik yashash maydonini maksimal darajada saqlab qolishni xohlaydi. Koridor, odatda, yashash uchun emas, balki faqat bir nuqtadan ikkinchisiga o'tish uchun mo'ljallangan joy hisoblanadi. Shu sababli, ba'zilar bu usul orqali umumiy maydonni kengaytirishni afzal ko'rishadi.

  • Muammo: Bunday birlashtirish natijasida mustaqil xonani o'tish joyiga aylantirib qo'yish xavfi mavjud. Ayniqsa, yotoqxona yoki ish xonasini koridor bilan birlashtirish noqulayliklarga olib keladi, chunki xonadagi qulaylik va sokinlik buziladi.
  • Yechim: Agar koridorni xonaga birlashtirish zarur bo'lsa, bu usul faqat mehmonxona bilan amalga oshirilishi kerak. Shu bilan birga, turli zonalarni ajratish uchun yarim balandlikdagi devorlar yoki stellaj qo'llash tavsiya etiladi. Bu yondashuv orqali umumiy maydon kengayadi, lekin xonaning mustaqilligi saqlanib qoladi.

Agar koridor va yashash xonasi bir joyda bo‘lsa, ularni bar peshtaxtasi bilan ajratib, kenglik hissini yo‘qotmasdan chegaralarni belgilash mumkin. Foto: m-strana.ruAgar koridor va yashash xonasi bir joyda bo‘lsa, ularni bar peshtaxtasi bilan ajratib, kenglik hissini yo‘qotmasdan chegaralarni belgilash mumkin. Foto: m-strana.ru

Ichki surma eshiklar 

Uy ichidagi surma eshiklar nafis dizayni va joyni tejash imkoniyati bilan ko'pchilikka manzur bo'ladi. Ular interyerga yengillik va ochiqlik qo'shib, mashhur tanlovga aylanmoqda. Bu trend Yaponiyadan kelib chiqqan bo'lib, uning maqsadi kichik joylarda ham qulaylikni ta'minlashdir. 

  • Muammolar:
    • Ovoz izolyatsiyasi va qulflanmaslik: Surma eshiklar to'liq ovoz izolyatsiyasini ta'minlamaydi va har doim ham qulf bilan yopilmaydi, bu esa xonadagi shaxsiy hayotga halaqit qiladi.
    • O'rnatish talablari: Surma eshiklar ko'pincha devorga o'rnatiladigan maxsus kasseta talab qiladi, bu esa ta'mirlash jarayonida amalga oshirilishi kerak. Agar xonadon kapital ta'mirdan o'tgan bo'lsa, bu kassetani o'rnatish ancha murakkab.
    • Chang bilan bog'liq muammolar: Eshik uchun mo'ljallangan kasseta ichiga chang yig'iladi, bu changni tozalash deyarli imkonsiz bo'lib, astma kasalligi bilan og'riganlar uchun zararli ta'sir ko'rsatadi.
  • Yechim: Agar to'liq ovoz izolyatsiyasi va xonani qulflash imkoniyati kerak bo'lsa, surma eshiklarni an'anaviy eshiklar bilan kombinatsiya qilsa bo'ladi. Masalan, yotoqxona yoki ish xonasi kabi shaxsiy xonalar uchun an'anaviy eshiklarni tanlab, umumiy joylarda surma eshiklardan foydalansa bo'ladi.

Mexmonxonaga kassetasiz surma eshiklarni o‘rnatish mumkin, bu uy a’zolariga noqulaylik tug‘dirmasdan dizaynni yengillashtiradi. Foto: okna-const.ruMexmonxonaga kassetasiz surma eshiklarni o‘rnatish mumkin, bu uy a’zolariga noqulaylik tug‘dirmasdan dizaynni yengillashtiradi. Foto: okna-const.ru

Uslub va materiallar

Uy egalari ta’mirni boshlaganlarida ham estetik jihatdan chiroyli ham qulay dizayn yaratishni maqsad qilishadi. Shu bilan birga, tanlangan uslub va materiallar amaliy bo‘lishi ham muhim. 

Arzon minimalizm

Minimalizm hozirda interyerda ommalashib borayotgan trend bo'lib, uning soddaligi va tozalikni saqlash qulayligi ko'pchilik tomonidan qadrlanadi. Internet va dizayn dasturlarida minimalizm uslubidagi suratlar chiroyli va jozibador ko'rinadi. Biroq, bu ko'rinishlar ko'pincha yuqori sifatli va qimmat materiallar yordamida yaratiladi.

  • Muammo: Arzon materiallardan foydalanganda, minimalizm o'ziga xos nafisligini yo'qotib, odatiy, bezaksiz ofisga o'xshab qolish ehtimoli yuqori. описание: oddiy ofisning ko'rinishi
  • Yechim: Agar minimalizm uslubini tanlasangiz va byudjetingiz cheklangan bo'lsa, avvalo yuqori sifatli materiallarga mablag' ajratishni tavsiya etamiz. Dastlab minimal sharoitda yashashingizga to'g'ri kelsa ham, vaqt o'tishi bilan sifatli mebel xarid qilib, qimmat ko'rinishga ega minimalizmni yarata olasiz.

Mebelsiz, lekin yaxshi ta’mirlangan interyer — minimalizmning birinchi bosqichi.

Dekorativ uslublarning ortiqchaligi

Interyer dizaynida turli xil dekorativ uslublarni aralashtirish keng tarqalgan trendga aylanmoqda. Ko'pchilik bitta devorda bir nechta dekorativ elementlarni qo'llab, xonaga o'ziga xoslik va boylik qo'shishga intiladi. Murakkab va boy bezaklar, shuningdek, restoran va kafelarda ham ko'p qo'llaniladi, chunki bunday joylar jamoat e'tiborini tortishi kerak. 

  • Muammo: Bir nechta dekorativ uslublarni bir joyda qo‘llash xonani vizual ravishda ortiqcha yuklab, uning kenglik hissini yo‘qotadi, uslubiy disgarmoniyaga olib keladi va xonani tartibsiz ko‘rinishda qoldiradi.
  • Yechim: Bir nechta fakturalarni, masalan, beton, shisha va yog'ochni birlashtirishda, ularni minimalistik ranglarda tanlash tavsiya etiladi. Bu yondashuv interyerda uyg'unlikni saqlashga yordam beradi va maydonni vizual jihatdan ortiqcha yuklamaydi. 
  • Bezak qo'shishni rejalashtirayotganda, faqat bitta devorni yorqin rangda ishlash maqsadga muvofiqdir.

Agar devorlar uchun asosiy rang sifatida kulrang yoki oq kabi neytral tonlarni tanlasangiz, bir devorni yorqin ranglarda bo‘yash yoki rasmlar bilan bezatib, interyerni jonlantirishsa bo'ladi. Foto: 25252298.84167.ruAgar devorlar uchun asosiy rang sifatida kulrang yoki oq kabi neytral tonlarni tanlasangiz, bir devorni yorqin ranglarda bo‘yash yoki rasmlar bilan bezatib, interyerni jonlantirishsa bo'ladi. Foto: 25252298.84167.ru

Mat bo'yoq

Mat bo'yoq bilan bo'yalgan devorlar trendi oxirgi yillarda tobora ommalashib bormoqda, chunki mat bo'yoqlar devorlarning teksturasini namoyish etishga va yorug'likni yumshoq tarqatishga yordam beradi. Ayniqsa, minimalistik va skandinaviya uslubidagi interyerlarda mat ranglar keng qo'llaniladi.

Mat uslubidagi devor. Foto: decorazza.ruMat devor. Foto: decorazza.ru

  • Muammo: Mat bo'yoq bilan bo'yalgan devorlar dag'al yuzaga ega bo'lib, ularga tez-tez tegilganda bu dag'allik yo'qoladi va sirt yaltirab qoladi. Bu, ayniqsa, devorlar to'q ranglarda bo'lganda sezilarli bo'ladi. Natijada, yuzalarning dastlabki jozibasi yo'qoladi.
  • Yechim: Agar to'q rangli interyerni rejalashtirayotgan bo'lsangiz va devorlarning uzoq vaqt davomida chiroyli ko'rinishini saqlashni istasangiz, satin yoki yaltiroq bo'yoqlardan foydalaning. Satin bo'yoqlar mat va yaltiroq yuzalar orasidagi balansni ta'minlaydi va tozalashni osonlashtiradi. Agar mat bo'yoqni tanlashni ma'qul ko'rsangiz, devorlarni faqat dekorativ element sifatida ishlatilishiga e'tibor bering va ularga iloji boricha kamroq tegishga harakat qiling. 

Satin ya’ni jiloli devor qoplamalarining aksariyat turlarini suv bilan ham tozalasa bo'ladi. Foto: uleoparda.ruSatin ya’ni jiloli devor qoplamalarining aksariyat turlarini suv bilan ham tozalasa bo'ladi. Foto: uleoparda.ru

Yoritish tizimlarining ko'pligi

Yoritish guruhlarini ko'paytirish, ya'ni uyda bir nechta yoritish zonalari yaratish interyerlarda keng qo'llaniladi. Bu dizaynda yoritishni turli holatlarda sozlash imkonini beradi.

Foto: magass.ruFoto: magass.ru

  • Muammo: Yoritish guruhlari ko‘payganda, ularni boshqarish murakkablashishi mumkin. Uchtadan ortiq yoritish guruhlari bo‘lsa, kerakli tugmani topish qiyinlashadi. 
  • Yechim: Yoritish guruhlari soni uchtadan oshsa, ularni aqlli uy tizimiga ulash tavsiya etiladi. Aqlli uy tizimi yordamida barcha yoritish guruhlarini markazlashgan boshqaruv orqali qulay nazorat qilinadi.

Rejasiz ta'mirlash va materiallarni oldindan sotib olmaslik

Uy egalarida ta’mirni o‘zlari bajarishga ishtiyoq paydo bo‘lishi tabiiy, chunki bu uyni shaxsiy didga moslab bezash va ijodiy yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. Ammo, rejasiz ta’mirlash ko‘pincha kutilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Dastlabki reja yo‘qligi sababli, devorlar, pol qoplamalari yoki elektr simlarini yangilash kabi muhim ishlar o‘z vaqtida bajarilmaydi. Bundan tashqari, agar materiallar oldindan sotib olinmasa, ularning yetkazib berilishi uzoq cho‘zilishi mumkin, bu ta’mir jarayonining uzluksiz kechishiga to‘sqinlik qiladi.

Foto: m-strana.ruFoto: m-strana.ru

  • Muammo: Rejasiz va materiallar tayyorgarligisiz boshlangan ta’mir ko‘pincha sifat va estetika jihatidan qoniqarsiz natijaga olib keladi. Material yetishmovchiligi sababli arzon yoki past sifatli mahsulotlardan foydalanishga majburiyat tug‘iladi, bu esa umumiy dizaynni buzishi mumkin.
  • Yechim: Ta’mirni boshlashdan oldin aniq reja tuzish, materiallarni belgilash va mutaxassislar bilan maslahatlashish zarur. Bu xarajat va vaqtni tejab, natijaga qoniqish imkonini beradi. Jarayon uzluksiz davom etishi uchun materiallarni oldindan sotib olib, yetkazib berish jadvalini tuzish va tajribali boshqaruvchi (prorab) bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Silliq pol qoplamasi

Silliq pol qoplamalari interyerga yorqinlik qo'shadi. Bunday pol yorug‘likni aks ettirib, xonani kengroq qilib ko'rsatadi.

Foto: airbnb.ruFoto: airbnb.ru

  • Muammo: Agar xonada havo nam bo'lsa yoki polga suv tomchilari tushsa, pol juda sirpanchiq bo'lib qoladi. Bu, ayniqsa, koridor, oshxona yoki hammom xonalariga tegishli. Bunday holatlar sirpanish va jiddiy jarohatlarga olib kelishi mumkin.
  • Yechim: Bunday polni nam joylarda ishlatishdan oldin, sirpanishga qarshi qoplamalar yoki maxsus gilamchalardan foydalanish kerak. Silliq pol qoplamasini quruq va kam namlanadigan xonalarda, masalan, yashash xonasi yoki yotoqxonada ishlatish yaxshiroq.

Aqlli uy tizimi

Aqlli uy tizimlari zamonaviy hayotda qulaylik yaratishda katta rol o‘ynamoqda va tobora ommalashmoqda. Ayniqsa, Alisa kabi ovozli yordamchilarni turli qurilmalarga integratsiya qilinmoqda.

Foto: goodimages.ruFoto: goodimages.ru

  • Muammo: Ba’zan aqlli uy tizimlari kutilganidek hayotni osonlashtirmasdan, aksincha, uni murakkablashtiradi. Ko'pincha bu tizimlar texnologik imkoniyatlarni namoyish qilish uchun o'rnatiladi, ammo ko'plab funksiyalari deyarli ishlatilmaydi. Foydalanuvchilar sharhlariga ko'ra, ular asosan yorug'lik va pardalarni boshqarish funksiyalarini muntazam qo'llaydilar.
  • Yechim: Aqlli uy tizimini o'rnatishda barcha jarayonlarni oldindan sinchiklab o'ylab chiqish va faqat haqiqatan kerak bo'lgan funksiyalarni tanlash muhim.

Mebel va planirovka

Mebel va planirovka tanlovi uy interyerining umumiy ko‘rinishi va qulayligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Uyning har bir burchagi o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi, shu bilan birga estetik jihatdan ham zavq bag‘ishlashi kerak. 

Push-to-Open mexanizmi

Dastaksiz fasadlar interyerda mashhur bo'lib, minimalizmni qo'llab-quvvatlaydi. Shu sababli, ko'pchilik push-to-open (bosib ochish) mexanizmini tanlab, dastaklarsiz fasadlarni afzal ko'rmoqda.

Foto: wallegro.ruFoto: wallegro.ru

  • Muammo: Zamonaviy ko'rinishi mumkin bo'lgan ushbu tizimning kamchiligi shundaki, eshiklarni ochish va yopish uchun ko'proq harakat talab qilinadi. Shuningdek, bu mexanizmlar juda sezgir bo'lib, har qanday yengil tegishda ham ochilib ketishi mumkin. Bundan tashqari, tor javonlar uchun bu mexanizmlar mos emas, chunki ular joyni yanada toraytirib, foydalanishni qiyinlashtiradi.
  • Yechim: Push-to-open mexanizmlarini faqat yuqorida joylashgan yoki kamdan-kam foydalaniladigan joylarga o'rnatishni tavsiya etamiz. Tor yoki tez-tez foydalaniladigan javonlar uchun esa an'anaviy dastakli fasadlarni tanlash, amaliy va qulay yechim bo'ladi.

Uy trenajyorlari

Uyda turnik yoki yugurish yo'lakchasini o'rnatish — sog'lom turmush tarziga intilayotganlar orasida tobora ommalashayotgan trend. Bu trenajyorlar bilan uyda qulay sharoitda shug'ullansa bo'ladi.

  • Muammo: Ammo, bu trenajyorlar qancha vaqt faol ishlatiladi? Ko'pincha, ular vaqt o'tishi bilan kiyim ilish joyiga aylanib, faqat joyni band qilib qoladi.

Uy trenajyorlarining kiyim ilgich sifatida ishlatilishi ko‘pchilikka tanish holat. Foto: livejournal.com. Muallif: @za-y-acUy trenajyorlarining kiyim ilgich sifatida ishlatilishi ko‘pchilikka tanish holat. Foto: livejournal.com. Muallif: @za-y-ac

  • Yechim: Agar trenajyordan doimiy foydalanishingizga ishonchingiz komil bo'lmasa, uni o'rnatmaslik yaxshiroq. Ammo, agar ishonchingiz komil bo'lsa, ixcham va portativ variantni tanlashni o'ylang, shunda trenajyor uchun interyerdan alohida makon ajratishga hojat qolmaydi.

Qora rangdagi mebel va fasadlar

Qora rangdagi mebel va fasadlar hozirgi kunda juda mashhur, chunki ular interyerni jiddiy ko'rinishda namoyon etadi. Ko'pchilik bu rangni tanlab, interyerga o'ziga xoslik qo'shishga intiladi.

Foto: design-homes.ruFoto: design-homes.ru

  • Muammo: Biroq, ko'p odamlar noto'g'ri tasavvurga ega bo'lib, qora ranglar chang va kirni kamroq ko'rsatadi deb o'ylaydi. Aslida esa, interyerda qora rang har qanday iz va dog'larni yaqqol ko'rsatadi, bu esa yuzalarni doimiy ravishda tozalab turishni talab qiladi.
  • Yechim: Agar qora mebel yoki fasadlarni tanlashni istasangiz, ularni toza saqlash uchun ko'proq vaqt va e'tibor talab qilinishiga tayyor bo'ling. Yaltiroq yoki silliq yuzalar tozalashni osonlashtiradi va dog'lar kamroq ko'rinadi. Yana bir yechim — qora ranglarni faqat urg'u beruvchi elementlar sifatida ishlatishdir. 

Bitta devorni qora rangda va satin qoplama bilan bezash nafaqat estetik jihatdan chiroyli, balki tozalash uchun ham qulay tanlovdir. Foto: mgn-iot.ruBitta devorni qora rangda va satin qoplama bilan bezash nafaqat estetik jihatdan chiroyli, balki tozalash uchun ham qulay tanlovdir. Foto: mgn-iot.ru

Xonalarning planirovkasini almashtirish

Uyda xonalarni almashtirish, masalan, mehmonxonani yotoqxonaga yoki balkonni oshxonaga aylantirish, ko'pincha qulaylik yaratish maqsadida amalga oshiriladi. Bu qarorlar odatda yangi uy rejasidan to'liq qoniqmagan uy egalari tomonidan qabul qilinadi. Masalan, agar mehmonxonaning manzarasi chiroyli bo'lsa, uni yotoqxonaga aylantirish yoki oshxonani boshqa joyga ko'chirish istagi paydo bo'lishi mumkin.

  • Muammo: Xonalarni boshqa maqsadlar uchun almashtirish butun muhandislik tizimlarini, masalan, suv va elektr ta'minotini qayta loyihalash va o'zgartirishni talab qiladi. Bu jarayon nafaqat murakkab va qimmat bo'lishi, balki qurilish me'yorlari va qoidalarini buzish xavfini ham tug'diradi. Masalan, oshxonani ehtiyotsizlik bilan boshqa joyga ko'chirish natijasida qo'shnilaringizni suv bosishi sababchisi bo'lishingiz mumkin.
  • Yechim: Agar xonalarni almashtirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bunday o'zgarishlarni amalga oshirishdan oldin barcha muhandislik va qurilish me'yorlarini o'rganish zarur. Agar o'zgarishlar zarur bo'lsa, mutaxassislar bilan maslahatlashish va rejalashtirishga jiddiy e'tibor qaratish kerak. 

Garderob xonasi

Garderob xonasini yaratish g‘oyasi ko‘pincha Instagram tarmog'idan ilhomlanadi. Modaga va tartibga ixlosmand odamlar orasida bunday joylarni uyda tashkil qilish tobora ommalashib bormoqda.

  • Muammo: Ko'pincha uy egalari kichik maydonda garderobni joylashtirishga urinadilar, ammo bu boshqa yashash joylarining hajmini kamaytiradi, yotoqxona yoki boshqa xonalar torayadi. Bundan tashqari, tor garderobda harakatlanish noqulay bo‘lib, vaqt o'tishi bilan u tartibsiz omborxonaga aylanib qolish ehtimoli yuqori.
  • Yechim: Agar maydon kichik bo'lsa, alohida garderobxona yaratish o'rniga, shkaflarni yotoqxona perimetri bo'ylab joylashtirish yoki modul shkaflardan foydalanish maqbulroq yechim.
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi